1jadvalda ko’rish mumkin. Axborot
savodxonligi axborotga egalik, uni baholash
va axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanishning muhimligini e’tirof etadi.
•
Axborot ehtiyojlarini aniqlash va shakllantirish
•
Axborotni izlash va unga egalik qilish
•
Axborotni baholash
•
Axborotni tizimlashtirish
•
Axborotdan axloqiy qoidalarga rioya
qilgan holda foydalanish
•
Axborotni uzatish
•
Axborotni qayta ishlash uchun AKT bilan ishlash ko’nikmalaridan
foydalanish
Media savodxonlik
– mass-mediani qabul qilish va uning faoliyatini
baholash bo’yicha ko’nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Demokratik
jamiyatda medianing roli va funksiyalarini tushunish.
•
Media o’z funksiyalarini amalga oshirishi mumkin bo’lgan
shartsharoitlarni tushunish
•
Media kontentini uning funksiyalari nuqtai
nazaridan kelib chiqqan
holda tanqidiy baholash
•
Media vosiasida o’z fikrini bayon etish va demokratik jarayonlarda
ishtirok etish uchun o’zaro hamkorlik qilish
•
Foydalanuvchi kontentini yaratish uchun kerak bo’ladigan
ko’nikmalar(shu jumladan, AKT bilan ishlash ko’nikmalari)ni faollashtirish
Media savodxonlik media funksiyalarini tushunish,
mazkur funksiyalarni
amalga oshirish sifatini baholash va o’z-o’zini ifoda etish, shuningdek, ijtimoiy
jarayonlarda ishtirok etish uchun medialar bilan ratsional hamkorlikka kirishishga
urg’u beradi. Media savodxonlik ham, axborot savodxonligi ham yoshlarda media
va axborot makonida foydalanilayotgan texnologiyalardan qat’iy nazar o’zaro
hamkorlik qilish ko’nikmalarini ongli ravishda shakllantirish va rivojlantirish bilan
bog’liq. Ushbu bir biriga bog’liq bo’lgan sohani turlicha
tushuntirib beruvchi
ikkita ilmiy maktab mavjud. Birinchi maktab vakillari axborot savodxonligini katta
tadqiqotlar sohasi sifatida ko’rishadi. Ikkinchi maktab namoyondalari esa axborot
savodxonligi media savodxonlikning tarkibida bo’lib, u ancha keng soha ekanligini
ilgari suradilar. Ammo YUNESKOning xalqaro ekspertlar guruhi nafaqat media va
boshqa axborot xizmatlarining bir biridan farqi, balki ularning o’zaro aloqadorlik
nuqtalarini ham aniqlagan.
MAS tarkibini quyidagi asosiy tushunchalar tashkil etadi:
– Media savodxonlik;
– Axborot savodxonligi;
– O’z fikrini erkin bayon etish
savodxonligi
–Kutubxona savodxonligi;
– YAngiliklar savodxonligi;
– Kompyuter savodxonligi;
Internet-savodxonligi;
– Raqamli texnologiyalar sohasidagi savodxonlik;
– Kinosavodxonlik;
– Elektron o’yinlardan foydalanish savodxonligi;
–Televizion savodxonlik, reklama sohasidagi savodxonlik.
Mazkur tushunchalar o’rtasida bog’liqlik mavjud. Ularning ko’pchiligi turli
xil bahslarga sabab bo’lib, u yoki bu foydalanuvchilar hamjamiyatining kasbiy
konteksti yoki madaniy amaliyotiga qarab turlicha qo’llanib kelinmoqda. Masalan,
jurnalistikada media savodxonlik yuqorida ko’rsatib o’tilgan
deyarli barcha
tushunchalarni qamrab oladi:
-
Media savodxonlik;
– O’z fikrini erkin bayon etish;
– Kutubxona savodxonligi;
– YAngiliklar (axborot) savodxonligi;
– Internet-savodxonlik;
– Raqamli texnologiyalar sohasidagi (shu bilan birgalikda kompyuter)
savodxonlik (jumladan, elektron o’yinlardan foydalanish savodxonligi);
– Televizion (kino, reklama sohasidagi) savodxonlik.
Global miqyosda
barcha tashkilotlar mediata’lim (MT) atamasidan foydalanadi. Ko’pchilik
tushunchasida u ham media savodxonlik hamda axborot savodxonligini o’z ichiga
oladi. Turli platformalar konvergensiyasi sharoitida ushbu ikki yondashuv
uyg’unligiga intilgan holda YUNESKO MAS atamasini ilgari suradi.
1. MAS bo’lajak jurnalistlarni kelgusida foydalana olishi uchun keng bilimlar
bilan qurollantiradi.
2. MAS demokratik jamiyatda media va axborot kanallarining faoliyati haqida
muhim bilimlar beradi, media va axborot xizmatlarining funksiyalari doirasidagi
faoliyatini baholash uchun zarur bo’ladigan, ushbu funksiyalarni
amalga oshirish
va asosiy ko’nikmalarni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni
tushunishni ta’minlaydi.
3. Media va axborot savodxonligiga ega bo’lgan jamiyat erkin, mustaqil va
turfa fikrli media va ochiq axborot tizimlarini rivojlantirishni rag’batlantiradi.
Jurnalistika sohasida
Dostları ilə paylaş: