160
parametrlar ba’zida "nonces" – bir maqsadga bir martadan ortiq ishlatilmaydigan
kattalik deb ataladi.
Hozirda ishlatiladigan bir martali parametrlardan
tasodifiy sonlar, vaqt
belgilari va ketma-ketliklarning nomerlarini ko‘rsatish mumkin.
Bir martali parametrlar uzatishning takrorlanishini, autentifikasion
almashinuv taraflarini almashtirib qo‘yishni va ochiq matnni tanlash bilan
xujumlashni oldini olishga imkon beradi. Bir martali
parametrlar yordamida
uzatiladigan xabarlarning noyobligini, bir ma’noliligini va vaqtiy kafolatlarini
ta’minlash mumkin. Bir martali parametrlarning turli xillari alohida ishlatilishi,
yoki bir-birini to‘ldirishi mumkin.
Bir martali parametrlarning quyidagi ishlatilish misollarini ko‘rsatish
mumkin:
- "so‘rov-javob" prinsipida qurilgan protokollarda o‘z vaqtidaligini
tekshirish. Bunday
tekshirishda tasodifiy sonlar, soatlarni sinxronlash bilan vaqt
belgilari yoki muayyan juft (tekshiruvchi, isbotlovchi) uchun ketma-ketliklarning
nomerlaridan foydalanish mumkin;
- o‘z vaqtidaligini yoki noyoblik kafolatini ta’minlash. Protokolning bir
martali parametrlarini bevosita (tasodifiy sonni tanlash yo‘li bilan)
yoki bilvosita
(bo‘linuvchi sirdagi axborotni taxlillash yordamida) nazoratlash orqali amalga
oshiriladi;
- xabarni yoki xabarlar ketma-ketligini bir ma’noli identifikasiyalash. Bir
ohangda o‘suvchi ketma-ketlikning bir martali qiymatini (masalan, seriya
nomerlari yoki vaqt belgilari ketma-ketligi) yoki mos uzunlikdagi tasodifiy
sonlarni tuzish orqali amalga oshiriladi.
Ta’kidlash lozimki, bir martali parametrlar kriptografik
protokollarning
boshqa variantlarida ham (masalan, kalit axborotini taqsimlash protokollarida)
keng qo‘llaniladi.
Qat’iy autentifikatsiyalash protokollarini qo‘llaniladigan kriptografik
algoritmlariga bog‘liq holda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- shifrlashning simmetrik algoritmlari asosidagi qat’iy autentifikatsiyalash
161
protokollari;
- bir tomonlama kalitli xesh-funksiyalar asosidagi qat’iy autentifikatsiyalash
protokollari;
- shifrlashning asimmetrik algoritmlari asosidagi qat’iy autentifikatsiyalash
algoritmlari;
- elektron raqamli imzo asosidagi qat’iy autentifikatsiyalash algoritmlari.
Dostları ilə paylaş: