5-bob. Davlat inspeksiyasi rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
20. Quyidagilar Davlat inspeksiyasi boshlig„ining asosiy funksional vazifa lari hisoblanadi:
1) O„zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi
va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
2) Davlat inspeksiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, O„zbekiston
Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari hamda boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan
vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkillashtirish;
3) Davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo„yicha O„zbekiston
Respublikasi Prezidentining hujjatlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va
kompleks tadbirlar bajarilishini tanqidiy va puxta tahlil qilish;
4) O„zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlarini bajarish;
5) o„z o„rinbosarlarining va Davlat inspeksiyasi boshqa mansabdor shaxslarining
vakolatlarini belgilash, ular o„rtasida vazifalarni taqsimlash, Davlat inspeksiyasi faoliyatining ayrim
uchastkalariga rahbarlik yuzasidan o„z o„rinbosarlarining va boshqa mansabdor shaxslarning
vakolatlarini hamda shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
6) Davlat inspeksiyasi xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirishni tashkil qilish;
7) Davlat inspeksiyasi tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo„yish, ularning samarali
faoliyati
uchun
zarur
shart-sharoitlar
yaratish,
Davlat
inspeksiyasining
kadrlar
zaxirasini
shakllantirish;
8) bo„sh lavozimlarga taklif etilgan nomzodlarning, shuningdek, Davlat inspeksiyasiga
ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi, chuqur bilimga egaligi, amaliy
tajribasi, ishchanlik va ma‟naviy-axloqiy fazilatlari yuqori darajasi kafolatlanganligini ta‟minlash;
9) Davlat inspeksiyasi faoliyatiga taalluqli bo„lgan masalalar bo„yicha normativ-huquqiy
hujjatlarning loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, O„zbekiston Respublikasining “
Normativ-huquqiy
hujjatlar to„g„risida
”gi, “
Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O„zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining
Qonunchilik
palatasiga
kiritish
tartibi
to„g„risida
”gi
qonunlari,
O„zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan
O„zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
Reglamenti
,
O„zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son
Farmoni
bilan tasdiqlangan O„zbekiston
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qat‟iy muvofiq holda ularning
tegishli vazirlik va idoralarga kiritilishini tashkil qilish, ularni ishlab chiqishda qatnashish;
10) qonunchilik talablariga qat‟iy muvofiq ravishda Davlat inspeksiyasi rahbarlari va
xodimlarining xizmat safarlarini tashkil etish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi hamda
natijadorligini,
safar xarajatlari uchun ajratiladigan mablag„lardan maqsadli va oqilona
foydalanilishini ta‟minlash;
11) o„z o„rinbosarlarining, markaziy apparat bo„linmalari va hududiy inspeksiyalar
rahbarlarining faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, Davlat
inspeksiyasi
kengashi
majlislarida
ularning
shaxsiy hisobotlarini tinglash, chorak yakunlari
bo„yicha zarur choralar ko„rish;
12) Davlat inspeksiyasi xodimlari va o„rinbosarlarini rag„batlantirish va intizomiy
javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish bo„yicha
tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
13) Xodimlarning tasdiqlangan odob-axloq qoidalari talablariga Davlat inspeksiyasi
xodimlari tomonidan rioya etilishini ta‟minlash;
14) O„zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to„g„risida”gi
Qonuni
talablariga muvofiq Davlat inspeksiyasi faoliyatida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning
oldini olish choralarini ko„rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko„maklashadigan sabablar
hamda sharoitlarni huquqni qo„llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini
ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
15) Davlat inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari ishlarini tashkil qilishning
zamonaviy shakllari joriy etilishini ta‟minlash;
16) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko„rib chiqish bo„yicha samarali ishlarni
tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo„lga qo„yish, qonunchilik bilan belgilangan
muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabullarini,
shu jumladan sayyor qabullarini muntazam olib borish;
17) O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik
qilish, Davlat inspeksiyasi rahbarlari va xodimlarining qabulxonalar faoliyatida faol ishtirok etishini
tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaxslardan O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual
qabulxonasiga kelib tushadigan murojaatlarning o„z vaqtida va to„liq ko„rib chiqilishini ta‟minlash;
18) davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari
talablariga rioya qilish;
19)
Davlat
inspeksiyasining,
shuningdek,
uning
hududiy
inspeksiyalarining
barcha
xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo„lgan buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar chiqarish hamda
ko„rsatmalar berish;
20) zarur bo„lganda belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida Davlat inspeksiyasi
tuzilmasiga o„zgartirishlar kiritish.
Davlat inspeksiyasi boshlig„i qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga
oshirishi mumkin.
21. Quyidagilar Davlat inspeksiyasi boshlig„i o„rinbosarlarining asosiy funksional
vazifalari hisoblanadi:
1) O„zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi
va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
2) Davlat inspeksiyasi boshlig„i vaqtinchalik bo„lmaganda tegishli buyruq asosida uning
vazifalarini bajarish;
3) mutasaddilik qilinadigan markaziy apparat bo„linmalari va hududiy inspeksiyalarning
faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish, xodimlar o„rtasida
majburiyatlarni taqsimlash;
4) Davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo„yicha konsepsiyalar,
kompleks dasturlar va tadbirlar bajarilishini tanqidiy hamda chuqur tahlil qilish;
5) mutasaddilik qilinadigan markaziy apparat bo„linmalari va hududiy inspeksiyalar
tomonidan
vazifalarning
bajarilishini
so„zsiz
ta‟minlash choralarini ko„rish, boshqarmalar
rahbarlarining hisobotlarini tizimli ravishda eshitish hamda qayd etilgan ko„rsatkichlarga erishish
borasida ularning shaxsiy mas‟uliyatini oshirish;
6) mutasaddilik qilinadigan markaziy apparat bo„linmalari va hududiy inspeksiyalar
rahbarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazoratini ta‟minlash;
7) O„zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini ta‟minlash,
ijro intizomini mustahkamlash bo„yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish,
shuningdek, topshiriqlarning o„z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun markaziy apparat bo„linmalari
va hududiy inspeksiyalar rahbarlarining shaxsiy mas‟uliyatini oshirish choralarini ko„rish;
8) Davlat inspeksiyasi boshlig„ining topshiriqlari va buyruqlari o„z vaqtida hamda sifatli
bajarilishini ta‟minlash;
9)
Davlat
inspeksiyasi
boshlig„iga
mutasaddilik
qilinadigan
markaziy
apparat
bo„linmalarida va hududiy inspeksiyalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo„yishga doir takliflar
taqdim etish, ularning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajribaga egaligi, ishchanlik va
ma‟naviy-axloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganini ta‟minlash, ularning kasb malakasini
oshirish choralarini ko„rish, Davlat inspeksiyasining kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini ta‟minlash, qonun
hujjatlari talablariga qat‟iy muvofiq ravishda Davlat inspeksiyasi tomonidan tayyorlangan
hujjatlarning loyihalarini ko„rib chiqish va ularga viza qo„yish;
11) qonunchilik talablariga qat‟iy muvofiq ravishda xizmat safarlarida bo„lish, xizmat
safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan
mablag„lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta‟minlash;
12) mutasaddilik qilinadigan markaziy apparat bo„linmalari va hududiy inspeksiyalarning
rahbarlari hamda xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil
qilish, Davlat inspeksiyasi kengashi majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari
bo„yicha zarur choralar ko„rish;
13)
Davlat
inspeksiyasi
boshlig„iga
mutasaddilik
qilinadigan
markaziy apparat
bo„linmalari hamda hududiy inspeksiyalarning rahbarlari va xodimlarini rag„batlantirish va
intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimiga noloyiqligi
to„g„risidagi masalani ko„rib chiqish bo„yicha takliflar berish, yuklangan vazifalar va funksional
majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan ularning shaxsiy mas‟uliyatini oshirish bo„yicha tizimli
chora-tadbirlarni amalga oshirish;
14) Davlat inspeksiyasi xodimlarining tasdiqlangan Odob-axloq qoidalari talablariga rioya
qilishini, ko„rsatilgan qoidalarga mutasaddilik qilinadigan markaziy apparat bo„linmalari va
hududiy inspeksiyalarning rahbarlari va xodimlari tomonidan rioya qilinishini ta‟minlash;
15) O„zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to„g„risida”gi
Qonuni
talablariga muvofiq Davlat inspeksiyasi faoliyatida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning
oldini olish choralarini ko„rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabablar
hamda sharoitlarni huquqni qo„llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini
ishlab chiqish va amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
16)
Davlat
inspeksiyasi
boshlig„iga davlat xizmatlarining samaradorligi, sifati va
qulayligini oshirish bo„yicha takliflar kiritish;
17) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko„rib chiqishni tashkil qilish, aholi bilan
bevosita va ochiq muloqotni yo„lga qo„yish, qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda va tartibda
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabullarini, shu jumladan, sayyor
qabullarni muntazam o„tkazish;
18) O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik
qilish, ularning ishida faol qatnashish, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual
qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslarning barcha murojaatlari o„z vaqtida
hamda to„liq ko„rib chiqilishini ta‟minlash;
19) davlat sirlari hisoblangan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik
talablariga rioya etish.
22. Quyidagilar hududiy inspeksiyalar rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari
hisoblanadi:
1) O„zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi
va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
2)
hududiy
inspeksiyalar
faoliyatiga
umumiy
rahbarlik
qilish,
ushbu
hududiy
inspeksiyalarga O„zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari va qarorlari, boshqa
qonun hujjatlari hamda Davlat inspeksiyasining buyruqlari, farmoyishlari bilan yuklangan vazifa va
funksiyalarning bajarilishini tashkil qilish;
3) hududiy inspeksiyalar faoliyati bilan bog„liq prognoz ko„rsatkichlarga so„zsiz erishish
bo„yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
4) O„zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari, shuningdek, Davlat
inspeksiyasining buyruqlari, farmoyishlari bajarilishini ta‟minlash, ijro intizomini mustahkamlashga
doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan topshiriqlar o„z vaqtida va
sifatli bajarilishi uchun hududiy inspeksiyalar xodimlarining shaxsiy mas‟uliyatini oshirish
choralarini ko„rish;
5) Davlat inspeksiyasi boshlig„i va uning o„rinbosarlarining buyruqlari hamda
farmoyishlari o„z vaqtida va sifatli bajarilishini ta‟minlash;
6) Davlat inspeksiyasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo„yicha mahalliy davlat
hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan o„zaro hamkorlik
qilish;
7) hududiy inspeksiyalar faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, hududiy inspeksiyalar va
ular xodimlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish;
8) hududiy inspeksiyalarda kadrlarni joy-joyiga qo„yish bo„yicha takliflarni tanlash va
kiritish, ularning samarali faoliyat ko„rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, hududiy
inspeksiyalarning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
9) Davlat inspeksiyasi nomenklaturasiga kiruvchi bo„sh lavozimlarga tavsiya etilgan
nomzodlarning, shuningdek, hududiy inspeksiyalarga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning
kasbiy mahorat, chuqur bilim, amaliy tajribaga egaligi, ishchanlik va ma‟naviy-axloqiy
fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganligini ta‟minlash;
10) hududiy inspeksiyalar xodimlarini rag„batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish
masalalarini hal etish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimiga noloyiqligi masalalarini
ko„rib chiqish, ularning shaxsiy mas‟uliyatini oshirishga doir tizimli choralarni amalga oshirish;
11) Davlat inspeksiyasi xodimlarining tasdiqlangan Odob-axloq qoidalari talablariga
hududiy inspeksiyalar xodimlari tomonidan rioya etilishini ta‟minlash;
12) O„zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to„g„risida”gi
Qonuni
talablariga muvofiq Davlat inspeksiyasi tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini
olish choralarini ko„rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabablar va
sharoitlarni huquqni qo„llash amaliyotini va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini
ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
13) prognoz ko„rsatkichlar bajarilishini tizimli tahlil qilish, Davlat inspeksiyasining nazorat
qiladigan o„rinbosarlariga hududiy inspeksiyalar tomonidan belgilangan ko„rsatkichlarga so„zsiz
erishilishini ta‟minlashga qaratilgan qo„shimcha choralar ko„rish bo„yicha takliflar kiritish;
14) hududiy inspeksiyalar xodimlarining faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli
ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo„yicha
zarur choralar ko„rish;
15) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko„rib chiqish, aholi bilan bevosita va
ochiq muloqotni yo„lga qo„yish, belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslar va yuridik
shaxslar vakillarining shaxsiy qabullari, shu jumladan sayyor qabullarini muntazam o„tkazish;
16) O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik
qilish, ularning ishida faol qatnashish, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual
qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o„z vaqtida hamda
to„liq ko„rib chiqish;
17) davlat siri bo„lgan ma‟lumotlarning yoki qonun bilan qo„riqlanadigan boshqa sirning
muhofaza qilinishini ta‟minlash.
Dostları ilə paylaş: |