Avtomatlashtirsh va boshqaruv


Assemblerni boshqaradigan buyruqlar quyidagi ishlarni bajarishi mumkin



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə11/30
tarix17.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#130509
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Avtomatlashtirsh va boshqaruv

Assemblerni boshqaradigan buyruqlar quyidagi ishlarni bajarishi mumkin:
1) listingni chiqarish va uni shaklini o’zgartirish, mashinani ishlash rejimini boshqarish;
2) boshlang’ich programmani kiritish va translyasiyalar natijasini chiqarish maqsadida tashqi qurilmani tanlashni ta’minlash uchun;
3) translyasiyani davom etkazish, to’xtatish va boshqa amallarni bajarishni amalga oshirish uchun.
Assemblerni boshqaradigan buyruqlar assembler tilining biron-bir qismi emasdir. Bu buyruqlar terminaldan boshlang’ich programmani tuzishni diaolog rejimida dasturchitomonidan har qanday bosqichda berilishi mumkin.
Programmalashtirish vositalari.
Redaktorlaydigan programmalar boshlang’ich programmalarni yaratadigan programmalardir. Redaktorlaydigan programma boshlang’ich programmani qabul etadi (odatda EHM da programmalar klavishlar, magnit lentalari orqali kiritiladi) va bu programmani bir qismini EHM ni tashqi xotirasiga yozadi (disk, magnit lentasi). Bulardan tashqari redaktorlaydigan programma, foydalanuvchining maxsus buyruqlarini bajarishi mumkin. Masalan, tashqi xotirada saqlanadigan boshlang’ich programmaning qismlarini inkor etish, yozish yoki unga qo’shish va shunga o’xshash
Redaktorlaydigan programma boshlang’ich programma bilan programma qanoatlantiradigan sintaktik qoidani hisobga olmasdan xuddi tekstdek ishlaydi.
Redaktorlashda programma bilan ta’minlashning rezidentli sozlash sistemasini taxminiy konfiguryatsiyasi 3.4-rasmda keltirilgan.

3.4-rasm. Redaktorlashda programma ta’minotini sozlash sistemasining rezidentli sxemasining konfiguratsiyasi.

Redaktorlaydigan programmalar programmaga o’zgartirish kiritishlari kabi imkoniyatlari bilan farq qiladilar. Masalan, ayrim redaktorlovchi programmalar programmani faqatgina butun qatorlari bilan ishlashi mumkin, shu paytda boshqalari esa programmada xohlagan ketma-ket belgilarni qo’shishi, olib tashlashi, almashtirishi mumkin.


Assembler va kompilyatorlar.
Assembler va kompilyatorlar MP ning ishlashini boshqarib turadigan mashina buyruqlarini boshlang’ich programmadan ikkilik kodiga translyatsiya qiluvchi programmalardir. Kompilyatorlar va assemblerlar boshlang’ich programmalarni oson va arzon yo’l bilan ikkilik kodiga (mashina buyrug’iga) o’tkazib beruvchi EHM ning programmalashtirish vositasidir.
Programma – Kompilyatorni kirishiga yoki Programma Assemblerni kirishiga beriladigan programma boshlang’ich programma deyiladi. Kompilyatorni (assemblerni) chiqishi esa programmaning ikkilik ko’rinishidir, buni ob’ektning programmasi deyiladi. Bu har bir shakldagi programma – tildir. Assembler programmalarni assembler tilidan mashina tiliga o’tkazadi. Kompilyatorlar programmani kompilyator tilidan yoki yuqori darajadagi tildan mashina tiliga translyatsiya qiladi.
Assembler tili bilan yuqori darajadagi tilni (kompilyator tilini) farqi shundaki, programmaning texnik vazifasidagi tildan kompilyator tiliga o’tkazishda assembler tiliga nisbatan kam qadam sarf qilinadi. Chunki kompilyator tili uchun programmaning boshlang’ich operatori, odatda, beshtadan o’ntagacha bo’lgan mashina buyrug’i yaratadi. Demak kompilyator tilida programma yozish assembler tilida programa yozishga nisbatan 5–10 marta oz vaqt oladi.
Assembler va kompilyator programmalari ikkala versiya programmasining boshlang’ich va ob’ekt programmalarini chiqarib beradi, hamda xatolarning va boshqa diagnostik ma’lumotlarning ro’yxatini, pechatlangan list programmani beradi. Kompilyator va assemblerlar kross yoki rezidentli programmalar bo’lishlari mumkin.
Translyasiya qiladigan sistemali programmaning konfigurasiyam quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin. (3.5-rasm)



3.5-rasm. Programmani translyatsiyalovchi sistemaning sxemasini konfiguryatsiyasi.
MRL – kompilyator boshlang’ich programmani assembler tiliga o’tkazadi. R1UM –kompilyator esa birdaniga mashina darajasidagi ob’ektning modulini beradi.
Yuklovchilar – bular shunday programmalarki, ular ob’ektning programmalarini, ma’lumotlarini tashqi tashuvchilardan (saqlovchilardan) magnit diski, magnit lentasi aloqa yo’lidan mikroEHM ni hohlagan xotirasiga olib kiradilar.
Yuklovchi, ob’ektni programmasini, boshqaruchi ma’lumot asosida o’zgartirishi mumkin. Yuklovchi, boshqaruvchi ma’lumotni, bevosita programmistdan yoki tillarni translyatsiya qiluvchidan (assembler yoki kompilyator) olishi mumkin.
Masalan, programma EHM ni xotirasida nolinchi adresdan boshlab joylashtirilishi mumkin. Mabodo, ob’ektning programmasi suriladigan bo’lsa, programmist yuklovchiga programmaning yangi adresini ko’rsatishi mumkin. Shundan keyin yuklovchi kerakli tarzda ob’ektning programmasini hamma adresini o’zgartiradi.
IMR – 16 mikroEHM ning yuklovichisi programma va ularni sigmentlari joylashgan xotiraning kartasini berish kabi qo’shimcha vazifani bajaradi.
Rezident tilidagi yuklovchilar, odatda programmalashtiriladigan DXQ larida va sh.o’xsh. tayyorlanadi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin