Axborotlashtirish texnologiyalari


Darsning xronologik xaritasi



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə60/69
tarix07.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#124910
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69
Axborotlashtirish texnologiyalari

Darsning xronologik xaritasi – 80 minut.

  1. Tashkiliy qism – 2 minut

  2. Talabalar bilimi darajasini aniqlash – 10 minut

  3. Yangi mavzu o’tish (komputerda mustaqil topshiriq) – 50 minut

  4. Yangi mavzu ni o’zlashtish darajasini aniqlash- 10 minut.

  5. Sinov savollari – 5 minut.

  6. Uyga vazifa – 3 minut

Regulyar turlar, ya’ni bir o’lchovli massivlar quyidagicha ko’rinishda beriladi:
array [< indeks turi>] of < komponenta turi >;
Indekslar turi real va integer standart turlardan tashqari barcha oddiy turlar bo’lishi mumkin, chunki massivlar cheklangan elementlar sonidan iborat bo’ladi.
Ko’p xollarda indekslar turi sifatida chegaralangan turlardan foydalaniladi. Chunki chegaralangan turlarning qiymatlar to’plami tartiblangan va nomerlangan bo’ladi.
Masalan, 100 ta haqiqiy turdagi elementdan iborat massiv quyidagicha beriladi:
a) array[1. .100] of real
Chegaralangan butun tur 1..100 elementlarini sonini va tartibini aniqlaydi.
b) array [1147. .2229] of integer
v) array [-109. .-1] of integer
Har bir beriladigan regulyar turga, ya’ni massivga turlarni tavsiflash orqali nom berish mumkin.
Masalan.
type
chegara = 1..100;
vektor = array [ chegara ] of real;
massif = [1147..2279] of integer;
massif2 = array [-109.. -1] of integer;
Regulyar tur o’zgaruvchilaridan foydalanish uchun ular o’zgaruvchilarni tavsiflash bo’limida aniqlanadi.
var
a,b : vektor;
c,d : massif;
Regulyar turlarni to’g’ridan - to’g’ri o’zgaruvchilarni tavsiflashda ham berish mumkin.
var
r,t : array [ chegara ] of real;
s,g : array [1147. .2279] of integer;
q,h : array [-109. .-1] of integer;

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin