201
viruslarni qidiradi va zararsizlantiradi. Dastur tarkibida rezident qorovul Spider
Guard, Internet orqali virus bazalarini yangilashning avtomatik tizimi va avtomatik
tekshirish jadvalini rejalashtiruvchi mavjud. Pochta fayllarini tekshirish amalga
oshirilgan. Dr.Web da ishlatiluvchi algoritmlar haqida ma’lum bo‘lgan barcha
virus xillarini aniqlashga imkon beradi. Dr.Web dasturining muhim xususiyati –
oddiy signaturali qidirish natija bermaydigan murakkab shifrlangan va polimorf
viruslarni aniqlash imkoniyatidir;
-
Symantec
Antivirus
– Symantec kompaniyasining korporativ
foydalanuvchilarga taklif etgan virusga qarshi mahsuloti nabori.Symantec
mahsulotidan ishchi joylarining umumiy soni 100 va undan ortiq bo‘lganida va
bo‘lmaganda bitta Windows NT/2000/NetWare serveri mavjudligida foydalanish
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu paketning bashqalardan ajralib turadigan
xususiyati quyidagilar:
- boshqarishning ierarxik modeli;
- yangi virus paydo bo‘lishiga reaksiya qilish mexanizmining mavjudligi.
- AntiVir Personal Edition – virusga qarshi dastur AVP, Dr.Web va h.lar
imkoniyatlaridek imkoniyatlarga ega. Dastur komplektiga quyidagilar kiradi:
- disklarni skanerlovchi;
- rezident quriqchi;
- boshqarish dasturi;
- rejalashtiruvchi.
Dastur Internet dan yuklanuvchi fayllarni skanerlaydi. Internet orqali
yangilanishlarni avtomatik tarzda tekshirish va yuklash funksiyasi ham mavjud.
Dastur xotirani, yuklanish sektorini tekshirishda ishlatiladi va unda viruslar
bo‘yicha keng ko‘lamdagi ma’lumotnoma mavjud.
Dostları ilə paylaş: