Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy
hujjatlar va ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Davlat inspeksiyasining o„z vakolati doirasida qabul qiladigan qarorlari aloqa,
axborotlashtirish
va
telekommunikatsiya
texnologiyalari,
davriy
bosma
nashrlarni
tarqatish,
audiovizual asarlar, fonogrammalar, EHM uchun dasturlarni (sotish, ijaraga berish va barchaning
e‟tiboriga yetkazish) tarqatish sohasida faoliyat yurituvchi barcha davlat va xo„jalik
boshqaruvi
organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va idoralar, xo„jalik yurituvchi
subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
5. Davlat inspeksiyasi davlat va xo„jalik boshqaruvi
organlarida, mahalliy davlat
hokimiyati organlarida, boshqa tashkilotlar va idoralarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari,
axborot va kiberxavfsizlikni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda joriy etish va rivojlantirish
holati ustidan nazorat, monitoring olib borish, uni o„rganish va tekshirish vakolatiga ega.
6. Davlat inspeksiyasi yuridik shaxs hisoblanadi, o„zining
mustaqil balansiga, O„zbekiston
Respublikasining bank muassasalarida hisob raqamiga, shuningdek, O„zbekiston Respublikasi
Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o„z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.
Qoraqalpog„iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy inspeksiyalari
yuridik shaxs hisoblanmaydi hamda o„z faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
7. Davlat inspeksiyasining rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to„liq nomi — O„zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar
sohasida nazorat bo„yicha davlat inspeksiyasi, qisqartirilgan nomi — O„zaloqanazorat;
b) rus tilida:
to„liq nomi — Gosudarstvennaya inspeksiya po kontrolyu v sfere informatizatsii i
telekommunikatsiy Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Gosinspeksiyasvyazi;
v) ingliz tilida:
to„liq nomi — The State Inspection for control in the field of informatization and
telecommunication of the Republic of Uzbekistan.
8. Davlat inspeksiyasi tuzilmasiga:
Davlat inspeksiyasining markaziy apparati;
Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy inspeksiyalari;
“Texnik ko„maklashish markazi” davlat unitar korxonasi kiradi.
Davlat inspeksiyasi boshlig„iga, zarurat bo„lganda, belgilangan shtatlar soni doirasida
tuzilmaga va shtatlar jadvaliga o„zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Dostları ilə paylaş: