Avtomatlashtirsh va boshqaruv


Taymer va darajali uzilishlar kontollerining tuzilishi va ishlash prinsiplari



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə23/30
tarix17.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#130509
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Avtomatlashtirsh va boshqaruv

Taymer va darajali uzilishlar kontollerining tuzilishi va ishlash prinsiplari.

Mikroprotsessorli sistemalarida bir qator qơshimcha funksiyalarni bajaruvchi katta integral sxemalar kơllaniladi. Ularga taymer va darajali uzilishlar kontrolleri misol bơla oladi. Taymer katta integral sxemasi mikroprotsessorli boshqarish sistemalarida turli vaqt intervallarini xosil qilish va impul`slar ketma-ketligi turidagi signallarni qayta ishlash uchun xizmat qiladi



6.4-rasm. K580BI53 seriyasidagi taymerning va K580BH59 seriyadagi darajali uzilishlar kontrollerining sxematik kơrinishi.


Masalan K580VI53 taymeri 3 ta bir-biriga bog’lik bơlmagan 16 razryadli ayiruvchi sanash qurilmalaridan iborat. Ular 2/10 lik va 2 lik sanoq sistemalarida ishlashi mumkin. Xar bir sanash qurilmasini bir necha ish rejimidan (mul`tivibrator, yakkavibrator, tug’ri impul`slar generatori va x.k.) biriga programmlashtirish mumkin. Xar bir sanash qurilmasi Ci – impul`slar kirishiga, Ui –boshqarish kirishiga va OUTi – chiqish signaliga ega.Taymerni programmalash davomida uning sanash qurilmasiga 16 razryadli son yoziladi. Ui-boshqarish singnali ruxsati bilan Ci- kirishidagi xar bir impul`s sanash qurilmasidagi sonni bittaga kamaytiradi va u “0” soniga yetganda OUTi – chiqishida ish rejimiga mos bơlgan singnal xosil bơladi. Masalan, taymer schetchiklaridan birini impul`slar ketma-ketligi ko'rinishidagi signal beruvchi, «Elektronika NSTM-01» robotining chiziqli xarakat yuritmalari yơl datchikiga, ulash mumkin.
Darajali uzilishlar kontrolleri (DUK) mikroprotsessorli boshqarish sistemalarida apparat vositalari va programma asosida xosil qilinadigan turli uzilish sơroqlariga (asosiy programmani vaqtincha tơxtatib, uzilish sơrog’iga mos programmani ishga tushirish va u bajarib bơlingandan sơng asosiy progammani uzilish bơlgan joyidan davom ettirish) xizmat kơrsatish uchun mơljallangan. DUK ning ishlash prinsipi bilan tanishishni K580VN59 katta integral sxemasi misolida kơramiz (6.5-rasm). Xar bir DUK 8 ta uzilish so’rog’iga (IR0, IR1,..., IR7) xizmat kơrsata oladi.

6.5-rasm. “Elektronika NSTM-01" roboti impul`sli datchigining ishlash prinsipi.

Bir nechta DUKlarni kaskadlash sxemasi orqali ulash bilan 64 tagacha uzilish sơrog’iga xizmat kơrsatuvchi sxemani xosil qilish mumkin. CAS0, CAS1, CAS2 - kaskadlash sxemasi bơyicha ulanish kirishlari. Bunday sxemada bitta DUK yetakchi, qolganlari ergashuvchi xisoblanadi. Ularning yetakchilik yoki ergashuvchanlik maqomi MS kirishi orqali ơrnatiladi. INT, INTA – mikroprotsessor bilan bog’lanish singlari.


Biror IRi-kirishi orqali uzilish sơrog’i kelganda DUK mikroprotsessorga INT orqali uzilish sơrog’i yuboradi. Mikroprotsessor bajarayotgan komandasini oxiriga yetkazib, uzilishga tayyorlik singnali INTA ni DUKga uzatadi va undan 3 baytli podprogrammaga ơtish komandasini qabul qiladi. Bu podprogrammada kelgan uzilish sơrog’iga mos xizmat kơrsatish programmasi joylashgan bơladi. 6.6-rasmda taymer va DUKning mikroprotsessorli sistemaning adreslar, ma`lumotlar va boshqarish shinalariga ulanish sxemasi keltirilgan.

6.6 – rasm. Taymer va DUKni sistema shinalariga ulanish sxemasi

Amaliy mashg’ulot №9 Zamonaviy mikrokontrollerlar asosidagi bitta va ko‘p ob’ektlarning parametrlarini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi tizimlarini ishlash algoritmlari va dasturiy ta’minotlarini tuzish prinsiplarini o‘rganish. (4 soat)





Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin