Axloq falsafasi (Etika)


Axloq va huquq munosabatlari. Ijtimoiy fanlar tizimida «Etika»ning tutgan o‘rni



Yüklə 65,29 Kb.
səhifə2/9
tarix25.11.2023
ölçüsü65,29 Kb.
#134615
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Axloq falsafasi (Etika)

Axloq va huquq munosabatlari. Ijtimoiy fanlar tizimida «Etika»ning tutgan o‘rni.
Axloq va huquq - inson munosabatining o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan muhim elementlaridir. Ularning tabiati jamiyatdagi konkret tarixiy sharoit, sotsial-sinfiy strukturaga bog‘liq bo‘ladi. Demokratik fuqarolik jamiyatida axloq va huquqning o‘zaro aloqadorligi quyidagi qonuniyat tufayli ob’ektivlashadi – umumxalq huquqining axloqiy potensiali, qonunchilikning axloqiy asoslari o‘sib boradi.
YUqorida ta’kidlaganimizdek, axloq - inson va jamiyat o‘rtasidagi ob’ektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, har bir shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan prinsip va normalar majmuidir.
SHunday qilib, huquq – nafaqat siyosiy-yuridik, balki ijtimoiy-axloqiy xodisa. Jamiyatning huquqiy hayoti insonparvarlik, adolat, vijdon va burch, or-nomus, erkinlik va mas’uliyat kabi axloqiy xodisalarsiz rivojlana olmaydi.
Axloq va huquq munosabatlariga qadim davrlardan mutafakkirlar o‘z e’tiborini qaratganlar. Suqrot, Aflotun, Arastu huquqiy mafkurani ishlab chiqar ekan, Etikani qonunchilik bilan bog‘lashga harakat qilganlar. Rim yuristlari: «huquq urf-odatlar ma’qullagan narsalarni tavsiya qiladi» degan postulatni ilgari surganlar.
YAngi davrda axloq va huquq uzviy bog‘liqlikda olib qaralgan, hatto Gelvetsiy: ««Etika» va «Qonunshunoslik»ni men bitta fan deb tushunaman»2,-deb yozadi.
Nemis klassik falsafasi namoyandalari ham axloq va huquq munosabatlariga o‘z e’tiborlarini qaratishgan. Kant huquq axloqqa bo‘ysunadi deb hisoblagan. Gegel fikricha, axloq va huquq bir-birini taqozo qiladi, farqi shundaki, axloq tashqaridan bo‘ladigan majburiylikka yo‘l qo‘ymaydi.
Aslida, huquq inson xatti-harakatini boshqarish shakli sifatida tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida, axloq normalaridan kelib chiqadi. Huquq o‘z taraqqiyotining turli bosqichlarida axloq bilan deyarli uyg‘un bo‘lgan. Faqat vaqt o‘tishi bilan yozma va shakllangan qonunchilikka aylangan. Boshqacha qilib aytganda, huquq o‘z ichiga axloqiylikni qamrab oladi.
Axloq va huquqning munosabati quyidagilarga namoyon bo‘ladi:
    1. birligi va o‘xshashligida;


    2. farqli tomonlarida;


    3. o‘zaro ta’sirida.


Axloq va huquq ijtimoiy ong shakllari sifatida umumiy ijtimoiy funksiyani bajaradi; insonning jamiyatdagi faoliyatini boshqaradi, normativ xususiyatga ega va fuqarolar bu norma va prinsiplarga amal qiladilar. Bu norma va prinsiplar umumiy xarakterga ega va jamiyatning barcha a’zolariga taalluqlidir.



Yüklə 65,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin