“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida it-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalar” tanloviga
Gibrid (qayta tiklanuvchi va qayta tiklanmaydigan) energiya ta’minoti manbalarining ishlab chiqaradigon energiya va istemolini bashorat qilishning sun’iy itnellektga asoslangan usul, model va algoritmlarini ishlab chiqish
Loyihaning maqsadi:
qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan energiya manbalaridan tashkil topgan gibrid tizim tomonidan ishlab chiqarilgan energiya miqdorini va isteʼmol ma’lumotlarini datchiklar yordamida yig‘ish va bu ma’lumotlar orqali sunʼiy intellektga asoslangan bashorat qilish usul, model va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu loyihaning natijasi:
-qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan energiya taʼminoti gibrid tizimi tomonidan ishlab chiqargan energiya miqdorini sensorlar orqali aniqlash va marshrutizatorlar yordamida bu axborotlarni serverlarga uzatish;
-yig‘ilgan ma’lumotlarni ishlab chiqarilgan va isteʼmol qilingan energiya miqdori bo‘yicha kunlik, oylik va yillik statistik maʼlumotlar toʼplami va foydalanuvchiga taqdim etish formati yaratiladi;
-yig‘ilgan ma’lumotlardan foydalangan holda energiya ishlab chiqarish va uning isteʼmolini sun’iy intellekga asoslangan bashorat qilish usullari, modellari, algoritmlari ishlab chiqiladi;
Ushbu ma’lumotlar orqali O‘zbekistondagi barcha hududlardagi turar joy va binolarning istemol qiymatlarini hisoblash uzatish liniyalarini taqsimlash, ishlab chiqarishdagi energiya miqdorini belgilash kabi qancha ishlar osonlashtiriladi.
Ushbu loyiha ishining samaradorligi:
-energiya ishlab chiqarishga bo‘lgan sarf xarajatni kamaytiriladi;
-energiya ishlab chiqarishda atrof-muhitga uchun zararli ta’sirlar kamaytiriladi;