XALQ TALIMI. GUMANITAR FANLAR. SAN’AT
Texmka taraqqiyoti yuqon saviyah mutaxassis va ishchilarga bo’lgan ehtiyojni kuchaytirib yubordi.
Rivojlangan mamlakatlarda 12—13 yoshgacha bo’lgan bolalarni umumiy majburiy va bepul o’qitish joriy qilindi. Bu omil aholi savod-xonligining oshishiga olib keldi.
Imtiyozli o’quv yurtlari tarmog’i kengaydi. Biroq xalqning asosiy qismi qashshoq yashaganligi, yomon uy-joy sharoitlari, bolaligidan tirikchilik uchun pul topish zarurligi bir qator mamlakatlarda ko’plab bolalarni o’qishni oxiriga yetkazmasdan maktabni tashlab ketishga majbur qilardi.Ayni paytda, ta’lim sohasidagi salbiy jihatlarni ham ko’rmaslik mumkin emas edi. Chunonchi, ba’zi mamlakatlarda yoshlarni mil-latchilik, irqchilik ruhida tarbiyalashga e’tibor berilgandi.
Xususan, Amerika Qo’shma Shtatlarida xalq maorifi tizimi irqchi-lik ruhida edi. Negrlarning bolalari uchun alohida maktablar ochilgan bo’lib, bu maktablarda oq tanlilarning bolalari uchun tashkil etilgan maktablardagiga qaraganda kam hajmda bilim berilar edi. Mamlakatda hukm surayotgan irqchilikka qarshi kurash masalasi Garriyet Bi-cher-Stouning «Tom tog’aning kulbasi» asarida o’z ifodasini yaqqol topdi.
Bu davrda Sharqda xalq ta’limi sohasida G’arbning yutuqlari tash-viq qilina boshlandi. Yevropa ta’siri kuchaydi.
20 asr boshlariga kelib, jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan tabiiy fanlarning jadal rivojlanishi, texnikaning yanada ildam taraq-qiyoti diniy xurofotlardan xoli bo’lgan ilmiy dunyoqarashning mavqeyi mustahkamlanishi uchun sharoit yaratdi. Gumanitar fanlarda, birinchi navbatda, falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, adabiyot va sotsiologiyada realistik voqelikni aks ettiruvchi asarlar yuzaga keldi. Bir qator olim va yozuvchilar insonlarning yaxshi yashashi uchun, demokratiya, tenglikni ta’minlovchi jamiyatni barpo qilish maqsadida shunga inti-luvchi g’oyalarni ifodalovchi va ulug’lovchi asarlarni yuzaga keltirdi-lar. Lekin, qanday qilib bo’lsa ham boylik to’plashga harakat qilishni tasvirlovchi asarlar ham paydo bo’ldi.
Bu davrda madaniyat, adabiyot va san’atning demokratik asosda rivojlanishi uchun sharoit yaratildi. Ayniqsa, bu narsa adabiyotda yaqqol o’z ifodasini topdi. Shu sababli tanqidiy realizm va naturalizm yuzaga keldi.
Tarixchilar insoniyat taraqqiyotining turli davrlari haqida juda katta ashyoviy dalillar to’pladilar. Bu davrda ham azaliy kurash — yaxshi-lik va yomonlik o’rtasidagi kurash—mafkuraviy, g’oyaviy hayotning asosini tashkil qildi.
Gumanitar soha olimlari 20 asr boshida ro’y berayotgan yangi ytimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o’rganishni kuchaytirdilar.
Bu davrda falsafa fani ham rivojlanib davrga moslashdi. Ilgari ma’rifatparvarlik kuchli bo’lsa, endi inson huquqlariga e’tibor kuchaydi. Fan-ning rivojlanishi bilan uning jamiyatdagi o’rnini belgilash, barcha ijtimoiy muammolarni hal qilishda fanning ijobiy hodisa ekanligini asoslash kuchaydi.
Bu davrning mashhur faylasuflaridan biri Fridrix Nitsshe (1844— 1900) inson irodasi masalasiga katta e’tibor berdi. Inson borlig’ida maxluqlik va xoliqlik birlashib ketganini asoslashga harakat qildi. U zardushtiylik ta’siri ostida «Zardusht tavallosi» asarini yozdi. Bu asar-da kuchli shaxslarni tarbiyalash g’oyasi ilgari surildi.
O. Shpengler (1880—1939) «Yevropasentrizm»ga qarshi chiqdi. Har bir madaniyatning o’ziga xosligi, bir-biridan mustasno holda rivojlanish g’oyasini mutlaqlashtirdi. Bu fikrlar uning «Yevropa qu-yoshining botishi» asarida o’z ifodasini topdi.
Z. Freyd (1856 -- 1939) — psixoanaliz nazariyasining asoschisi, dunyoga tanilgan olim. Uning asarlari 19 asr oxiri va 20 asr boshlari-da Yevropada adabiyot va san’atning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Freyd qilgan buyuk inqilobning mohiyati shundaki, u Dekartning inson to’g’risidagi tasavvurlarini inkor etib fenomenologik (favqu-lodda, nodir) yondashuv yordamida ongsizlikni tahlil qilish mumkin-ligini asoslab berdi. Psixoanaliz an’analariga muvofiq ongsizlik bilib bo’lmas jarayon deb tushuntirilardi. Freydning psixoanalitik falsafasi inson borlig’ini vujudga keltirgan asoslarni aniqlashga, kishi xulq-atvori, xarakterining yuzaga kelish sabablari, individ turmush tarzi tamoyillarining hosil bo’lishini tushuntirishga intiladi.
Ko’pgina faylasuflar jamiyat taraqqiyotining bosh mezoni — sanoatning rivojlanish darajasi deb hisoblay boshladilar. Tarixiy taraq-qiyotning davriy modeli, dunyo dinlari (buddaviylik, xristianlik, islom)ning barcha xalqlarni yaqinlashtiruvchi va jipslashtiruvchi bosh omil ekanligi g’oyalari ilgari surildi.
Shu tariqa, cherkov vijdon erkinligi, diniy e’tiqod erkinligi, barcha dinlarning tengligi tamoyillariga toqat bilan ko’nika boshladi.
Bu davr fashistik g’oya qaror topgan davr hamdir, chunki har
bir harakat sodir bo’lishidan oldin uning g’oyasi paydo bo’lishi
tabiiydir. Bundan tashqari, boylik, dunyo bozorini talashish,
hukmronlikka intilish, yangi mustamlakachilik g’oyalari ham rivoj-
landi.
Bir qator yozuvchilar o’z asarlarida dengiz va okenlar «egasi», «quyoshi hech qachon so’nmaydigan» imperiya bo’lmish Britaniya imperiyasini ko’klarga ko’tarib maqtadi. Ular «oq tanli kishi» boshqalardan ustun bo’lib, «rangdor» xalqlar orasiga madaniyat olib kirishga tayyor turadi, degan aqidani ilgari surdilar, Shunday g’oyalar ingliz yozuvchisi R. Kiplingning «0q tanli kishining burch anduhi» kitobida ham uchraydi,
Fransiyada Pyer Loti va Moris Barres ulug’ davlatlarning mus-tamlakachilik tizimini oqlovchi asarlar yozdilar.
Pruss baroni Detlev fon Liliyenkronning she’r va hikoyalari sho-vinizm ruhi bilan sug’orilgan edi. Ingliz yozuvchisi Rayder Xaggard o’zining «Montesuma qizi», «Podsho Solomonning yoyi» asarlarida mustamlakachilikni tashviq qildi. Italiyalik yozuvchi Gabriyela Annun-sio (1863 — 1938) kapitalistik jamiyat «kuchli shaxsi»ni ideallashtirdi,
19 asr oxiriga kelib, teatr sohasida zamonaviy drama-v turgiya bilan hamkorlikda yangi-yangi asarlar paydo bo’ldi va tomoshabinlar qalbidan joy oldi. Teatr xalqning eng sevimli madaniy maskanlaridan biri bo’lib qoldi. Fransiyada «Komedi Fransez» teatri mashhur bo’lib ketdi. Bu teatrda ulug’ fransuz aktrisasi Sara Bernar (1844 - 1923) uzoq yiUar faoliyat ko’rsatdi.
