246
deshifrovka qilinadi.
Blok xost – ERI
– sertifikasiyalangan kriptoProCSPdan foydalangan holda
MS Windows platformasidagi shifrlash va elektron raqamli imzoni yaratish tizimi.
MS Windows operasion tizimiga o‘rnatilgan boshqa kriptoprovayderlar bilan ham
ishlash madadlanadi.
KriptoARM
– kriptografik vositalar bilan ishlashning qulayligini
ta’minlovchi universal dasturiy ta’minot. KriptoARM axborotni ishonchli
himoyalashga va Internet tarmog‘i bo‘yicha uzatiladigan va turli xil eltuvchilardagi
(disketlardagi, flesh kartalardagi, tokenlardagi) elektron ma’lumotlarning
muallifligini kafolatlashga mo‘ljallangan.
HIMFAYL
– fayllarni himoyalangan saqlash tizimi shaxsiy kompyuterda
yoki axborotni tashqi disk eltuvchilarida saqlanuvchi papkalar va fayllarning
maxfiyligini (konfidensialligini), yaxlitligini ta’minlash va ularni ruxsatsiz
foydalanishdan himoyalash uchun mo‘ljallangan.
E-XAT
– himoyalangan elektron pochta tizimi foydalanuvchilar orasida
elektron xabarlarni himoyalangan almashishni tashkil etishga mo‘ljallangan.
Ushbu tizim axborotni kriptografik himoyalash vositalaridan va axborotni
kriptografik himoyalash sohasidagi davlat standarti asosidagi elektron raqamli
imzo (milliy kriptoprovayder) vositalaridan foydalanadi. E-XAT tizimi uyda
ishlash uchun uchta tilni madadlaydi: o‘zbek (lotin va kirillitsa), rus (kirillitsa) va
ingliz (lotin).
Dostları ilə paylaş: