Axolini ish bilan taminlashdagi qonunni buzish


-modda. Saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan xodimlarni ishga joylashtirishdagi qo‘shimcha kafolatlar



Yüklə 24,72 Kb.
səhifə6/6
tarix13.12.2023
ölçüsü24,72 Kb.
#140263
1   2   3   4   5   6
AXOLINI ISH BILAN TAMINLASHDAGI QONUNNI BUZISH

9-modda. Saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan xodimlarni ishga joylashtirishdagi qo‘shimcha kafolatlar
Davlat organlaridagi yoki xodimlarning vakillik organlaridagi saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishdan ozod qilingan xodimlarga saylab qo‘yiladigan lavozimdagi vakolatlari tugagandan keyin avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmasa, avvalgisiga teng ish (lavozim) beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlarini va Senatida doimiy asosda ishlagan Senat a’zolarini vakolatlari muddati tugaganidan keyin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tarqatib yuborilgan taqdirda ishga joylashtirish “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
91-modda. Sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan xodimlarni ishga joylashtirishdagi qo‘shimcha kafolatlar
Sudyalik lavozimiga saylanganligi yoki tayinlanganligi tufayli ishdan ozod qilingan shaxslarga ularning vakolatlari tugaganidan keyin sudyalik lavozimiga saylanishiga yoki tayinlanishiga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmaganda esa, avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
(91-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Yüklə 24,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin