Axborotlashtirish texnologiyalari


Paskal tilida arifmetik amallar



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə49/69
tarix07.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#124910
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   69
Axborotlashtirish texnologiyalari

Paskal tilida arifmetik amallar


Amallar

Belgilash

Operandlar turi

Natija turi

Ko’paytirish

A*B

REAL yoki INTEGER

REAL yoki INTEGER

Bo’lish

A/B

---- ""-----

REAL

Qo’shish

A+B

---- "" ----

REAL yoki INTEGER

Ayirish

A-B

---- "" ----

---- "" ----

Butunga bo’lish

A DIV B

INTEGER

INTEGER

Bo’linma qoldig’i

A MOD B

INTEGER

INTEGER

Bajarilayotgan amallarda operandlardan hyech bo’lmaganda bittasi xaqiqiy turga mansub bo’lsa, u holda hosil bo’ladigan natija ham haqiqiy turga tegishli bo’ladi. Bo’linma natijasi har doim haqiqiy son bo’ladi.
Paskal tilida darajaga ko’tarish amali yo’q. Shuning uchun sonlarni butun
darajaga ko’tarish ularni ko’p marta bir biriga ko’paytirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Haqiqiy darajaga ko’tarish logarifmlash orqali bajariladi: x = e yoki x = 10.
Paskal tilida butun sonli berilmalar uchun DIV va MOD amallari mavjud bo’lib, butunga bo’lish va bo’linma qoldig’i amallarini anglatadi. Masalan: 11 DIV 3 = 3 ; 11 MOD 3 = 2.
Munosabat va mantiqiy amallar. Paskal tilida ikkita mantiqiy konstanta true(chin) va false(yolg’on) ishlatiladi. Bular miqdorlarni taqqos-lashda va ba’zi shartlarni tekshirishda qo’llaniladi. Ma’lumotlarni taq-qoslash uchun quyidagi munosabat amallaridan foydalaniladi: < (kichik),<= (kichik yoki teng),= (teng),<>(teng emas); > (katta),>= (katta yoki teng).
Munosabat amallari sonli ma’lumotlar uchun qo’llanilganida mantiqiy qiymatlar hosil bo’ladi. Masalan: 96 >73 (chin), -8 > -3 (yolg’on), 4=7 (yolg’on), 16 <>22 (chin).
Mantiqiy ma’lumotlar uchun quyidagi mantiqiy amallardan foydalanish mumkin: OR- qo’shish (VA); AND- ko’paytirish (YoKI); NOT - inkor (YO’Q). OR va AND mantiqiy amallar ikkita kattalik bilan, NOT amali esa bitta kattalik bilan bajariladi.
Mantiqiy qiymatlar ustida amallar natijasi quyidagicha:

A

V

not A

A OR B


A AND B

true

true

False

true

true

true

false

False

true

false

False

true

true

true

false

false

false

true

false

false

Misol. Agar a = 25 va b = 20 bo’lsa:
a) (a>10) or (b<12) (true) b) (a>10) and (b<3) (false)
v) (a>10) or (b>12) (true) g) (a>10) and (b>12) (true)


7- амалий машғулот

Mavzu: Ifoda, ma'lumotlarning turlari: butun, haqiqiy va mantiqiy.




Reja:

  1. Ifoda, ma'lumotlarning turlari.

  2. Mustaqil topshiriqlar bajarish.

Mashg’ulotning maqsadi:

  1. Ifoda, ma'lumotlarning turlari ni o’rganish.

  2. Ifoda, ma'lumotlarning turlari ni o’rganish ko’nikmalarini shakllantirish.

Dars o’tish usuli: Takrorlash, suhbat va savol-javob, mavzu mazmunidan kelib chiqib talabalarga mustaqil topshiriqlar berish va ularni tasavvurini bilish.
Dars o’tish vositalari: Doska,o’uv va uslubiy qo’llanma, topshiriqlar majmuasi.
Dars mazmuni:
Darsning xronologik xaritasi – 80 minut.

  1. Tashkiliy qism – 2 minut

  2. Talabalar bilimi darajasini aniqlash – 10 minut

  3. Yangi mavzu o’tish (komputerda mustaqil topshiriq) – 50 minut

  4. Yangi mavzu ni o’zlashtish darajasini aniqlash- 10 minut.

  5. Sinov savollari – 5 minut.

  6. Uyga vazifa – 3 minut

Arifmetik ifodada haqiqiy va butun turdagi ma’lumotlar qatnashishi mumkin va hosil bo’lgan natija ham shunga mos ravishda haqiqiy yoki butun bo’ladi. Ifodalarni Paskal tilida yozilishiga misol keltiramiz.
Oddiy yozuvda
Paskal tilida



(A+12.686)/(S2-1.87E3)+GAMMA



EXP(ABS(2*SIN(4*X)+X)/(3*X)))



(2*2*2+LN(1.13))/(SIN(2*X)/COS(2*X))



(SQR(A)+EXP(1.17*LN(2)))/SQRT(X+Y)

Mantiqiy ifoda. Mantiqiy ifodalar mantiqiy qiymatlar, mantiqiy va munosabat amallari orqali tuziladi. Munosabat amallarida arifmetik va mantiqiy ifodalar hamda belgili qiymatlar qatnashishi mumkin. Mantiqiy ifodaning natijasi true va false qiymat bo’lishi mumkin. Mantiqiy ifodada amallar quyidagi tartibda bajariladi:
1. not (yo’q)
2. * (ko’paytirish),/ (bo’lish), div, mod, and (va)
3. + (qo’shish), - (ayirish), or (yoki);
4. < (kichik),<=(kichik yoki teng),= (teng),<> (teng emas),
>= (katta yoki teng), > (katta);
Bitta satrda berilgan amallar bir xil bajarilish o’rniga ega. Mantiqiy ifodalarda faqat oddiy qavslar yoziladi.
Masalan. 1) (A>3) and (B=A+6) or not (c=4)
2) (A<=x) and (x<=B) or (c<=x) and (x<=d)
Ma’lumotlar deganda dasturni tashkil etgan operatorlarning ishlashi uchun unda qatnashayotgan parametrlarga beriladigan yoki ular qabul qiladigan qiymatlar tushuniladi. Dasturda sonli, mantiqiy va harfiy qiymatlarni aniqlaydigan ma’lumotlar ustida amallar bajariladi.
Dastur yozishda, uning hajmini qisqartirish maqsadida, ma’lumotlarning qiymatlari emas, balki ularning nomlari qo’llaniladi.
Hamma ma’lumotlar oddiy tuzilishga ega bo’lib, skalyar (o’zgaruvchi) va murakkab qismlarga bo’linadi. Paskal tilida skalyar ma’lumotlarning 4 turi qo’llaniladi: butun (INTEGER), haqiqiy (REAL), mantiqiy (BOOLEAN), belgili (CHAR) va satrli (STRING) (1-rasm).
Ma’lumotlar turi o’zgaruvchilarni, o’zgarmaslarni, funksiyalarni, ifodalarni qaysi turga tegishli ekanligini, ularni mashinada tasvirlanishini va ular ustida bajariladigan amallar natijalarining turini aniqlaydi.
Biz quyida standart turlar bilan tanishamiz.
Integer turi.  Integer turi butun sonlar to’plamidagi qiymatlarni qabul qiladigan ma’lumotlarni aniqlaydi. Maxint standart identifikatori orqali mashinada tasvirlanadigan eng maksimal butun son beriladi.
Butun operandalar ustida quyidagi arifmetik amallarni bajarish mumkin, ya’ni bularning bajarilishidan hosil bo’lgan natija ham butun buladi: * - ko’paytirish, div - butun hosil qilish uchun bo’lish; mod - qoldiqni hosil qilish amali; + - qo’shish, - - ayirish amali.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin