Axborot tushunchasi va bilish haqida darsning maqsadi


Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog'liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə3/4
tarix01.12.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#120259
1   2   3   4
7-sinf-informatika

Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog'liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi.
Axborotlar ustida bajariladigan amallarning ko'plari Sizga tanish. Masalan, axborotni to'plash, birlashtirish, saqlash, his etish, eslab qolish, ishlatish bilan fanlarni o'zlashtirish jarayonida, boshqa ko'rinishga o'tkazish yoki formallashtirish amallaridan matematika va fizika darslarida formulalar, tenglamalar va jadvallar tuzib, nusxalash amalidan esa Paint va Word dasturlarida ko'p foydalandingiz. Keyingi darslarimizda axborotlar ustida bajariladigan kodlash va buzish amallari bilan tanishasiz.
To'plangan axborotlardan kerak bo'lganda foydalanish uchun ularni saqlab qo'yish kerak. Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi.

Shu kabi axborot tashish vositalariga ko'plab misol keltirish mumkin.
Axborotni qayta ishlash va uzatish
A xborotlarni qayta ishlash deganda bir axborotdan biror-bir amal bajarib boshqa axborotni hosil qilish tushuniladi. Axborotlarni qayta ishlash axborotlarni ko'paytirish va ko'rinishlarini o'zgartirish uchun zarurdir.
Axborotlar bilan ishlaganda ham, modda va energiyadagi kabi, ularni to'plash (hosil qilish), uzatish, saqlash, bir ko'rinishdan boshqa, kerakli ko'rinishga o'tkazish kabi jarayonlar amalga oshirilishi mumkin.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

  1. Axborot ustida qanday amallar bajarish mumkin?

  2. Axborotni hosil qilish, to'plash, soddalashtirishga misollar keltiring.

  3. Inson tanasida axborotni to'plash va qayta ishlashga misol keltiring.

  4. Axborotni nusxalash, o'lchash, buzishga misollar keltiring.

  5. Axborotlarni uzoq masofaga uzatish usullariga misollar keltiring.

  6. Axborotlarni kompyutersiz va kompyuterda saqlash vositalariga misollar keltiring.

  7. O'quvchilar eng ko'p axborot oladigan axborot tashuvchi vositalarga misol keltiring.

  8. Inson uchun axborot manbayi, aloqa vositasi va axborot qabul qilish vositalariga misollar keltiring.

  9. Texnikada axborot manbayi, aloqa vositasi va axborot qabul qilish vositalariga misollar keltiring.




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin