O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish
vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko„maklashish markazi” davlat muassasasi (keyingi
o„rinlarda — “Xavfsiz shahar” markazi) tashkil etilsin.
(2-bandning to„rtinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi
PF-194-sonli
Farmoni
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-
son)
3.
O„zbekiston
Respublikasi
Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta‟minlashga ko„maklashish
markazining bo„shayotgan 135 nafar shtat birligi Markazga o„tkazilsin.
4. Belgilab qo„yilsinki:
Davlat
inspeksiyasi
O„zbekiston
Respublikasi
Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini
rivojlantirish
vazirligi
huzuridagi
Aloqa,
axborotlashtirish
va
telekommunikatsiya
texnologiyalari
sohasida
nazorat
bo„yicha
inspeksiyaning
huquq
va
majburiyatlari bo„yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Markaz O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta‟minlashga ko„maklashish
markazining huquq va majburiyatlari bo„yicha huquqiy vorisi hisoblanadi, “Xavfsiz shahar”
loyihasini amalga oshirish bilan bog„liq huquq va majburiyatlari bundan mustasno.
Davlat inspeksiyasi Markazning ta‟sischisi hisoblanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
“Xavfsiz shahar” markazi jamoat xavfsizligini ta‟minlash va ichki tartibni saqlash sohasiga
raqamli texnologiyalarni joriy etishda “Elektron hukumat” tizimini davlat organlari va boshqa
tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo„yicha Yagona integrator hisoblanadi.
“Xavfsiz shahar” markazi O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini
rivojlantirish
vazirligining
Axborot
xavfsizligi
va
jamoat
tartibini
ta‟minlashga ko„maklashish markazining “Xavfsiz shahar” yagona
integratsiyalangan tizimini
yaratish loyihasini amalga oshirish bilan bog„liq huquq va majburiyatlari bo„yicha huquqiy vorisi
hisoblanadi.
(4-band O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli
Farmoniga
asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to„ldirilgan — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi,
23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
5. Quyidagilar:
a) Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni
tarqatish sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya
qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
o„z vakolati
doirasida pochta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari
xizmatlarining sifatli taqdim etilishi, davriy bosma nashrlar, fonogrammalar, audiovizual asarlar va
EHM uchun dasturlar tarqatilishida iste‟molchilar huquqlarini himoya qilish choralarini ta‟minlash
ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
fonogrammalar,
audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlar tarqatishda (sotish, ijaraga
berish va barchaning e‟tiboriga yetkazishda) mualliflik huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga va
normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
normativ-huquqiy
hujjatlar
talablariga
muvofiq
davlat
organlari
va
tashkilotlari,
shuningdek, boshqa tashkilot va idoralarda “Elektron hukumat” tizimida infratuzilmani
rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanilishi ustidan davlat
nazoratini amalga oshirish;
ish va boshqaruv jarayonlarini
avtomatlashtirish, integrallashgan axborot tizimlarini,
ma‟lumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish,
davlat axborot resurslari integratsiyasi, shu jumladan, elektron davlat xizmatlari ko„rsatish
samaradorligi;
“oxirgi milya” tamoyili bo„yicha Internet tarmog„idan keng polosali foydalanishni,
multiservis
aloqa
tarmoqlari
texnologiyalarini,
mobil
aloqa
bozorini,
boshqa
zamonaviy
telekommunikatsiya xizmatlarini, shuningdek, pochta aloqasi xizmatlarini va davriy bosma nashrlar
tarqatishni kengaytirish yo„li bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish ustidan davlat
nazoratini amalga oshirish;
b) Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to„g„risidagi ma‟lumotlarni yig„ish, tahlil
qilish va to„plash, davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari, resurslari va ma‟lumotlar
bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni ta‟minlaydigan samarali tashkiliy va
dasturiy-texnik yechimlarni tezkor qabul qilish bo„yicha tavsiyalar
va takliflar ishlab chiqish;
qonun buzuvchilarni, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga
oshirishda
foydalaniladigan
metodlar
va
vositalarni
tahlil
qilish,
identifikatsiyalashda
telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari, huquqni muhofaza qilish
organlari bilan hamkorlik qilish;
axborotlashtirish obyektlarida (davlat sirlari bundan mustasno) apparat vositalari va
dasturiy
mahsulotlarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya jihozlari va
boshqa texnik vositalarni attestatsiya, ekspertiza va sertifikatsiyadan o„tkazish;
davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini
ishlab chiqish va amalga oshirishda ko„maklashish;
davlat axborot tizimlari va resurslari, shuningdek, Internet tarmog„i
milliy segmentining
axborot xavfsizligini ta‟minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo„yicha
takliflar ishlab chiqish;
Internetning
milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog„i milliy segmentida axborot
xavfsizligiga paydo bo„layotgan tahdidlar to„g„risida o„z vaqtida xabardor qilish, shuningdek,
axborotlarni himoya qilish bo„yicha maslahat xizmatlari ko„rsatish.
Dostları ilə paylaş: