ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan axborot tizimlari,
ma‟lumotlar uzatish va ma‟lumotlar almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish hamda
ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi holatini tahlil qiladi, baholaydi va
tekshiradi;
davlat va xo„jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlari ustidan olib borilgan
monitoring va tekshiruv natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish bo„yicha tegishli xulosa va takliflar tayyorlaydi;
davlat va xo„jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining
holati
va
ularni
rivojlantirish
to„g„risida
axborotlarning ishonchliligi ta‟minlanishi va o„z vaqtida taqdim etilishini o„rganadi, tekshiradi va
monitoringini olib boradi;
6) “oxirgi milya” tamoyili bo„yicha Internet tarmog„idan keng polosali foydalanishni,
multiservis
aloqa
tarmoqlari
texnologiyalarini,
mobil
aloqa
bozorini,
boshqa
zamonaviy
telekommunikatsiya xizmatlarini, shuningdek, pochta aloqasi xizmatlarini va davriy bosma nashrlar
tarqatishni kengaytirish yo„li bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan
nazorat sohasida:
qonun hujjatlariga muvofiq telekommunikatsiya tarmoqlari, axborotlashtirish tizimlari va
vositalari yaratilishi va ishlatilishi bo„yicha xo„jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshiradi,
o„rganadi va nazorat qiladi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari tarmoqlarining yangidan
quriladigan va qayta quriladigan obyektlarini foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarida
qatnashadi.
Davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: