k,m : array [1. .50] of (schar,kub,piramida); Sanab o’tiladigan turning qiymatlar to’plami ham cheklangan nomerlangan to’plamni tashkil qiladi, ya’ni sanab o’tiladigan tur ham indeks turi sifatida qo’llanilishi mumkin. Chunki sanab o’tiladigan turning qiy-matlari tartiblangan va chekli sondan iborat bo’ladi:
type oy = (yanvar, febral, mart, aprel, may, iyun, iyul, avgust, sentabr, oktabr, noyabr, dekabr); hafta = (dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba); Regulyar tur o’zgaruvchilari quyidagicha aniqlanadi:
var t,r: array [oy] of real; a,b: array [hafta] of real; Bundan tashqari indeks sifatida boolean va char turlari ham qo’llanilishi mumkin:
type belgi : array [boolean] of integer; alfavit : array [char] of integer; var k: belgi; s: alfavit;
Masalan.
type x = array [1..k] of boolean; yil = array [yanvar .. dekabr] of integer; chiroq = array [1..3] of sfetofor; var z,y : x; oj : yil; m : chiroq;
Massivlar bir xil turga tegishli bo’lsa va bir xil sondagi komponentalardan iborat bo’lsa, bunday massivlar uchun ta’minlash operatorini qo’llash mumkin: X:=Y; Bu operatorning bajarilishi natijasida X massivning elementlari Y massivga ham ko’chiriladi.
Indeks turining indeksi o’zgarmas yoki ifoda bo’lishi mumkin. Massivlar matematikada, iqtisodda va informatikada berilmalarning tartiblangan to’plamini tavsiflash uchun keng va samarali qo’llaniladi: vektorlar, matrisalar, jadvallar va hokozalar. Misol.Bir o’lchovli 20 elementdan iborat bo’lgan A massiv elementlarining yigindisini hisoblash dasturini tuzing: