Beton qorishmalarini (Beton nasos) tashish mashina va jixozlari
Loyiha xujjatlarini tayyorlashda geodezik qidiruv ishlarining asosiy tarkibi; Avtomobil yo‘lining ishchi loyiha hujjatlarini tayyorlashdagi muhandislik-geodezik qidiruv materiallari va qidiruv ishlarining asosiy maqsadi: trassaning optimal variantini aniqlash va texnik−iqtisodiy asoslash (keyingi o‘rinlarda−TIA) va qabul qilish uchun zarur topogafo−geodezik materiallari bilan ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Ushbu bosqichda muhandislik–geodezik qidiruv ishlarining tarkibiga:
−avtomobil yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha mavjud topografo−geodezik materiallarini, aerotasvir va kosmik tasvir materiallarini to‘plash, tartibga keltirish va tahlil qilish;
− trassa variantlarini kameral xolatda taqqoslash va tanlangan trassa variantini dala sharoitida (rekognossirovka) o‘rganib chiqish;
−avtomobil yo‘li trassasining tanlangan (belgilangan variantlari bo‘ylab), shuningdek alohida loyihalanadigan joylarni (tabiiy va sun’iy to‘siqlar, muhandislik kommunikatsiyalari bilan kesishgan joylari, yo‘l ho‘jaligi ob’ektlari va h.o.) topografik tasvir qilish;
−joyning yirik masshtabli tasviri mavjud bo‘lmagan hollarda teodolit va taxeometrik yo‘llarini barpo etish va dalada trassalash;
−boshqa turdagi qidiruv−geodezik ishlari bilan ta’minlash ishlari kiradi.
Belgilangan (tanlangan) trassa varianti bo‘ylab bajariladigan topografik ishlar trassa variantlarini loyihalash imkoniyatini taminlash kerak. Trassa bo‘ylab topografik tasvir olishda trassaning o‘ng va chap tasmasi bo‘yicha jami kenglik 100 m qamragan bo‘lishi talab etiladi.
Ishchi hujjatlar tayyorlashda avtomobil yo‘llarini muhandislik qidiruv ishlarining maqsadi, loyihalanayotgan avtomobil yo‘llari uchastkalarini, shuningdek loyihalanayotgan yo‘l ho‘jaligi obektlari maydonlarini topografo−geodezik materiallari va malumotlari bilan ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Loyihalanayotgan avtomobil yo‘llari trassalari bo‘ylab va loyihalanayotgan yo‘l xo‘jaligi obektlari maydonlarida tayanch va tasvir olish tarmoqlarini rivojlantirish, topografik tasvirlar (topografik xaritalar va planlarni qaytadan tuzish), boshqa turdagi qidiruv ishlarini geodezik talablar bo‘yicha taminlash, topografik planlar tuzish, ko‘paytirish ishlari amalga oshiriladi.
Muxandislik geodezik−qidiruv ishlaridagi topografik tasvirning masshtabi joyning tavsifiga va joyning relefiga ko‘ra, qiymatga ko‘ra belgilanadi.
Avtomobil yo‘llarini qidiruv-loyihalashdagi geodezik ishlarining tarkibi va xususiyatlari to‘g‘risida quyidagilarni yakunlash mumkin:
Ananaviy texnologik qidiruv-loyihalash ishlariga mos ravishda avtomobil yo‘llarini loyihalashda dastlabki loyiha malumotlarini to‘plash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
-dala ishlariga tayorgarlik avval 1:25000-1:10000 mashtabli topografik xaritada avtomobil yo‘lining trassa variantlari o‘tkaziladi. Ayrim hollarda aerotasvir materiallaridan ham foydalanadi;
-loyiha bosqichiga ko‘ra, turli trassa variantlarini trassaning ko‘rsatgichlar (trassaning uzunligi, tuproq ishlarining xajmi, gorizontal va vertikal egrilarninig minimal radiuslari va h.o.) bo‘yicha solishtiriladi;
-yer usti dala geodezik qidiruv ishlarida tanlangan trassa varianti bo‘yicha geodezik uskunalar yordamida materiallar to‘planadi;