Axborot tushunchasi va bilish haqida darsning maqsadi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə6/57
tarix31.03.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#124634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
7-sinf-informatika-dars-ishlanmasi

axborotli jarayonlar



Tekshirdim:
O`quv ishlari bo`yicha dirеktor o`rinbosari:_________________


4-Mavzu: Amaliy mashg’ulot
Darsning maqsadi:
1) ta;limiy: O`quvchilarga axborotlarni kodlash haqida tushuncha berish;
2) tarbiyaviy: Oquvchilarga estetik tarbiya berish;
3) rivojlantiruvchi: o`quvchilarda axborotlarni berilgan usul yordamida kodlash ko`nimalarini rivojlantirish.
Kompetensiya:

  1. TK1-kommunikativ kompetensiya

2 TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi
3 TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
Dars uslubi: : Guruhlarda ishlash, tushunchalar tahlili
Dars jihozi: Darslik, kompyuter,
Darsning borishi:



Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

O`tgan o`quv yilida o`tilganlarni takrorlash va baholash

15 minut

3

Yangi mavzuning mazmunini ochish va xulosalar chiqarish

25 minut

5

Uyga vazifa va topshiriqlar

3 minut



I. Tashkiliy qism:
1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
II. Takrorlash

  1. Axborot ustida qanday amallar bajarish mumkin?

  2. Axborotni hosil qilish, to'plash, soddalashtirishga misollar keltiring.

  3. Inson tanasida axborotni to'plash va qayta ishlashga misol keltiring.

  4. Axborotni nusxalash, o'lchash, buzishga misollar keltiring.

  5. Axborotlarni uzoq masofaga uzatish usullariga misollar keltiring.

  6. Axborotlarni kompyutersiz va kompyuterda saqlash vositalariga misollar keltiring.

III. Yangi mavzuni o`rganish.
Axborotlarni kodlashning usullari
Semyuel Morze 1837-yilda elektromagnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838-yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Unda turli harf va raqamlar nuqta va tirelarning maxsus ketma-ketligi ko'rinishida ifodalangan, ya'ni axborot uchta belgi yordamida kodlanadi: "uzun signal" (tire yordamida ifodalanadi), "qisqa signal" (nuqta yordamida ifodalanadi), "signalsiz" (bo'shliq, pauza bilan ifodalanadi). Mazkur kodlash usuli hozirgi
kunda ham qo'llanib kelinmoqda. Morze kodlash usulini notekis (o'zgaruvchan) kod deb yuritiladi. Insoniyatga ma'lum belgilar bu usuldagi ikki yoki undan ko'p belgilar yordamida ifodalanadi. Umuman, kodlash usulida ishtirok etgan belgilar soni (hajmi) bir xil bo'lsa tekis kodlash usuli, belgilar soni (hajmi) bir xil bo`lmasa notekis kodlash usuli deb ataladi.
IV. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va mashqlar.

  1. Kodlash deganda nima tushuniladi?

  2. Tarixda axborotlar nima uchun kodlangan?

  3. Axborotlarni kodlashning qanday usullarini bilasiz?

  4. Morze kodlash usulida nechta belgi ishlatiladi?

  5. Alilbo bilan bog`liq qanday kodlash usullari bor?

  6. O'zingizning kodlash usulingizni ishlab chiqing va "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir" iborasini kodlang.

  7. O'zingizning kodlash usulingizdan foydalanib do'stingizga axborot uzating

V. Uyga vazifa
Mashqlar
1. Alifbodagi harflarni ularning tartib raqami bilan almashtirish usulidan foydalanibuyidagi jumlalarni kodlang.
a) NIMANI EKSANG SHUNI O'RASAN.
B) KUCHLI DAVLATDAN KUCHLI JAMIYAT SARI.
d) BUYUK MAQSAD YO'LIDA OG`ISHMAYLIK.
e) OZ BO`LSA HAM BILMOQ UCHUN KO'P O'QIMOQ ZARUR.
f) MUSHOHADA QILMASDAN O'QISH, OVQAT HAZM QILMASLIK BILAN BAROBAR.
2. Aralashtirilgan alifbodan foydalanib berilgan jumlalarni kodlang.
a) NAMUNASIZ HECH NARSANI O'RGANA OLMAYSAN.
b) DEYDILARKI, KITOB - OFTOB.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin