I. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
2.Yo’qlama qilish.
3.Uyga vazifani so’rash.
II. Takrorlash: 1. Sonlar alifbosi elementlari haqida so’zlab bering.
2. Sanoq sistemasi asosi, raqamlar, sonlar haqida ma’lumot bering.
3. Qadimda nima uchun o’n ikkilik sanoq sistemasidan foydalanilgan?
4. Yigirmalik sanoq sistemasidan qaysi mamlakatda ko’proq foydalanilgan?
5. Pozitsiyali sanoq sistemasi deganda nimani tushunasiz?
III. Yangi mavzu bayoni: Kompyuterlar ishlab chiqarila boshlanganda kompynterlarning ishlash prinsipi bilan bogiiq boigan axborotlarni ikkilik sanoq sistemasidakodlash va amallar bajarish masalasi yuzaga keldi. Chunki, kompyuterga biror amalni bajarishni o’rgatish uchun inson shu amalni qanday bajarilishini tasavvur qilishi zafurdir. Demak, kompyuterlarni ishlash prinsipini
o’rganish uchun ikkilik sanoq sistemasida amallar qanday bajarilishini bilishingiz maqsadga muvofiqdir.
Ikkilik sanoq sistemasida arifmetik amallar Kundalik hayotimizda ishlatiladigan o’nlik sanoq sistemasidagi sonlar ustida arifmetik amallar bajarish usullanni bilamiz. Mazkur usullar boshqa barcha pozitsiyali sanoq sistemalari uchun ham o’rinlidir.
O’nlik sanoq sistemasida qo’shish amalini ko’rsak, biz avval birliklarni, so’ng o’nliklarni, keyin yuzliklar va hokazolarni o’zaro qo’shib boramiz. Bu jarayon barcha pozitsiyali sanoq sistemalari uchun o’rinli bo’lib, toki oxirgi qiymat bo’yicha eng katta razryadni qo’shishgacha davom etadi. Mazkur jarayonda shu narsani doim eslash kerakki, agar biror razryad sonlarini qo’shganimizda natija sanoq sistema asosi qiyrhatidan katta chiqsa, yig’indining sanoq sistema asosidan katta qismini eying razryadga o’tkazish kerak.
Masalan, o’nlik sanoq sistemasida:
19327510 + 7953810 198310
27479610
Ma’lumki ikkilik sanoq sistemasi faqat ikkita: 0 va 1 raqamlaridan tashkil
topgan. Shu sistemada qo’shish, ayirish va ko’paytirish amailari quyidagicha
bajariladi:
Qo`shish
Ayirish
Ko`paytirish
0+0=0
0+1=1
1+0=1
1+1=10
0-0=0
1-0=1
10-0=10
10-1=1
0 0=0
0 1=0
1 0=0
1 1=1
Endi yuqoridagi jadvallar yordamida ikkilik sanoq sistemasidagi sonlar ustida turli arifmetik amallar haiarishga doir misollar ko’ramiz.