Zadvijkali rostlash organlari Zadvijkali rostlash organlari kranli organlar singari uzluksiz rostlashda kam ishlatladilar. Bu quyidagi sabab bilan tushuntiriladi. Zadvijkali rostlash organlarida zatvor o‘zini ishqalanuvchi yuzasi bilan egarni ishqalovchi yuzasi orasida sirpanadi, shuning uchun xam ular tez yemiriladilar. Zadvijkali rostlash organlarida kerakli konstruktiv va unga to‘g‘ri keladigan o‘tkazuvchanlik xarakteristikasini olish zatvorga murakkab konfigurasiya berish bilan bog‘liqdir. Zatvorni surish uchun kata siljituvchi kuch kerak bo‘ladi, shuning uchun xam kichik quvvatli ijro mexanizmlaridan foydalanib bo‘lmaydi, xususan membranali prujinali ijro mexanizmlaridan.
Zadvijka asosan bekituvchi armatura sifatida ishlatiladi.
Xuddi shuningdek, zadvijka servoprivod bilan birga ikki pozisiyali rostlashda qo‘llaniladi. Zatvorli rostlash organini konstruktiv xarakteristikasi zatvorni turiga ko‘ra (dumaloq zatvor, to‘g‘ri to‘rtburchak zatvor, egilgan zatvor) o‘zgaradi. Normal ko‘rinishdagi zatvor bu dumaloq zatvordir., ammo uni konstruktiv xarakteristikasi ko‘pincha qanoatlantirmaydi, shuning uchun xam boshqa formadagi zatvorlarni konstruktiv xarakteristikalari yaxshi bo‘ladi, ular murakkab konstruksiyali bo‘ladi va qayta ishlash murakkablashadi. Kerakli konstruktiv xarakteristikaga ega bo‘lish uchun zatvorni uch burchakli, va boshqa konfigurasiyalardan foydalaniladi.
Past bosimli gazoprovodlarda to‘g‘ri burchakli truboprovodlarda to‘g‘ri burchakli o‘tish yo‘liga ega bo‘lgan zadvijkalardan foydalaniladi, ularni zatvorlari xam to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidv bo‘ladi. Turtburchak shaklidagi zatvorlarning bo‘yini eniga nisbatlari qanaqa bo‘lishidan qatiy nazar rostlash organining konstruktiv xarakteristikasi doimo to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘ladi.
Ishlashi nuqtai nazaridan xar qanday zaporli rostlash organi ikki pozisiyali rostlash organi sifatida ishlatilsa bo‘ladi, agar u unga mos keladigan ijro mexanizmi Bilan boshqarilib turilsa. Bu holda ijro mexanizmi kerakli quvvatga ega bo‘lishi va zatvorni kerakli masofagasiljitaolishi kerak bo‘ladi.