Axborot texnologiyalari



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə4/6
tarix08.11.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#131362
1   2   3   4   5   6
1 laboratoriya Zamonaviy tashkiliy texnika vositalari bilan ishlash

Raqamlar tugmalari: Raqamlarni kiritish uchun klaviatura. 0-9 gacha raqamlar va /,*,-,+ belgilari


Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari:



Sichqoncha. Sichkoncha - ma’lumotni kompyuterga kiritishni tezlashtiruvchi va kompyuter bilan foydalanuvchi muloqotni yengillashtiruvchi maxsus qurilma. Sichqoncha mexanik va optik turlarga bo’linadi. Sichqonchaning 2, 3 va 4 tugmachali turlari mavjud. Sichqonchaning ikkita tugmasidan chap tugmasi asosiy, o’ng tugmasi esa yordamchi bo’ladi. Asosiy tugma bilan biz tugmalarni bosamiz, amallarni tanlaymiz, rasm chizamiz va har xil obyektlarni cho’zib joyini o’zgartiramiz. O’ng tugma esa bizga yordamchi menyuni ekranga chiqarishda yordam beradi.

Printerlar. Ma’lumotlarni bosmaga chiqarish qismi. Printerlar lazerli, matrisali (ignali) va sepuvchi (purkovchi) turlari bor. Har biri ishlash holati, tezligi, bosmani sifati va narxi, hamda ranglar bo’yicha farqlanadi. Matrisali printerlar pechatlash mashinkasiga o’xshagan holda ishlaydi. Qog’oz va ignali qurilma (kallak) o’rtasida qora rangli lenta joylashadi va ignalar lentaga o’rganda qog’ozda nuqtalar paydo bo’ladi. Bu printerlar narxi o’rtacha, ular juda sekin va shovqin ishlaydi, bosmani sifati juda past, rangsiz, lekin bosmani narxi juda arzon. Ishlash vaqtida buyalgan lenta kerak bo’ladi. Sepuvchi printerlarda qog’oz ustidan buyoq joylashgan qurilma (kallak) lar harakatlanadi va kerakli joyda buyoq bilan no’qta qoldiriladi. Sepuvchi printerlar narxi past, ular o’rtacha tezligda va o’rtacha shovqin bilan ishlaydi, bosmaning sifati o’rtacha, rangli bo’lishi mumkin, bosmani narxi qimmat. Ishlash vaqtida buyoqlar kerak bo’ladi. Lazerli printerlarni pechatlashi kserokslar ishlashiga o’xshash holda bo’ladi. Qog’oz magnitlangan qurilma ustidan o’tib kerakli joylar magnitlanadi, keyin maxsus kukun joylashgan qurilma tagidan o’tib magnitlangan joylarga kukun yopishadi va keyin issiq qurilma ustidan qog’oz o’tib shu kukun eriydi va nuqta hosil qilinadi. Lazer printerlar narxi baland, ular yuqori tezlikda va shovqinsiz ishlaydi, bosmaning sifati yuqori, rangsiz, bosmaning narxi o’rtacha. Ishlash vaqtida kukun kerak bo’ladi.

Modem. Ma’lumotlar bilan telefon tarmog’i orqali aloqa almashish qismi. Modemlar ishlash tezligi (2400 bit sekunddan - 33600 bit sekundgacha) bilan farqlanadi. Telefonda hamma ma’lumotlar tovush holatida bo’ladi, kompyuterda esa raqamlar holatida. Shuning uchun bitta modem raqamlarni tovush holatiga o’tkazadi, ikinchisi esa tovushlarni raqamlarga o’tkazadi. Bu holat modelirovaniye va demodulirovaniye deb nomlanganligi uchun bu qurilmalar MODEM deb nomlangan.

Skanerlar. Ma’lumotlarni tasvir holida kompyuterga kiritish qurilmasi. Skanerlar rangli va rangsiz bo’ladi. Ular tasvirlarni olish sifati bilan farqlanadi.


Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin