Avtomatlashtirsh va boshqaruv


Programmalashtiriladigan universal kontrollerni logik tuzilishi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə16/30
tarix17.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#130509
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Avtomatlashtirsh va boshqaruv

Programmalashtiriladigan universal kontrollerni logik tuzilishi.

Kontroller (mahalliy boshqaruvchi blok) kiritish-chiqarish apparatlarini (KCHA - AVV) boshqarish uchun kerak. Kiritish-chiqarish apparati (KCHA) EHM ning ma’lumotli kanalini va KCHA ga boshqaruvchi ma’lumot va qiymatlarini manbasi bo’lgan qismlarini elektromexanik va logik ulanishlarini ta’min etadi. Kontroller ma’lumotlarning ketma-ketligini, miqdorini, elektrik kattaliklarini, vaqt bo’yicha holatini va ma’lumotli kanallar hamda KCHA orasidagi ma’lumotning yo’nalishlarini boshqarib turadi.



4.2-rasm. Programmalashtiriladigan universal kontrollerning tuzilishi.
PIU – programmalashtiruvchi interfeys
BQ – bog’lovchi qurilma.
BP – boshqaruvchi pul’t.
KCHA – kirituvchi, chiqaruvchi apparatura.
Kontrollerning asosiy vazifasi yana shundan iboratki, u bittalik yoki guruhli ventillarning ochilish-berkilish shartlarini ta’minlab turadi, har xil turdagi elektrodvigatellarni, elektromexanik qayta ulagichlarni ishga tushirishni ta’minlaydi. Solenoidlarni kuzatadi, KCHA datchiklardan olinib kuchaytirilgan va tashkil etilgan ma’lumotlarni qabul qilishni ta’minlab beradi.
Programmalashtiriladigan universal kontroller bitta kristalli KIS ko’rinishida yoki seksiyali ulangan mikroprotsessorli KIS komplektlari asosida amalga oshiriladi.
Yuqori darajali integrallashtirilgan integral sxemalarning iqtisodiy-texnik kattaliklari (parametrlari), EHM ni ma’lumotlarni kiritish-chiqarish apparaturasidagi (KCHA) elektron sxemalar orqali boshqarib turadi. Bu yerda quyidagilar ta’minlanadi:
1). Funksional egiluvchanlik, ya’ni bu rivojlangan buyruqlar sistemasidan foydalanib va berilayotgan xabarlarga reaktsiya qilish imkoniyati bo’lgan holda murakkab xabarlar ketma-ketligini tuzish hisobiga funksional egiluvchanlik ta’minlanadi.
2). Ierarxik boshqarish sistemalarida taqsimlangan boshqarish usullaridan foydalanish. Bu usuldan shunday paytda qo’llaniladiki, qachonki ma’lumotlarni o’zgartirishning optimal jarayoni yuqori boshqarish pog’onada olib borilsa. Maxalliy boshqarish esa kiritish-chiqarish apparaturalarining holatlarini yuqoriroq darajada boshqarish vositalarini boshqarish xabarlarini bevosita qabul qiladigan va interpretatsiyalaydigan ichki qurilma-kontroller bilan amalga oshiriladi.
3). Kiritish-chiqarish apparaturasini (KCHA) boshqaruvchi qurilmaning oson modifikatsiyalanishi va ixtisoslanishi, kiritish-chiqarish apparaturasining boshqarish algoritmi bir xil beriladi va programma ko’rinishida DXQ ga yozib qo’yilishi mumkin.
Shunday qilib, ishlash jarayonida programmalashtilaradigan kontroller yuqoriroq boshqarish vositalaridan boshlang’ich qiymatlarini va vazifalarini oladi hamda yuqori darajadagi vositalarga bog’liqsiz va alohida ular bilan bir paytda bir xil programmani ko’p marta bajarishi mumkin.
Programmalashtiriladigan universal kontrollerlarning mantiqiy tuzilishi 4.2-rasmda keltirilgan. Kontroller magistral ko’rinishdagi strukturali tuzilishga ega. Kiritish-chiqarish apparaturasini boshqarish bitta kristalla bajarilgan MP, mikrokontroller yoki mikroEHM ta’minlaydi. Agarda MP ning apparatli imkoniyati yetarli bo’lmasa, u holda magistrallarga xotirani kengaytiradigan UXK va DXQ lar ulanadi ularning xotira maydonlari qo’shimcha kontroller bilan boshqariladi.
Programmalashtiradigan interfeysning uzellari (PIU), bog’lanish uzellari (BU) bilan boshqarish pul’ti (BP) va kiritish-chiqarish apparaturasi (KCHA) modul strukturasiga ega. Kontroller avvaldan berilgan va ishlatilgan, xotirasiga kiritilgan qattiq programma asosida ishlaydi. Kontroller ishlaganda uning odam bilan muloqatda bo’lishiga ehtiyoj yo’q.
Programmalashtiradigan interfeysning uzeli (PIU), kiritish-chiqarish apparaturasining (KCHA) tuzilishini, ishlashini (spesifikasini) hisobga olishni va ma’lumotlarni ichki interfeysining ma’lumotli magistralidan har xil KCHA ni interfeisiga o’tishiga imkon beradi.
KCHA sida boshqarish ishlarini ixtisoslashtirish, MP ning buyruqlarini ma’lum ketma-ketlikda bajarilishi, magistral shinalari orqali, xabarlar berish bilan ta’minlanadi. Berilayotgan xabarlarni sonlari programmalashtiriladigan interfeyslarning uzellarining soniga bog’liq.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin