Avtomatlashtirsh va boshqaruv


Amaliy mashg‘ulot №6 MPli boshqarish sistemalarida qo‘llanadigan displey va klaviatura. (2 soat)



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə18/30
tarix17.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#130509
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Avtomatlashtirsh va boshqaruv

Amaliy mashg‘ulot №6 MPli boshqarish sistemalarida qo‘llanadigan displey va klaviatura. (2 soat)


Displey va klaviatura xar qanday xisoblash sistemasidagi kabi mikroprotsessorli boshqarish sistemalarida xam operator va sistema orasida muloqat(dialog)ni ta`minlash uchun xizmat qiladi. Displey ơz vazifasiga kơra universal(sanoatda ishlab chiqariladigan standart displeylar) xamda maxsus turlarga ajratiladi.


Universal displey elektron nur trubkalari yoki suyuq kristalli ekran asosida qurilgan bơlib, ekranning turli koordinatalarida kerakli simvol yoki belgilarni yoritadi. Universal displeylarning asosiy kơrsatkichi aniqlik darajasi bơyicha xarakterlanadi. Ekranda qancha kơp nuqtani yoritish imkoniyati bơlsa, aniqlik darajasi shunchalik yuqori xisoblanadi.
Maxsus displeylar cheklangan soxalarda qo’llaniladi, ularning imkoniyati xam universal displeylarga nisbatan ancha kam. Maxsus displeylar “7 segmentli” nomi bilan ataluvchi maxsus indikatorlar asosidagi chiziqli displey kơrinishiga yoki eng sodda xolda xar bir informatsion yoki boshqarish razryadi xolatini kơrsatuvchi nur diodlari gruxlaridan iborat bơlishi mumkin. 5.1-rasmda 7 segmentli indikatorning ishlash prinsipi keltirilgan.




Masalan «5» raqamini indikatorda yoritish uchun uning a, c, d, f, g sigmentlariga «1» signali, qolgan b, e, h sigmentlariga esa “0” signali uzatish zarur (16 lik sanoq sistemasida 6D kodi).


5.1-rasm. yetti segmentli indikatorning ishlash prinsipi.





5.2-rasm. yetti segmentli indikatorning parllel` interfeysga ulanish sxemasi.

yetti segmentli indikator asosidagi chizikli displey orqali 16 razryadli ma`lumotlar va adreslar shinalarining xolatini kơrsatuvchi displey sxemasi quyidagi kơrinishga ega (5.3-rasm). Bu displeyda simvollar ketma-ketligini yoritish indikatorlarni navbatma-navbat tanlash orqali dinamik rejimda amalga oshiriladi.





Mikroprotsessorli boshqarish sistemalarida universal yoki maxsus klaviatura qơllanilishi mumkin. Universal klaviatura ơz ichiga bir necha alfavitdagi simvollarni, raqamlarni, turli belgilarni, boshqarish xamda yordamchi klavishlarni olishi mumkin. Klaviatura sistema shinasi bilan shifrator va surish registorlari, ketma-ket yoki parallel interfeyslar yordamida bog’lanadi.

KL- klaviatura; Sh- shifrator; RG- registr.

5.4-rasm. Klaviaturani sistemaning ma`lumotlar shinasi bilan ulanish sxemasi.


Mikroprotsessorli boshqarish sistemalarida qơllanadigan klaviatura umumiy xolda quyidagi klavishlar guruxlarini ơz ichiga oladi: alfavit-raqamli, simvollarni va turli belgilarni klavishlari; boshqarish klavishlari; manba’ga ulash, dastlabki xolatga ơrnatish, uzilishlarni tashkil qilish va sozlash jarayonida zarur bơladigan qadamli rejim klavish va tumblerlari. Birinchi ikki gurux klavishlari programma vositasida qabul qilinadi va bosilgan klavishga mos podprogramma ishga tushiriladi, qolganlari esa apparat vositalari yordamida mikroprotsessorli boshqarish sistemasiga ta`sir qiluvchi klavishlar.


5.5-rasmda klavishlar 4 ta qator va 6 ta ustunli matritsa sifatida ulangan bơlib, klavishlar bosilmagan xolatda ustunlarda “1” signali bơladi. Navbatma-navbat qatorlarga “0” signalini yuborish va shu vaqtda ustunlar signallarini qabul qilish orqali klavishlardan birortasi bosilganligi xaqida ma`lumot olish mumkin. Qatordagi va ustunlardagi qabul qilingan kodlarni analiz qilish natijasida qaysi klavish bosilganligini aniqlash mumkin.



5.6-rasm. Maxsus klaviaturaning parallel interfeysga ulanish sxemasi





Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin