Axolini ish bilan taminlashdagi qonunni buzish


-modda. Ishsiz deb e’tirof etish



Yüklə 24,72 Kb.
səhifə3/6
tarix13.12.2023
ölçüsü24,72 Kb.
#140263
1   2   3   4   5   6
AXOLINI ISH BILAN TAMINLASHDAGI QONUNNI BUZISH

3-modda. Ishsiz deb e’tirof etish
Ishsizlar — o‘n olti yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno).
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan, ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ular tomonidan ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar ishsiz deb e’tirof etiladi.
(3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi qaror mahalliy mehnat organi tomonidan ular ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘n birinchi kundan kechiktirmay qabul qilinadi.
Quyidagilar ishsiz deb e’tirof etilmaydi:
mehnat organlarida ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun ichida taklif etilgan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgan shaxslar;
ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun ichida maqbul keladigan ishni qidirish maqsadida uzrsiz sabablarga ko‘ra mehnat organiga kelmagan shaxslar.
Taklif etilgan ishdan bosh tortgan kundan yoki maqbul keladigan ishni qidirish maqsadida uzrsiz sabablarga ko‘ra mehnat organiga kelmagan kundan boshlab o‘ttiz kalendar kun o‘tganidan keyingina shaxs ish qidirayotgan sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tishga haqli bo‘ladi.
Fuqarolarni ishsiz sifatida ro‘yxatga olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
4-modda. Maqbul keladigan ish
Birinchi marta ish qidirayotgan, kasbi (mutaxassisligi) bo‘lmagan shaxslar uchun dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan ish, bunday ishni topib berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, ularning yoshi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda haq to‘lanadigan boshqa ish, shu jumladan vaqtinchalik ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi.
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan shaxslar uchun ularning kasb tayyorgarligiga mos bo‘lgan, yoshini, sog‘lig‘i holatini, mehnat stajini va avvalgi mutaxassisligi bo‘yicha tajribasini, yangi ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini inobatga oluvchi ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi.
Ushbu Qonun 27-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ishsizlik nafaqasini olish davri tugaganidan so‘ng kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha ish topib berish mumkin bo‘lmagan taqdirda, ishsizning qobiliyatini, uning sog‘lig‘i holatini, oldingi ish tajribasini va uning uchun qulay bo‘lgan o‘qitish vositalarini inobatga olgan holda kasbini (mutaxassisligini) o‘zgartirishni talab qiladigan ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin.
(4-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Quyidagi hollarda ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin emas, agar:
ish yashash joyini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lsa;
taklif etilgan ish doimiy yashash joyidan ancha uzoq bo‘lsa va transportda qatnash jihatidan qulay bo‘lmasa. Ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini (yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan uzoqlikni) mazkur joyda jamoat transporti tarmog‘ining rivojlanganligini hisobga olgan holda mahalliy davlat hokimiyati organi aniqlaydi;
taklif etilgan ishni rad etish ishsizning sog‘lig‘i holatiga, uning yoshiga va boshqa uzrli sabablarga ko‘ra mavjud moneliklarga asoslangan bo‘lsa.
(4-moddaning to‘rtinchi qismi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)

Yüklə 24,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin