Axborotlashtirish texnologiyalari



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə10/69
tarix07.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#124910
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69
Axborotlashtirish texnologiyalari

Tashkiliy qismi: Auditoriyaning jixozlanishi va sanitar sharoitlari, talabalar davomati – 2 minut.
Bilimlarni baholash: yangi mavzuni o’rganish uchun zarur bo’lgan material bo’yicha suxbat – 10 minut.
Yangi mavzuni bayon etish – 55 minut.
Mavzu o’zlashtirilgan darajasini aniqlash – 10 minut.
Uyga vazifa – 3 minut.

Algoritmlarni tavsiflash usullari haqida aytadigan bo’lsak, ular so’zlar bilan, jadvallar bilan, grafik yoki blok-sxemalar va maxsus sun’iy tilda berilishi mumkin.


So’zli tavsiflashda tabiiy til va matematik belgilar elementlari ishlatiladi. Jadvalli berilishida algoritm jadvallar va hisoblash formulalari shaklida ko’rsatiladi. Grafikli, blok-sxemali va graflar yordamida berilishda algoritm geometrik figuralar va bloklar yordamida tavsiflanadi.
Algoritmik til – bu algoritmlar va ular bajarilishini bir qolirda va aniq yozish uchun belgilar va qoidalar tizimi. Algoritmik til so’zlarni tuzishga xizmat qiladigan o’z lug’atiga ega bo’ladi. So’zlar algoritmni buyruqlarini yozish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari tilning xizmat so’zlari ham bo’ladi, ularning berilishi va ma’nosi aniq belgilangan.
So’zli algoritmik tillarga misol bo’lib “Informatika” kursidagi maktab algoritm tili xizmat qilishi mumkin. Bu til yordamida ixtiyoriy algoritmni o’qishva tahlilga qulay ko’rinishda, hamda unga qandaydir qo’shimcha buyruqlar va konstruksiyalar kiritish imkoni bilan yozish mumkin.
Algoritmning umumiy ko’rinishi va shu tilning asosiy buyruqlari.
1. Algoritmning umumiy ko’rinishi:
Alg nomi (argumentlar va natijalar ruyhati).
Arg ruyhat.
Nat ruyhat.
Bosh
Buyruqlar ruyhati.
Tamom.
2. Tarmoqlanuvchi yoki shartli buyruqlar.
Agar shart.
Unda ruyhat 1.
Aks holda ruyhat 2.
Tamom.
3. Tanlash buyruqlari.
Tanlash
Shart 1: ruyhat 1.
Shart 2: ruyhat 2.
…………………
Shart N: ruyhat N.
Tamom.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin