Kontrollerlarni, mikrokontrollerlarni programmalashtirish tillari Programma bilan ta’minlash (PBT) deganda – bu mikrokontrollerlarda (MK), kontrollerlarda masalalarni yechishni, programmalarni sozlashni, MK boshqarish sistemasini ishlashini ta’minlashga, tekshirishga, ko’rsatmalar, imkon beruvchi programmalar yig’indisi tushuniladi .
Apparatli va mikroprogrammali vositalar orqali MK, kontrollerlarga ichki til hamda foydalanuvchiga tavsiya etiladigan tashqi programmalar joriy qilinadi.
MK kirish tili bo’lib, PZU, PPZU, REPZU, EPROM, EEPROM, ... direktivalar yig’indisi va programma tili xizmat qiladi.
MK asosan lokal sistemalarni, ya’ni kichikroq ob’ektlarni ishlashini nazorat qilish va boshqarish uchun mo’ljallanganligi uchun ularni ichki xotira sxemalariga ob’ektni ishlashini nazorat qiladigan va boshqaradigan direktiv buyruqlarini bajaruvchi qism programmalari, konstantalar, boshqarish va hisoblash qism programmalari yozilgan bo’ladi. Bulardan tashqari MK ning xotirasiga MK ning o’zini ishlashini tekshiruvchi testli programmalar o’rnatilgan bo’ladi.
MK ning xotira qurilmasiga yozilgan programma apparat, foydalanuvchi va datchiklar oralig’ida xuddi interfeys kabi vazifani bajaradi.
MK larni ishlatish uchun quyidagi programmalash tillaridan foydalanish mumkin: mashina tili, Assembler tili, yuqori darajadagi til, Step-5 va Step-7 programmalash tillari.
Kontrollerlarni programma ta’minoti, protsessorni tarkibida kiritilgan rezident programmani o’z ichiga oladi. Rossiyadan chiqarilayotgan KR-300M; KR-300; KR-300I turidagi kontrollerlarni modulini tarkibiga 3 ta kanalli tashqi to’rni (setni) programma ta’minoti o’rnatilgan (MODBUS, ADAP-400, BUSO-1, 1-7000 va boshqalar). Bu yerda bittasi kontrollerlarni zahirali (rezervli) kanali va bitta qo’shimcha shlyuzli kanal ishlatiladi. Magnitli yoki CD-ROM tashuvchilarida Leona kontrollerlarini programmalash sistemalari taklif qilinadi. Leona (Windows-95/98/2000/2004), Istok (Dos) OPC Data Access Automation Specification 2.0 standartidagi SCADA sistemasidagi OPC aloqa serveri va shunga o’xshagan tillar.