Kasbiy faoliyatlarining obyektlari: - kimyo, neftkimyo, oziq-ovqat, energetika, transport, mashinasozlik, metallurgiya va togʻ-kon sanoati, toʻqimachilik va yengil sanoat, qishloq va suv xoʻjaligi sanoatlari ishlab chiqarishlari va texnologik jarayonlari;
- texnik tizimlar, yuqori unumdorlikka ega texnologik jarayonlar, apparatlar va jihozlar;
- texnologik jarayonlar va ularni nazorat qilish, nazorat-oʻlchash asboblari va avtomatika vositalari;
- texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari;
- texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni rostlasb va boshqarish tizimlari;
- texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlaridan foydalanish, ularni sozlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish usullari va vositalari, shuningdek nazorat, rostlash va boshqarish tizimlarining loyiha, ilmiy-ishlab chiqarish faoliyatini texnik taʻminlash vositalari;
- texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarishning raqobatbardoshligini zamonaviy boshqarish usullari va vositalarini qoʻllash orqali oshirish va bu sohani rivojlantirish jarayonlari;
- ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatini texnikaviy taʻminlash vositalari.
Kasbiy faoiiyatlarining turlari: - muhandislik-isjlab chiqarish va loyiha-konstruktorlik;
- foydalanish va servis xizmat koʻrsatish:
- ishlab chiqarish-boshqaruv;
- yig ʻish-sozlash:
- tashkiliy-boshqaruv;
- ilmiy-ladqiqot;
- tadbirkorlik.
60711500- Mexatronika va robototexnika - fan va texnika sohasidagi yoʻnalish boʻlib, murakkab texnologik jarayonlarni va operatsiyalarni avtomatlashtirish uchun moʻljallangan, shu jumladan, insonni ogʻir, charchatuvchi va xavfli ishlarni bajarishdan ozod qiluvchi mexatron va robototexnik tizimlarni, ulardagi ishchi jarayonlar nazariyasini oʻzlashtirish va tadqiqot qilish. mexatron va robototexnik tizimlarni loyihalash, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ularni diagnostika qilish, sinash va ekspluatatsiya qilish hamda ulardan samarali foydalanish bilan bogʻliq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.