Axolini ish bilan taminlashdagi qonunni buzish


-modda. Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari



Yüklə 24,72 Kb.
səhifə2/6
tarix13.12.2023
ölçüsü24,72 Kb.
#140263
1   2   3   4   5   6
AXOLINI ISH BILAN TAMINLASHDAGI QONUNNI BUZISH

1-modda. Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solib boriladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonundagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab kelayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etiladi.


2-modda. Aholini ish bilan ta’minlash
Ish bilan ta’minlanish — fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir.
Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat, shu jumladan haq to‘lanadigan ishni bajarishga aloqasi bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullanish mutlaq huquqi fuqarolarga tegishlidir.
Majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash taqiqlanadi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Kishilarning ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmasligi ularni javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi.
Quyidagilar ish bilan ta’minlangan deb hisoblanadi:
yollanib ishlayotgan, shu jumladan ishni haq evaziga to‘liqsiz ish vaqtida yoki uyda bajarayotgan, shuningdek haq to‘lanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega bo‘lgan;
betobligi, ta’tilda, kasbga tayyorlashda, qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarish to‘xtatib qo‘yilganligi munosabati bilan, shuningdek vaqtincha ish joyida bo‘lmaganda xodimning ish joyi qonun hujjatlariga muvofiq saqlanib turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo‘lmagan;
haq to‘lanadigan lavozimga saylangan yoki tayinlangan;
o‘zini ish bilan mustaqil ta’minlayotgan, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, hunarmandlar, oilaviy korxonalar ishtirokchilari, dehqon xo‘jaliklari, ishlab chiqarish kooperativlari a’zolari, fermerlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqalar;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qo‘shinlarida va ularning organlarida xizmatni o‘tayotgan, shuningdek muqobil xizmatni o‘tayotgan;
(2-modda to‘rtinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarda, shu jumladan diniy tashkilotlarda ishlayotgan fuqarolar.
(2-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)

Yüklə 24,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin