Dars uslubi: : Guruhlarda ishlash, tushunchalar tahlili
Dars jihozi: Darslik, kompyuter,
Darsning borishi:
№
Dars bosqichlari
Vaqti
1
Tashkiliy qism
2 minut
2
O`tgan o`quv yilida o`tilganlarni takrorlash va baholash
15 minut
3
Yangi mavzuning mazmunini ochish va xulosalar chiqarish
25 minut
5
Uyga vazifa va topshiriqlar
3 minut
I. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
II. Takrorlash: Elektron pochtaning oddiy pochtadan asosiy afzalligi nimada?
Uyingizdagi pochta qutisi bilan elektron pochta qutisining qanday farqi bor?
Elektron pochtaning oddiy pochta bajara olmaydigan qanday imkoniyatlarini bilasiz?
Outlook Express dasturining menyulari va ularning asosiy vazifalari haqida so'zlab bering.
III. Yangi mavzuni o`rganish Barcha moddiy narsalar kabi axborot ham o'z qiymatiga ega. Shuning uchun biror foydani ko'ziab axborotni "o'g'iriash", "buzish", "keraksizma'lumotgato'ldirish", axborot saqlanadigan qurilmalarni ishdan chiqarish hollari hayotda uchramoqda. Demak, bu kabi zararli ishlardan himoyalanish dolzarb vazifadir.
Viruslar ta'siri Hozirgi kunda kompyuter tizimlariga o'z malakasini osliirish yoki shunchaki “hazillashib” buzg'unchilik qilayotgan “yosh dasturchilar” ko'proq zarar yetkazadi. Chunki, ular juda ko'pchilikni tashkil qiladi. Ularning ba'zilari kimgadir zarar yetkazayotganini bilmaydi ham.
Internet orqali yetkazilishi mumkin bo'lgan asosiy zararlar:
Tarmoqqa ulangan vaqtingizda kompyuteringizga ruxsatsiz “kirish” va uni sizning manfaatingizga zid tarzda masofadan boshqarish;
Internetda uzatilayotgan axborotlarni yo`lda ushlab olinib, ulardan nusxa olish yoki o'zgartirish;
Turli virus (kompyuter xotirasidagi ma'lumotlarni o'chirish, o'zgartirish kabi ishlarni bajaruvchi va boshqa dastur tarkibiga qo'shilib olish, "yuqish" xususiyatiga ega bo'lgan maxsus dastur) dasturlarini Web-sahifalarga “yashirib qo'yish”;
Turli davlat tashkilotlari va xususiy korxonaiarga tegishli axborotlarni o'g'irlash va raqobatchi tashkilotlarga sotish yoki ma’lum miqdorda tolov talab qilish;
Jamiyat mafkurasi va ma'naviyatiga zid axborotlarni Internetda e'lon qilish.
Ba'zi virus dasturlarining nomidan ham bajaradigan ishini tushinib olish mumkin. Masalan, Black Hole (qora tuynuk, ya'ni ekranning chap burchagidan qora tuynuk ochadi), Black Friday (qora juma, juma kunlari ishlanayotgan fayllarni o'chiradi), Friday 13 (o'n uchinchi juma, ya'ni 13-sana juma kunlari ishlanayotgan fayllarni o'chiradi), "sekin ta'sir qiluvchi virus" (kompyuter ishini bir necha yuz marotabalab sun'iy sekinlashtirib yuboradi) va hokazo.