Axloq falsafasi (Etika)


Umumiy baxt-saodat tamoyili



Yüklə 65,29 Kb.
səhifə9/9
tarix25.11.2023
ölçüsü65,29 Kb.
#134615
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Axloq falsafasi (Etika)

Umumiy baxt-saodat tamoyili. Umumiy baxt-saodat tamoyilini utilitar faylasuflar Ieremiya Bentham (1748-1832) va Djon Styuart Mill (1806-1873) taklif qilgan. Unda aytilishicha, har bir inson o`zini mumkin qadar ko`proq kishilarning ko`proq baxt-saodatini ta`minlash uchun zarur bo`lganidek tutishi kerak. Hatti-harakatlar ularning oqibatlariga qarab baholanadi: harakat turli odamlarga qanchalik foydali bo`lsa, u axloqiy shkalada shunchalik yuqori baholanadi (hattoki harakatning o`zi xudbin bo`lsa ham). Har bir mumkin bo`lgan harakatlarning oqibatlarini hisoblash, barcha ijobiy va salbiy tomonlarini o`lchab, ko`proq odamlarga ko`proq foyda keltiradigan harakatlarni tanlash mumkin. Agar uning foydasi zarardan kattaroq bo`lsa, qilmish axloqiy hisoblanadi.
Adolatlilik tamoyili. Adolat tamoyillarini amerikalik faylasuf Jon Rouls (1921-2002) taklif qilgan:
Birinchi tamoyil: har bir inson asosiy erkinliklarga nisbatan teng huquqlarga ega bo`lishi kerak. Ikkinchi tamoyil: ijtimoiy va iqtisodiy tengsizlik quyidagi tarzda ishlab chiqilishi kerak: (a) ulardan hamma uchun foyda kutilishi mumkin; va (b) mavqelar va lavozimlarga kirish hamma uchun ochiq.
Boshqacha qilib aytganda, har bir inson erkinliklarga (so`z erkinligi, vijdon erkinligi va boshqalar) nisbatan va maktablar va universitetlarga kirishda, rasmiy lavozimlar, ish joylari va h.k. egallashda teng huquqlarga ega bo`lishi kerak. Tenglik mumkin bo`lmagan joylarda (masalan, iqtisodiyotda – ne`matlar hammaga yemasligi mumkin), ushbu tengsizlik kambag`allarning foydasiga yo`naltirilgan bo`lishi kerak. Ne`matlarning bunday qayta taqsimlanishiga misollardan biri progressiv daromad solig`i bo`lishi mumkin, unga ko`ra boylar ko`proq soliq to`lashlari, tushumlar esa kambag`allarning ijtimoiy ehtiyojlariga yo`naltirilishi kerak.
Qadriyatlar muammosi ko`plab taniqli faylasuflar, sotsiologlar, psixologlar va o`qituvchilarda qiziqish uyg`otdi, ammo bu masalani o`rganishning boshlanishi qadimgi davrlarga borib taqaldi. Masalan, Sokrat birinchilardan bo`lib yaxshilik, fazilat va go`zallikni nima ekanligini tushunishga harakat qilgan va bu tushunchalar narsalar yoki qilmishlardan ajratilgan. U ushbu tushunchalarni anglash natijasida olingan bilim insonning axloqiy xatti-harakatlarining asosi deb hisoblaydi. Protagorning g`oyalariga murojaat qilsak, ular har bir inson allaqachon mavjud va mavjud bo`lmagan narsalar o`lchovi sifatida qadriyatga ega deb hisoblashgan.
«Qadriyat» kategoriyasini tahlil qilganda, Aristotelni e`tiborsiz qoldirib bo`lmaydi, chunki «timia» (yoki qadrli) atamasining kelib chiqishi aynan unga tegishli. Uning fikricha, qadriyatlar inson hayotida ham narsa va hodisalar manbai, ham ularning xilma-xilligi sababidir. Aristotel quyidagi xayrliliklarni ajratadi:
  • qadrlanadigan (yoki ilohiy, ular qatoriga fauylasuf jon va aqlni kiritadi);


  • maqtovli (jasur maqtov);


  • imkoniyatlar (ularga faylasuf kuch, boylik, go`zallik, hokimiyat va h.k.kiritadi).


Qadriyatlarning tabiati haqidagi savollarni ishlab chiqishga Yangi asr faylasuflari muhim hissa qo`shdilar. O`sha davrning eng ko`zga ko`ringan namoyondalaridan biri I.Kant bo`lib, u irodani insonning qadriyatlar sohasidagi muammolarni hal qilishga yordam beradigan markaziy kategoriya deb atagan. Qadriyatlarning shakllanish jarayonini eng batafsil tushuntirish G.Gegelga tegishli bo`lib, u qadriyatlarning o`zgarishini, ularning aloqalarini va strukturasini faoliyatining mavjudligining uchta darajasida tasvirlagan (ular quyidagi jadvalda batafsilroq tasvirlangan).


Faoliyat jarayonida qadriyatlarning o`zgarishining xususiyatlari (G.Gegel` bo`yicha)

Faoliyat darajalari


Qadriyatlarni shakllanishining xususiyatlari


Birinchi


subyektiv qadriyatning paydo bo`lishi (uni aniqlash harakat boshlanishidan oldin amalga oshiriladi), qaror qabul qilinadi, ya`ni qadriyat-maqsad aniqlashtirilishi va tashqi o`zgaruvchan sharoitlar bilan bog`liq bo`lishi kerak


Ikkinchi


Qadriyat faoliyatning diqqat markazida bo`ladi, qadriyat va unga erishishning mumkin bo`lgan usullari o`rtasidagi faol va shu bilan birge ziddiyatli o`zaro ta`sir yuz beradi, bu erda qadriyat yangi qadriyatlarni shakllantirish usuliga aylanadi.


Uchinchi


qadriyatlar bevosita faoliyatga bog`lanadi, unda ular ob`ektlashtirilgan jarayon sifatida namoyon bo`ladi



Inson hayotidagi qadriyatlar muammosi xorijiy psixologlar tomonidan chuqur o`rganilgan, ular orasida V.Franklning ishlarini alohida ta`kidlash kerak. Uning so`zlariga ko`ra, inson hayotining mazmuni uning bazaviy ma`lumoti sifatida qadriyatlar tizimida namoyon bo`ladi. QAdriyatlar deganda u nafaqat konkret jamiyatning, balki insoniyatning butun (tarixiy) rivojlanish yo`lida ularning ko`p sonli vakillari uchun xos bo`lgan ma`nolarni (u ularni «ma`no universaliyalari» deb atadi) tushundi. Viktor Frankl qadriyatlarning subyektiv ahamiyatiga e`tiborni qaratdi, bunga avvalo insonning uni amalga oshirish uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olishi yuz beredi.


