div va mod amallarini ko’rib chiqaylik.
a) a div b.. Bu amal natijasi butun bo’ladi, ya’ni a ni b ga bo’lishda hosil bo’lgan sonning butun qismi ajratiladi Masalan.17 div 2 = 8 ; 19 div 2 = 9; 7 div 17 =0. b) a mod b.Bu amal a va b ni bo’lishdan hosil bo’lgan qoldiq natijasini beradi. Masalan. 17 mod 2 = 1; 7 mod 15 = 7; 19 mod 2 =1. Munosabat amallarini ham butun operandalar uchun qo’llash mumkin, faqat ularning natijalari mantiqiy turga tegishli bo’lib, chin(true) va yolg’on (false) bo’lishi mumkin. Butun argumentli standart funksiyalarni bajarilishida butun yoki haqiqiy turga mansub natijalar bo’lishi mumkin.
Real turi. Haqiqiy sonlar to’plamidagi qiymatlarni qabul qiladigan ma’lumotlarni real turi aniqlaydi. Haqiqiy operandalar ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin, ya’ni ularning bajarilishidan hosil bo’ladigan natija ham haqiqiy bo’ladi: ko’paytirish, bo’lish, qo’shish , ayirish. Bu amallarning bajarilishida qatnashayotgan operandalardan bittasi butun bo’- lishi ham mumkin. Bo’lish amali ikkita butun son uchun ham o’rinli bo’ladi va hosil bo’lgan natija esa doim haqiqiy turga tegishli bo’ladi.
Haqiqiy natijani hosil qiluvchi funksiyalarda haqiqiy argumentlarni
qo’llash mumkin: abs(x), sqr(x), sin(x), cos(x), argtan(x), ln(x), exp(x), sqrt(x). Haqiqiy operandalar uchun qo’llaniladigan munosabat amallari mantiqiy
natijani beradi: chin yoki yolg’on. Boolean turi. Bu tur mantiqiy chin(true) yoki yolg’on(false) qiy-matlarni qabul qiladigan ma’lumotlarni aniqlaydi. Mantiqiy operandalar uchun quyidagi amallarni qo’llash mumkin: not - inkor, and - kon’yunksiya ("va"), or - diz’yunksiya ("yoki"). Paskal tilida mantiqiy tur quyidagicha aniqlangan: false Bu esa integer va real turdagi ma’lumotlar uchun munosabat amallarini qo’llash imkonini beradi.
Char va String turi. Bu tur Paskal tilining belgilarini va tartiblangan belgilar ketma- ketligini aniqlaydi. Bu belgilar soniga bo’shliq ( ) ham kiradi. Harfli o’zgaruvchilarning yoki o’zgarmaslarning qiy-mati har doim apostrof ichiga olingan bo’lishi kerak.