Mustaqillik yillarida axborotlashtirish sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli va maqsadli ishlar
Mustaqillik yillarida axborotlashtirish sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli va maqsadli davlat siyosati O'zbekistonda milliy axborot makonini rivojlantirish, axborotlashtirish sohasini isloh qilish, so'z va axborot erkinligini ta'minlashga imkon bermoqda. Poytaxtimizdagi xalqaro biznes markazida bo'lib o'tgan "Davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va jamiyatni demokratlashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining roli" mavzuidagi xalqaro davra suhbatida ham mazkur sohada amalga oshirilayotgan sa'y harakatlar xususida so'z bordi.
Mamlakatimizda AKTni jadal rivojlantirish uchun davlat va xususiy sektor sa’y-harakatlarini birlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tashkil etildi. Ayni paytda O‘zbekiston axborot texnologiyalari bozorining o‘nlab yetakchi kompaniyalari mazkur uyushmaga a’zo bo‘ldi.
MOBIL ALOQA
Bugungi kunda mobil aloqa abonentlari soni 25 million nafardan ortdi. Yuzaga kelgan raqobat muhiti internet xizmatlarini taqdim etadigan operator va provayderlar, shuningdek, ushbu tarmoqdan umumiy foydalanish punktlari sonini ko‘paytirish imkonini berdi.
Global axborot tizimidan foydalanuvchilar soni hozir 7,7 million kishidan oshdi, ularning 4,27 million nafari internetdan mobil aloqa orqali foydalanmoqda. Elektron raqamli imzoni qo‘llash imkonini beradigan me’yoriy-huquqiy baza va ochiq elektron kalitlar infratuzilmasi yaratildi.
Elektron raqamli imzolarni ro‘yxatga olish markazlari samarali faoliyat ko‘rsatmoqda, «UZ» milliy domenida ko‘plab nomlar ro‘yxatga olinmoqda. Axborot resurslari bozori va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.