Avtomatlashtirsh va boshqaruv



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə22/30
tarix17.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#130509
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Avtomatlashtirsh va boshqaruv

Nazorat savollari

  1. Parallel interfeys KR580VV55ni tushuntiring.

  2. KR580VV55 interfeysini displey va klaviaturaga ulanish sxemasini tushuntiring.

  3. Mikrokontrollerli manipulyatorni ishlashini boshqaruvchi qurilmani ishlash prinsipini tushuntiring.

  4. Displey va klaviatura mikroprotsessor tizimida nimaga xizmat qiladi?

  5. Yetti segmentli indikatorning ishlash prinsipini tushuntiring.

  6. Yetti segmentli indikatorning parllel interfeysga ulanish sxemasini tushuntiring.

  7. Klaviaturani sistemaning ma`lumotlar shinasi bilan ulanish sxemasini tushuntiring.

  8. Maxsus klaviaturaning parallel interfeysga ulanish sxemasini tushuntiring.


Amaliy mashg‘ulot 8 Elektr toki bo‘yicha optik va magnitli ajratish sxemalari. (2 soat)




Mikroprotsessorli boshqarish sistemalarini ob`ekt bilan tok va kuchlanish bơyicha bog’lanish sxemalari.

Mikroprotsessorli boshqarish sistemalarining interfeyslari chiqishlarida boshqarish ob`ektining ijrochi qurilmalari uchun boshqarish signallari mantiqiy “1” yoki “0” kơrinishida bơlib, ular ob`ekt dvigatellarini ishga tushirish quvvatiga ega emas.


Boshqarish ob`ektlari dvigatellari uchun zarur parametrlarga ega bơlgan boshqarish signallarini elektron kalitlar orqali ulash prinsiplarini tushuntiruvchi sxemalarning soddalashtirilgan kơrinishi 6.1-rasmda keltirilgan.

dvigatel` boshqarish ob`ektiniing yuritmasini xarakatga keltiruvchi vosita sifatida: a) - kollektor zanjiriga; b) va d) - emitter zanjiriga; c) -yuk zanjiriga ulangan


6.1-rasm. Dvigatellarni tranzistorli kalitning kollektor, emitter va yuk zanjirlariga ulanish sxemalari


Mikroprotsessorli boshqarish sistemasining interfeyslari chiqishlaridan uzatiluvchi boshqarish signali tranzistor bazasiga ulangan bơlib, uni ochilish va yopilish jarayonini boshqaradi.
Dvigatellar ishini raqamli boshqarishda impul`sning chastotasi va kengligi orqali boshqarish usullari (chastotno-impul`snoye i shirotno-impul`snoye upravlenie) keng tarqalgan. Bu sxemalar uzluksiz boshqarish signallari uchun xam nazariy jixatdan qơllanilishi mumkin.
Bog’lanish sxemalarida kommutatsiya elementi sifatida asosan tranzistor, tiristor yoki rele qơllaniladi. Tranzistorli kuchaytirish sxemalari kam quvvali dvigatellarni boshqarishda keng qơllaniladi va kaskadlar asosida bir nechta tranzistor kuchaytirgichlari ketma-ket ulanishi orqali bog’lanish sxemalari xosil qilinadi. Ơrtacha quvvatli dvigatellar uchun rele asosidagi va yuqori quvvatli dvigatellar uchun tiristor asosidagi bog’lanish sxemalarini qơllash maqsadga muvofiq xisoblanadi.

6.2-rasm. a) tranzistor, b) rele va c) tiristor asosidagi bog’lanish sxemalarining soddalashtirilgan kơrinishlari.
Mikroprotsessorli boshqarish sistemalarida raqamli boshqarish qismini yuqori kuchlanishlarga ega bơlgan qismdan elektr signallari bơyicha ajratish sxemalarini qơllash ularning ishonchli ishlash darajasini oshiradi va yuqori kuchlanishlardan saqlaydi. Bunday sxemalarga misol sifatida yorug’lik nuri oqimiga asoslangan optik elementlardan iborat sxemalar va magnit maydon oqimlariga asoslangan magnit elementlar qơllanilgan sxemalar kiradi.



6.3-rasm. Zanjirlarni elektr signallari bơyicha a) optik ajratish va b) galvanik ajratish sxemalari.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin