Avtomatlashtirsh va boshqaruv



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə29/30
tarix17.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#130509
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Avtomatlashtirsh va boshqaruv

2. Tuzilish printsiplari.
Yarim o’tkazgichli gruppa SAB80S515/80S535 15 CPU.
SAB80S515 boshqarish bilan birgalikda arifmetik protsessor sifatida xam qo’llaniladi. U ikkilik kod uchun kengaytirish vositasi va BCD arifmetikasi uchun o’zining ajoyib qaytaishlash imkoniyatiga ega.
Programma xotirasidan unumli ravishda foydalanish, unga o’rnatilgan 44% dan iborat bir baytli, 41% dan iborat ikki baytli, 15% dan iborat uch baytli ko’rsatmalar asosida amalga oshiriladi.12 MGTS li kristall bilan 58% ko’rsatma 1ms da bajariladi.
3. Xotira tuzilmasi.
SAB80S515 quyida keltirilgan xotiraning to’rtta adresli soxasidagi operandlar bilan monipulyatsiyalaydi:
3.1. Programmaviy xotira.
SAB80S515 8 Kbaytli ROM chipga ega, unda qanday qilib SAB80S535 ichki ROM ga ega bo’lmasligi mumkin.
Programmaviy xotira 64 Kbaytgacha kengaytirilishi mumkin. Agar YeA chiqish HIGH qiymatini qabul qilsa va adres 1FFFH dan oshmasa unda SAB80S515 ichki ROM orqali bajaradi. 0FFFH orqali 2000N holati-tashqi programmaviy xotiradan tanlanadi. Agar YeA chiqish to’xtatilsa unda SAB80S515 tashqi programmaviy xotiradagi barcha ko’rsatmalarni qabul qiladi. Shunday qilib SAB80S535 ichki ROM ga ega bo’lmaydi, bu komponentdan foydalanishda YeA chiqish past darajali aloqaga ega bo’lishi kerak.
3.2. Ma’lumotlar xotirasi.
Ma’lumotlar xotirasining manzil sohasi ichki va tashqi xotira qismlaridan iborat bo’ladi. Ichki ma’lumotlar xotirasi uchta fizik, alohida-alohida va aniq bloklardan iborat:
128 baytli pastroq RAM, 128 baytli yuqoriroq RAM va 128 baytli maxsus funktsional registrlar sohasi (SRF). Dastlab yuqorigi 128 baytli ma’lumotli xotira va SRF sohasi o’sha manzil bo’yicha joylashadi, ularga boshqa adreslashgan rejim orqali murojat qilish mumkin. Pastroq 128 baytli ma’lumotli xotiraga registrni to’g’ridan-to’g’ri yoki boshqa yo’llar bilan adreslash orqali murojaat qilish mumkin, yuqoriroq 128 baytli RAM ga boshqa yo’llar bilan adreslab murojaat qilinadi, maxsus funktsional registrga to’g’ridan-to’g’ri adreslab murojaat qilinadi. Sakkizta registrli to’rtta blok, har bir blok 8 bitli mul’tiregistrdan iborat bo’lib, ular RAM ning pastroq sohasida 1FH orqali 0-pozitsiyani egallaydi. Keyingi 16 bayt 2FH orqali 20N pozitsiyaga, jami 128 baytli bevosita adreslangan pozitsiyalardan iborat.
Stek xotiraning ma’lumotlar saqlanadigan sohasida istalgan o’rinni egallashi mumkin va stekning chuqurligi 256 baytgacha kengaytirilishi mumkin.
Tashqi ma’lumotlar xotirasi 64Kbaytgacha kengayishi mumkin va 16 bitli yoki 8 bitli adreslar bilan murojaat qilish mumkin.

7.3-rasm. Xotiraga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilishni tashkil etish diagrammasi.

7.4-rasm. Adreslanadigan xotira kengligi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin