Nazorat savollari 1. Mikrokontrellerlarni, kontrellerlarni pogrammalash tillari tug’risida tushuncha bering.
2. STEP-5 paketiga tushuncha bering.
3. PIC mikrokontrellerlari uchun programma ta’minotiga nimalar kirishini tushuntiring.
4. MPASM assembleriga tushuncha bering.
Amaliy mashg‘ulot №10 Honeywell va Siemens kompaniyalarining avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan mahsulotlarini tadbiq qilishni o‘rganish. (4 soat)
SIEMENS SAB80S535 mikrokontrolleri
1. Funksional tavsifi: SAB80515 mikrokontrollerlar oilasi tarkibi:
* SAB80515: microcontroller-SIEMENS ACMOS texnologiyasi asosida 8Kbaytli niqobli programmalashtirilgan ROM xotira qurilmasi bilan birga tayyorlangan;
* SAB80S535: ROM-less versiya SAB80515;
7.1-rasm. SAB 80C515, 80C535 mikrokontrollerlarining grafik ko’rinishi.
SAB80S515 mikrokontrollerlar tuzilishidan SAB8051/SAB80S51 mikrokontrollerlar oilasiga mansub.
-O’rnatilgan ko’rsatmalar:
* Tashqi xotirani kengaytiruvchi interfeys (port 0 va port 2). Dupleksli ketma-ket port taymer/hisoblagich 0 va 1 ga. Alternativ funktsiyalar port 3 ga.
* 128 baytdan kichikroq ichki RAM va 128 baytdan kichikroq ichki ROM.
* SAB80S515 mikrokontrolleri shuningdek 128 baytli ichki RAM va 4 Kbaytli ichki ROM dan, umumiy hisobda 256 baytli ichki RAM va 8Kbaytli ichki ROM dan iborat.
* SAB80S515 16 bitli chastotani oldindan 2:1ga bo’luvchi hisoblagich, qayta yuklash rejimi, solishtirish va jamlash imkoniyatiga ega.
* U shuningdek 16 bitli xisoblagich qurilma, 8 bitli o’zgartirgich (Analogli raqamli o’zgartirgich), kuchlanishga asosan programmalashtirilgan ikkita qo’shimcha kvazi-ikkiyo’nalishli 8 bitli port, bitta 8 bitli analogli yoki raqamli signallarni qabul qilish porti va programmalashtirilgan chiqish soati (fosc112) dan iborat.
* Bundan tashqari SAB80S515 12 vektorli uzish strukturasi va programmalashtirilgan to’rtta muxim bosqichga ega.