65
asosida MUTda axborot xavfsizligini ta’minlash ko‘zda tutiladi.
MUTda axborot xavfsizligini ta’minlash AXTTni yaratish yo‘li bilan
kompleksli va MUT hayotiy siklining barcha bosqichlarida tashkiliy-texnik
tadbirlarni doimo o‘tkazish bilan hal etiladi.
MUT AXTT samarali ishlashini ta’minlash funksiyalari korxona rahbariga
bevosita bo‘ysunadigan korxonaning MUT axborot xavfsizligini ta’minlash
xizmati (bo‘limi)ga yuklatiladi.
Korxonaning MUT axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi) o‘z
faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va normativ hujjatlari,
Prezident farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari,
Agentlikning normativ-huquqiy hujjatlari, korxona rahbarlarining buyruqlari va
farmoyishlari, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi) MUT serverlarida
saqlanadigan va MUT telekommunikasiya kanallari va vositalari bo‘ylab
uzatiladigan, agar bu shartnomada ko‘zda tutilgan bo‘lsa, abonentlar axborotining
konfidensialligi, yaxlitligi va undan erkin foydalanish uchun javobgar bo‘ladi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi) abonent terminallarida
saqlanadigan abonent axborotining konfidensialligi, yaxlitligi va undan erkin
foydalanish uchun javobgar bo‘lmaydi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi) viruslar bilan zararlangan
va zararli dasturlarni o‘z ichiga olgan foydalanuvchi va abonentlarning axborot
resurslari (MUT serverlarida joylashadigan va saqlanadigan va MUT
telekommunikasiya kanallari va vositalari bo‘ylab uzatiladigan), shuningdek
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan axborot
resurslari tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralarni qabul qilish huquqiga ega.
Abonentlarga axborotni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlarni
taqdim etish shartnomada bayon etiladi.
MUT foydalnuvchilari va abonentlari o‘z darajasida axborotni muhofaza
qilish tizimlari yoki vositalarini qo‘llash (ulardan foydalanish) huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: