texnologiyalarini rivojlantirish jamg„armasining mablag„lari va qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa
mablag„lar hisobidan O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda
tasdiqlangan smeta doirasida amalga oshiriladi.
44. Davlat inspeksiyasi xodimlarining mehnatini qo„shimcha moddiy rag„batlantirish
Davlat inspeksiyasi boshlig„i tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq O„zbekiston
Respublikasi
Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan smeta doirasida amalga oshiriladi.
Bunda Davlat inspeksiyasi xodimlarining mehnatini rag„batlantirish to„g„risidagi Nizomda
ularning lavozim maoshlariga mehnatning alohida sharoitlari uchun 200
foiz oylik ustama
belgilanishi ko„zda tutiladi.
45. Davlat inspeksiyasining markaziy apparatiga 8 ta, shu jumladan 4 ta biriktirilgan, 2 ta
navbatchi, 2
ta maxsus avtomobil, hududiy boshqarmalarga — 14 ta maxsus avtomobildan iborat
xizmat avtomobil transporti limiti ko„zda tutiladi.
Xizmat avtomobillarining yillik yo„l bosish limiti 36 500 km etib belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: