Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to


§ 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy



Yüklə 458,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix11.11.2023
ölçüsü458,46 Kb.
#131798
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
§ 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy 
inspeksiyalarining vazifalari va funksiyalari
13. Hududiy inspeksiyalar tegishli hududda Davlat inspeksiyasiga yuklangan va ushbu 
Nizom bilan belgilangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali bajarilishini amalga oshiradi. 
Bundan tashqari, hududiy inspeksiyalar: 
1) yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish doirasida yillik, choraklik va oylik 
ish rejalarini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda Davlat inspeksiyasi bilan kelishadi; 
2) 
aloqa, 
axborotlashtirish 
va 
telekommunikatsiya 
texnologiyalari
fonogrammalar, 
audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasida amalga 
oshirilgan ishlar to„g„risida belgilangan tartibda hisobot va axborotlarni taqdim etadi; 
3) Davlat inspeksiyasi ish rejalarini tayyorlashda qatnashadi
4) aholini ommaviy axborot vositalari orqali Davlat inspeksiyasining maqsadlari, vazifalari 
va amalga oshirilayotgan faoliyatining aniq natijalari to„g„risida muntazam xabardor qilib boradi. 
Hududiy inspeksiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga 
oshirishi mumkin. 
4-bob. Davlat inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalarning huquqlari va javobgarligi
§ 1. Davlat inspeksiyasining huquqlari va javobgarligi 
14. Davlat inspeksiyasi o„ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun 
quyidagi huquqlarga ega: 
1) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, davriy 
bosma nashrlarni tarqatish sohasidagi qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari 
talablari va ko„rsatiladigan xizmatlar sifati buzilishi faktlari to„g„risida ma‟lumotlar olish va 
aniqlash; 
2) 
aloqa, 
axborotlashtirish, 
telekommunikatsiya 
texnologiyalari, 
audiovizual 
asarlar, 
fonogrammalar va EHM uchun dasturlarni, davriy bosma nashrlarni tarqatish (sotish, ijaraga berish 
va barchaning e‟tiboriga yetkazish) sohasida faoliyat yuritadigan xo„jalik yurituvchi subyektlarni, 
shuningdek, davlat va xo„jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini o„rganish va 
tekshirish; 
3) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni 
tarqatish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xo„jalik yurituvchi subyektlarga, ular tomonidan 
normativ-huquqiy 
hujjatlar, 
texnik 
reglamentlar, 
standartlar, 
normalar 
talablari 
va taqdim 
etilayotgan xizmatlar sifati buzilgan holda belgilangan tartibda moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni 
hisoblash to„g„risida qaror qabul qilish;
4) davlat va xo„jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar 
va idoralardan o„z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo„lgan axborotlar, hujjatlar, 
ma‟lumotnomalar va boshqa materiallarni so„rash va olish; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
5) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, radiochastota spektridan 
foydalanish va davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasidagi ma‟muriy huquqbuzarlik to„g„risidagi 
ishlarni ko„rib chiqish va bayonnomalar tuzish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirishga, 
terrorizmni 
moliyalashtirishga 
va 
ommaviy 
qirg„in 
qurolini 
tarqatishni 


moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari pochta aloqasi 
operatorlari, provayderlari tomonidan buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda esa, qonunchilik 
hujjatlariga muvofiq choralar ko„rish; 
(14-bandning 5-kichik bandi O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 -yil 28-iyundagi PF-
6252-sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-
son) 
6) fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik 
huquqlari sohasidagi ma‟muriy huquqbuzarlik to„g„risida bayonnomalarni tuzish va ko„rib chiqish 
uchun sudga yuborish; 
7) 
zarur 
hollarda, 
aloqa, 
axborotlashtirish 
va 
telekommunikatsiya 
texnologiyalari 
sohasidagi masalalarni tekshirish, o„rganish va ko„rib chiqishda qatnashish uchun davlat va xo„jalik 
boshqaruvi 
organlari, 
mahalliy 
davlat 
hokimiyati 
organlari, 
ilmiy-tadqiqot 
muassasalarining 
mutaxassislari va ekspertlarini jalb etish, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari bilan 
hamkorlik qilish;
8) 
aloqa, 
axborotlashtirish, 
va 
telekommunikatsiya 
texnologiyalari, 
davriy 
bosma 
nashrlarni tarqatish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xo„jalik yurituvchi subyektlardan, 
shuningdek, davlat va xo„jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Davlat 
inspeksiyasi vakolatiga tegishli masalalar bo„yicha zarur ma‟lumotlar, materiallar va hisobotlarni 
talab qilish; 
9) vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan, shu jumladan ilmiy-tadqiqot muassasalari 
va laboratoriyalardan o„z vakolatlarini amalga oshirish uchun aloqa, axborotlashtirish va 
telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasidagi texnik hujjatlar, 
qoidalar, vositalarning ish normalarini olish; 
10) O„zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali 
qurilmalardan foydalanish monitoringini olib borish; 
11) ekspert xulosasini olish uchun tekshirish va monitoring natijalarini vakolatli organlarga 
taqdim etish; 
12) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi vositalar va 
inshootlarning texnik holatini, ulardan texnik foydalanish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish; 
13) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qurilish 
normalari va qoidalari buzilgan holda olib borilayotgan qurilish ishlarini aniqlangan kamchiliklar 
bartaraf etilgunga qadar to„xtatib turish; 
14) litsenziya bitimlari talab va shartlari xo„jalik yurituvchi subyektlar tomonidan buzilgan 
holatlarda ularga ogohlantirishlar berish; 
15) tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qat‟i nazar xo„jalik yurituvchi 
subyektlarga, yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, davlat va xo„jalik boshqaruvi 
organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
joriy qilish va rivojlantirishning borishida qoidabuzarliklarga yo„l qo„ygan mansabdor shaxslariga 
davlat nazorati doirasida olib borilgan o„rganishlar, monitoring, tekshirishlar natijasida aniqlangan 
qoidabuzarliklarni bartaraf etish to„g„risida bajarilishi majburiy bo„lgan ko„rsatmalar berish;
16) 
texnik vositalar va axborot tizimlari orqali telekommunikatsiyalar tarmoqlari 
xizmatlarining sifatini o„lchash va monitoringini olib borish. 
Davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo„lishi 
mumkin. 
15. Davlat inspeksiyasi: 
1) o„ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi va taqdim etiladigan 
tahliliy hujjatlarning xolisonaligi va kompleksliligi;
2) o„z vakolatiga kirmaydigan qoidabuzarliklar bo„yicha ma‟lumotlarning vakolatli 
organlarga o„z vaqtida taqdim etilishi; 
3) 
aloqa, 
axborotlashtirish 
va 
telekommunikatsiya 
texnologiyalari, 
fonogrammalar, 
audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasida fuqarolar va 
tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularning himoyasi 
ta‟minlanishi; 


4) 
aloqa, 
axborotlashtirish 
va 
telekommunikatsiya 
texnologiyalari, 
fonogrammalar, 
audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasida qonun 
hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari bajarilishi yuzasidan nazoratning ta‟minlanishi 
uchun javob beradi.

Yüklə 458,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin