Samarqand Davlat universiteti
“Axborotlashtirish texnologiyalari” kafedrasi
Axatov A.R.
Algoritmlar nazariyasi fanidan
ma’ruza masg’ulotlar ishlanmasi
SAMARQAND ─ 2010 1 - MAVZU: KIRISH. ALGORITMLASH FANI VA ALGORITMLASH SAN’ATI
Reja
1. Algoritm tushunchasi. 2. Algoritmlarni tuzish – ijodiy ish 3. Algoritmlar sifatini baholash.
Darsning maqsadi: talabalarga algoritm tushunchasi, zamonaviy matematika va informatikadagi o’rni, algoritmni tuzish – ijodiy ish ekanligini ko’rsatish.
Tayanch iboralar:algoritmlar nazariyasi, aloritmni tuzish, masala quyilishi, modelllashtirish, test, ishlab chiqish, hujaatlashtirish.
Mashg’ulot vositalari: sinf doskasi, plakatlar, fundamental fan darsliklari, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, informatika bo’yicha atamalar lug’ati, videoproyektor, ekran va kompyuterdan samarali foydalanish.
Mashg’ulot usullari:takrorlash, suhbat va savol-javob, munozara (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash) tarzida muloqot o’tkazish, (talabalarning mustaqil, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgatgan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga, tayanch iboralardan savollar tashlanadi, ular o’z fikrlarini bayon qiladilar, hamma talaba javobni bayon qilib bo’lgandan so’ng talaba bilan birgalikda javoblar yakun qilinadi).
Darsning xronologik xaritasi – 80 minut.
Tashkiliy qismi: Auditoriyaning jixozlanishi va sanitar sharoitlari, talabalar davomati – 2 minut.
Bilimlarni baholash: yangi mavzuni o’rganish uchun zarur bo’lgan material bo’yicha suxbat – 10 minut.
Yangi mavzuni bayon etish – 55 minut.
Mavzu o’zlashtirilgan darajasini aniqlash – 10 minut.