O`tgan asrning ikkinchi yarmida qadriyatlar ko`pincha olimlar tomonidan «qәdriyaviy mo`ljallar» va «shaxsiy qadriyatlar» tushunchalari nuqtai nazaridan ko`rib chiqilgan. Shaxsning qadriyviy mo`ljallarini o`rganishga katta e`tibor qaratildi, va ular ham insonning atrofdagi voqelikni baholashi uchun mafkuraviy, siyosiy, axloqiy va etikaviy asos, ham ob`ektlarni shaxs uchun ahamiyatiga ko`ra farqlash usuli sifatida tushunildi. Deyarli barcha olimlar e`tibor bergan asosiy narsa shundan iboratki, qadriyaviy mo`ljallar insonning ijtimoiy tajribasini o`zlashtirishi natijasida shakllanadi va ular o`zlarining namoyon bo`lishlarini shaxsning maqsadlari, ideallari, qiziqishlari, e`tiqodlarida va boshqa ko`rinishlarida topadilar. O`z navbatida, inson hayotidagi qadriyatlar tizimi shaxsiyat yo`naltirilganligining mazmuniy tomonining asosi bo`lib, uning atrofdagi voqelikga ichki munosabatini aks ettiradi.
Shunday qilib, psixologiyada qadriyaviy mo`ljallar shaxsning yo`nalishini va uning faolligining mazmuniy tomonini tavsiflovchi murakkab ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida qaraldi, bu insonning o`ziga, boshqa odamlarga va umuman olamga umumiy yondoshuvini belgilab berdi, shuningdek uning xulq-atvoriga va faoliyatiga ma`no va yo`nalish berdi.
Qadriyatlarning mavjudlik shakllari, ularning belgilari va xususiyatlari
O`zining rivojlanish tarixi davomida insoniyat tomonidan umumbashariy yoki universal qadriyatlar ishlab chiqildi, ular ko`p avlodlar va asrlar davomida o`z ma`nosini o`zgartirmadi va ahamiyatini kamaytirmadi. Bular haqiqat, go`zallik, yaxshilik, erkinlik, adolat va boshqalar kabi qadriyatlardir. Inson hayotidagi ushbu va boshqa ko`plab qadriyatlar motivatsion-ehtiyojiy soha bilan bog`liq va insonning hayot faoliyatidagi muhim tartibga soluvchi omil hisoblanadi.
Qadriyatlar psixologik tushunishda ikki ma`noda ifodalanishi mumkin: 1) ob`ektiv ravishda mavjud bo`lgan g`oyalar, narsalar, hodisalar, harakatlar, mahsulotlarning xususiyatlari (ham moddiy, ham ma`naviy) shaklida; 2) ularning shaxs uchun ahamiyati (qadriyatlar tizimi) sifatida.
Qadriyatlarning mavjud bo`lish shakllari orasida quyidagilar ajralib turadi: ijtimoiy, predmetli va shaxsiy (ular jadvalda batafsil berilgan).
Qadriyatlarning mavjud bo`lish shakllari ( O.V. Suxomlinskaya bo`yicha)


SHakllar


Qadriyatlar


Ijtimoiy


jamoa, guruh, oila, shaxs va jamiyatning real qadriyatlari


Predmetli


adabiyot, ommaviy axborot vositalari, san`at, submadaniyat va boshqalar


Shaxsiy

ehtiyojlar, motivlar, istaklar, ideallar, e`tiqodlar va boshqalar.


M. Rokichning tadqiqotlari qadriyatlar va qadriyaviy mo`ljallarni o`rganishda alohida ahamiyatga ega. U qadriyatlar deganda biron bir ob`ekt yoki vaziyatga hech qanday aloqasi yo`q, faqat xatti-harakatlarning turlari va ustuvor maqsadlar to`g`risida inson e`tiqodlarining ifodasi bo`lgan ijobiy yoki salbiy g`oyalarni (mavhum g`oyalarni) tushungan. Tadqiqotchining fikriga ko`ra, barcha qadriyatlar quyidagi belgilarga ega:




  • (muhim va motivatsiyalaydigan) qadriyatlarning umumiy soni uncha katta emas;


  • odamlarning barcha qadriyatlari bir-biriga o`xshash (faqat ularning ahamiyati darajasi farqlanadi);


  • barcha qadriyatlar tizimlarni tashkil qiladi;


  • madaniyat, jamiyat va ijtimoiy institutlar qadriyatlar manbaidir;


  • qadriyatlar turli xil fanlar tomonidan o`rganiladigan ko`plab hodisalarga ta`sir qiladi.


Bundan tashqari, M. Rokich insonning qadriyaviy mo`ljallarining ko`plab omillarga, masalan, uning daromadi, jinsi, yoshi, irqi, millati, ma`lumot va tarbiya darajasi, diniy yo`nalishi, siyosiy e`tiqodi va boshqalarga bevosita bog`liqligini aniqladi.


Qadriyatlarning ba`zi bir belgilari S.Shvarts va V.Biliski tomonidan taklif etilgan, xususan:
  • qadriyatlar tushunchasi ostida yoki tushuncha, yoki e`tiqod tushuniladi;


  • ular individning xulq-atvorining xohlangan yakuniy holatiga yoki uning xulq-atvoriga taalluqlidir;


  • ular vaziyatdan yuqori turish xarakteriga ega;


  • tanlash, shuningdek inson xulq-atvori va xatti-harakatini baholashni rahbarlikka oladi;


  • ular ahamiyati bo`yicha tartiblashtiriladi.


Qadriyatlar tasnifi.


Bugungi kunda psixologiyada qadriyatlar va qadriyaviy yo`nalishlarning juda ko`p xil tasniflari mavjud. Ushbu xilma-xillik qadriyatlar turli mezonlarga ko`ra tasniflanganligi sababli paydo bo`ldi. Ushbu qadriyatlarni qaysi ehtiyojlarni qanoatlantirishi, inson hayotida qanday rol o`ynashi va qaysi sohada qo`llanilishiga qarab, muayyan guruhlar va sinflarga birlashtirish mumkin. Quyidagi jadvalda qadriyatlarning eng umumlashtirilgan tasnifi keltirilgan.
Qadriyatlar tasnifi

Mezonlar


Qadriyatlar bo`lishi mumkin


O`zlashtirish ob`ekti


Moddiy va ma`naviy-axloqiy


Ob`ektning predmeti va mazmuni


Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va axloqiy


O`zlashtirish sub`ekti


Jamiyat, sinflar va ijtimoiy guruhlar qadriyatlari


O`zlashtirish maqsadi


Egoistik va al`truistik


Umumlashtirish darajasi


Konkret va abstrakt


Namoyon bo`lish usuli


Barqaror va vaziyatga ko`ra


Inson faoliyati roli


Terminal va instrumental


Inson faoliyati mazmuni


Bilish va predmetli-o`zgartiruvchi (ijodiy, estetik, ilmiy, diniy va h.k.)


Mansublik(tegishlilik)


individual (yoki shaxsiy), guruhiy, jamoaviy, ijtimoiy, milliy, umumbashariy


Guruh va jamiyat munosabati


Ijobiy va salbiy



Insoniy qadriyatlarning psixologik xususiyatlari nuqtai nazaridan, K. Xabibulin taklif etgan tasnif juda qiziq. U qadriyatlarni quyidagicha taqsimlaydi:




  • faoliyat sub`ektiga bog`liq qadriyatlar individual bo`lishi yoki guruh, sinf, jamiyatning qadriyatlari sifatida harakat qilishi mumkin;


  • faoliyat ob`ektiga ko`ra, olim inson hayotidagi moddiy (yoki hayotiy (vital)) va sotsiogen (yoki ma`naviy) qadriyatlarni ajratdi;


  • inson faoliyati turiga qarab, qadriyatlar kognitiv, mehnat, tarbiyaviy va ijtimoiy-siyosiy bo`lishi mumkin;


  • oxirgi guruh faoliyatni bajarish usullari bo`yicha qadriyatlardan iborat.


Shuningdek, hayotiy muhim (insonning yaxshilik, yomonlik, baxt va qayg`u haqidagi g`oyalari) va universal qadriyatlarni ajratishga asoslangan tasnif mavjud. Ushbu tasniflash o`tgan asrning oxirida T.V. Butkovskaya tomonidan ishlab chiqilgan. Olimning fikricha, universal qadriyatlar quyidagilar:


  • hayotiy (vital) (hayot, oila, sog`liq);


  • jamoatchilik e`tirofi (ijtimoiy maqom va mehnat qobiliyati kabi qadriyatlar);


  • shaxslararo tan olishish (altruizm va halollikning namoyon bo`lishi);


  • demokratik (so`z erkinligi);


  • partikulyar (oilaga mansublik);


  • transtsendental (Xudoga ishonishning namoyon bo`lishi).

    Shuningdek, M. Rokichning qadriyatlar tasnifiga alohida to`xtab o`tish zarur. U dunyodagi eng mashhur metodikaning muallifi. Ushbu metodikaning asosiy maqsadi shaxsning qadriyaviy mo`ljallarining ierarxiyasini aniqlashdir. Insonning barcha qadriyatlarini M.Rokich ikkita katta toifaga ajratadi:
    1) terminal (yoki qadriyat-maqsadlar) - insonning yakuniy maqsad unga erishish uchun qilinadigan barcha sa`y-harakatlarga munosibligiga ishonchi;
    2) instrumental (yoki qadriyatlar-usullar) - insonning xulq-atvor va xatti-harakatning muayyan usuli maqsadga erishish uchun eng muvaffaqiyatli ekanligiga ishonchi.
    Qadriyatlarning turli xil tasniflari mavjud, quyidagi jadvalda ularning qichqacha bayoni keltirilgan:
    Qadriyatlar tasnifi

    Olim

    Qadriyatlar

    V.P. Tugarinov


    Ma`naviy


    Ta`lim, san`at va fan


    Ijtimoiy-siyosiy


    adolat, iroda, tenglik va birodarlik


    Moddiy

    har xil turdagi moddiy ne`matlar, texnika

    V.F. Serjantov


    Moddiy

    mehnat qurollari va bajarish usullari

    Ma`naviy


    siyosiy, axloqiy, etikaviy, diniy, huquqiy va falsafiy



    A. Maslou




    Mavjudlik


    (B-qadriyatlar)

    yuqori, o`zini namoyon qiladigan odamning o`ziga xos xususiyati (go`zallik, mehribonlik, haqiqat, soddalik, o`ziga xoslik, adolat va boshqalar)


    defitsit (taqchil)


    (D-qadriyatlar)

    qoniqmagan ehtiyojni qondirishga qaratilgan past (uyqu, xavfsizlik, qaramlik, xotirjamlik va boshqalar)


  • Taqdim etilgan tasnifni tahlil qilib, inson hayotidagi asosiy qadriyatlar nimadan iborat degan savol tug`iladi. Aslida, bunday qadriyatlar juda ko`p, ammo eng muhimi, umumiy (yoki universal) qadriyatlardir, ular V. Franklning fikriga ko`ra insonning uchta asosiy mavjudligi (ekzestentsiallari) - ma`naviyat, erkinlik va mas`uliyatga asoslangan. Psixolog tomonidan qadriyatlarning quyidagi guruhlari ajratiladi («abadiy qadriyatlar»):


    • odamlarga ma`lum bir jamiyatga nima bera olishlarini tushunishga imkon beradigan ijod;


    • inson o`zi sotsium va jamiyatdan nimani olishini mumkinligini tushunishga undaydigan kechinmalar;


    • odamlarning o`zlarining hayotini biron bir tarzda cheklaydigan omillarga nisbatan o`z o`rnini (pozitsiyalarini) anglashga imkon beradigan munosabatlar.


Shuni ham ta`kidlash kerakki, inson hayotida axloqiy qadriyatlar eng muhim o`rinni egallaydi, chunki odamlarning axloq va axloqiy me`yorlar bilan bog`liq qarorlarni qabul qilishida etakchi rol o`ynaydi va bu, o`z navbatida, ularning shaxsiyatining rivojlanishi va insonparvarlik yo`naltirilganligi darajasini ko`rsatadi.


Inson hayotida qadriyatlar tizimi.
Inson hayotida qadriyatlar muammosi psixologik tadqiqotlarda etakchi o`rinni egallaydi, chunki ular shaxsiyatning o`zagidir va uning yo`nalishini belgilaydi. Ushbu muammoni hal qilishda qadriyatlar tizimini o`rganishga katta ahamiyat beriladi va bu yerda S. Bubnovaning izlanishlari jiddiy ta`sir ko`rsatdi, u M. Rokichning asarlari asosida qadriyaviy mo`ljallar tizimining o`ziga xos modelini yaratdilar (u ierarxik va uch darajadan iborat). Uning fikricha, inson hayotidagi qadriyatlar tizimi quyidagilardan iborat.
    • eng umumiy va mavhum bo`lgan qadriyatlar-ideallar (ma`naviy va ijtimoiy qadriyatlarni o`z ichiga oladi);


    • inson hayot faoliyati jarayonida mustahkamlanadigan qadriyatlar-xususiyatlar;


    • qadriyatlar-faoliyat va xulq-atvorning usullari.


Qadriyatlarning har qanday tizimi doimo qadriyatlarning ikkita toifasini birlashtiradi: qadriyatlar-maqsadlar (yoki terminal) va qadriyatlar-usullar (yoki instrumental). Terminallar inson, guruh va jamiyatning ideallari va maqsadlarini o`z ichiga oladi, instrumental qadriyatlar esa ma`lum jamiyatda qabul qilinadigan va ma`qullanadigan maqsadlarga erishish usullarini o`z ichiga oladi. Qadriyatlar-maqsadlar qadriyatlar usullaridan ko`ra barqarorroqdir, shuning uchun ular turli xil ijtimoiy va madaniy tizimlarda tizimni tashkil etuvchi omil bo`lib xizmat qiladi.


Jamiyatda mavjud bo`lgan muayyan qadriyatlar tizimiga har bir kishi o`z munosabatini namoyish etadi. Psixologiyada qadriyatlar tizimidagi inson munosabatlarining besh turi ajralib turadi (Y. Gudechek fikriga ko`ra):
    • faol, u ushbu tizimning yuqori darajadagi internalizatsiyasida ifodalanadi;


    • konformal, ya`ni tashqi tomondan qabul qilingan, lekin ayni paytda odam o`zini ushbu qadriyatlar tizimi bilan identifikatsiyalamaydi;


    • indifferenet, bu ushbu tizimga befarqlik va tizimga mutlaqo qiziqishning yo`qligidan iborat;


    • norozilik yoki rad etish, bu tizimga tanqidiy munosabatda bo`lish va qoralashda namoyon bo`ladi;


    • muxolifat, ushbu tizim bilan ichki va tashqi qarama-qarshiliklarda o`zini namoyon qiladi.


Ta`kidlash joizki, inson hayotidagi qadriyatlar tizimi shaxs tuzilishidagi eng muhim tarkibiy qism hisoblanadi, shu bilan birga u chegaraviy pozitsiyasini egallaydi - bir tomondan, bu shaxsning shaxsiy ma`nolari tizimi, ikkinchi tomondan uning motivatsion-ehtiyojiy sohasi. Shaxsning qadriyatlari va qadriyaviy mo`ljallari insonning etakchi sifati bo`lib, uning betakrorligini va o`ziga xosligini ta`kidlaydi.


Qadriyatlar inson hayotining eng kuchli tartibga soluvchisidir. Ular insonni uning rivojlanish yo`liga yo`naltiradi va uning xatti-harakati va faoliyatini aniqlaydi. Bundan tashqari, insonning muayyan qadriyatlar va qadriyaviy mo`ljallarga yo`naltirilganligi, albatta jamiyatning shakllanishiga ta`sir ko`rsatadi.


Addabiyotlar

1 Авлоний А. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. –Т., 1992. –Б. 11.

2 Ӯша асар. – Б.11

3 Аристотел. Политика. –М., 1911. –С. 8-9.



http://fayllar.org
Yüklə 65,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin