Axolini ish bilan taminlashdagi qonunni buzish


-modda. Aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari



Yüklə 24,72 Kb.
səhifə4/6
tarix13.12.2023
ölçüsü24,72 Kb.
#140263
1   2   3   4   5   6
AXOLINI ISH BILAN TAMINLASHDAGI QONUNNI BUZISH

5-modda. Aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosati quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
mehnat qilish va ishni erkin tanlash huquqini amalga oshirishda barcha fuqarolarga jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli va mansab mavqeyidan, dinga munosabati, e’tiqodidan, jamoat birlashmalariga mansubligidan, shuningdek xodimlarning ishchanlik jihatlariga hamda ular mehnatining natijalariga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlardan qat’i nazar teng imkoniyatlarni ta’minlash;
kishilarning mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularda mehnat qilish va hayot kechirishda munosib sharoitlarni ta’minlaydigan unumli va ijodiy mehnat qobiliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish;
mehnat qilishning ixtiyoriyligi;
ish bilan ta’minlanish sohasida ijtimoiy kafolatlar berish va aholini ishsizlikdan himoya qilishni ta’minlash;
ijtimoiy himoyaga o‘ta muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolar uchun mavjud ish joylarini saqlab qolayotgan va yangi ish joylarini yaratayotgan ish beruvchilarni rag‘batlantirish;
ish bilan ta’minlash sohasidagi tadbirlarni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirish;
aholini ish bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishda davlat organlari, kasaba uyushmalari, xodimlarning vakillik organlari va ish beruvchilarning o‘zaro hamkorligi;
aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilishda davlatlararo hamkorlik.
6-modda. Mehnat qilish huquqi kafolatlari
Davlat:
ish bilan ta’minlash turini, shu jumladan turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini;
ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanishni;
maqbul keladigan ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berishni;
har kimga kasbga va ishga ega bo‘lishda, mehnat qilish va ish bilan ta’minlanish shart-sharoitlarida, mehnatga haq to‘lashda, xizmat pog‘onasidan yuqorilab borishda teng imkoniyatlar yaratishni;
yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o‘qitishni, mahalliy mehnat organlarida yoki ularning yo‘llanmasi bilan boshqa o‘quv yurtlarida stipendiya to‘lab malakasini oshirishni;
boshqa joydagi ishga qabul qilinganda sarf qilingan moddiy xarajatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya to‘lashni;
haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat shartnomalari tuzish imkoniyatini kafolatlaydi.

Yüklə 24,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin