§ 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy inspeksiyalarning huquqlari va javobgarligi 18. Hududiy inspeksiyalar o„zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish
uchun Davlat inspeksiyasining huquqlari bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ham ega:
1) davlat va xo„jalik boshqaruvi hududiy organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati
organlaridan hududiy inspeksiyalarning vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur
bo„lgan axborotni belgilangan tartibda so„rash va olish;
2) davlat va xo„jalik boshqaruvi hududiy organlariga, mahalliy davlat hokimiyati
organlariga ko„rib chiqish uchun hududiy inspeksiyalar vakolatiga kiradigan masalalar bo„yicha
takliflarni ko„rib chiqish uchun kiritish;
3) Davlat inspeksiyasi hay‟ati va ilmiy-texnik kengashi ishida qatnashish;
4) Davlat inspeksiyasi topshirig„iga ko„ra aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya
texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik
huquqlari sohasidagi masalalar bo„yicha yig„ilishlar va seminarlar tashkil qilish va o„tkazish;
5)
hududiy
inspeksiyalarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo„yicha takliflar
kiritish;
6)
aloqa,
axborotlashtirish
va
telekommunikatsiya
texnologiyalari,
fonogrammalar,
audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasidagi qonun
hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari buzilishlari bilan bog„liq materiallarni vakolatli
organlar va huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda yuborish;
7) Davlat inspeksiyasiga hududiy inspeksiyalarning rahbarlari va xodimlari uchun malaka
oshirish kurslarini tashkil qilish bo„yicha takliflar berish;
8) hududiy inspeksiyalarga malakali va qobiliyatli yosh xodimlarni jalb qilish.
Hududiy inspeksiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo„lishi
mumkin.
19. Hududiy inspeksiyalar quyidagilar uchun mas‟ul:
1) hududiy inspeksiyalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning o„z vaqtida va sifatli
bajarilishini ta‟minlash;
2) o„z vakolatiga kirmaydigan masalalar bo„yicha aniqlangan kamchiliklar to„g„risidagi
ma‟lumotlarni vakolatli organlarga o„z vaqtida taqdim etish;
3)
aloqa,
axborotlashtirish
va
telekommunikatsiya
texnologiyalari,
fonogrammalar,
audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasida fuqarolar va
tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini va ularga rioya
etilishini ta‟minlash;
4)
aloqa,
axborotlashtirish
va
telekommunikatsiya
texnologiyalari,
fonogrammalar,
audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasidagi qonun
hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari bajarilishi yuzasidan nazoratni ta‟minlash;
5) Davlat inspeksiyasiga kiritiladigan hujjatlar va takliflarning loyihalarini ishlab chiqish
sifati, yakuniy natijalari va amalga oshirish oqibatlari;
6) Davlat inspeksiyasining markaziy apparati bilan birgalikda aloqa, axborotlashtirish va
telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni
tarqatishda
mualliflik
huquqlari
sohasida
qonunchilikka
rioya
qilinishi yuzasidan nazoratni
ta‟minlash bo„yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo„l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning
samarali amalga oshirilishi.