Emil Zolyaning «Tereza Raken» romani asosida ishlangan pyesasi Yevropa teatrlarida, ayniqsa, italyan teatrlari sahnasida Eleonora Duze (1859—1924) singari buyuk aktyorlarning diqqatini o’ziga tortdi va xalqqa manzur bo’ldi.
Ingliz tanqidiy realizmining yirik namoyandasi B. Shou drama-turgiyasi Yevropa teatrini demokratlashtirish uchun juda katta aha-miyatga ega bo’ldi. 19 asr oxirlarida u «Yoqimsiz pyesalar» degan g’ayrioddiy qochirimlarga boy pyesalarni yaratdi.
Norvegiyalik mashhur dramaturg G. Ibsenning (1828 — 1906) pyesalarida bmjua nikohining soxtaligi, oilada xotin-qizlarning kam-sitilishi, axloqiy qonunlar mavzulari dadil ko’tarib chiqildi.
Parijdagi taniqli rejissor va aktyor A. Antuan (1858 —1943) rah-barlik qilgan «Erkin teatr», Londondagi «Mustaqil teatr», ba’zi ne-mis teatrlari realistik spektakllar yaratdilar. Ayniqsa, «Qorong’ilik hokimiyati», «Orleanlik qari qiz», «Yuliy Sezar», «Qish hikoyasi» kabi spektakllar uzoq vaqt butun Yevropada shuhrat qozondi.
G. Gauptmanning mashhur «To’quvchilar» pyesasi katta ijtimoiy voqeani ko’targan edi. Uni senzura bir necha bor taqiqlab qo’ydi. Lekin, u baribir Germaniya va boshqa mamlakatlarning ilg’or teatr-lari sahnasiga chiqdi.
San’atida realizm va xalqchillik dekadentlarcha noziklikka va shaklan murakkablikka qarshi kurashda rivojlandi. Bu davrda Myunxenda avstriys oilasida tug’ilgan kompozitor Rixard Shtraus (1864—1949) «Salomeya», «Elektra», «Gullar oshig’i», avstriyalik simfonist Gustav Maler (1860—1911) «Qazo qilgan bolalar imqida qo’shiq», «Bolaning sehrli shoxi» va boshqa asarlar bilan shuhrat qozondi.
R. Shtraus motsartcha operani qaytadan tikladi. Uning asarlari hayotbaxshligi, insonparvarligi, go’zallikni tarannum etishi bilan ajralib turadi. Betxoven an’analarini avstriyalik kompozitor G. Malyer rivojlantirdi. Malyer musiqa asarlarining ijtimoiy ahamiyatini yuk-saklikka ko’tardi, murakkab musiqaviy mavzular bilan sodda xalq kuylarining uyg’unlashib ketishiga erisha oldi.
Rossiyalik kompozitor — novator A. M. Skryabin musiqada davr-ning g’oya va obrazlarini gavdalantirdi. Kompozitor, pianinochi va dirijor S. V. Raxmaninov boy kuylar vositasida Vatan mavzusini ro-mantik pafos va lirika bilan ochib berdi.
Bu davrda me’morlikda temir-benton va oyna o’z ta’sirini o’tkazdi. Parijdagi jahon ko’rgazmasi munosabati bilan 1889- yilda 312 metrli Eyfel minorasining qurilishi yangi an’ananing boshlanishi bo’ldi. Binokorlikda yangi materiallar — keramika va qoplama materiallar ishlati-ladigan bo’ldi. Bunga modern usuli deyildi. 19 asr oxirida Xitoy me’morligi yutuqlaridan biri -- imperatorning yozgi saroyi qurildi.
Rassomchilikda qator yangi oqimlar vujudga keldi. Bu yangi oqim-larning biri-impressionizm (taassurot) edi. Bu oqimga kirgan rassom-lar voqelikni, kuzatishdan olingan taassurotlarni sof holda aks etti-rardi. Eduard Mane (1832-1883), Klod Mone (1840-1926), Ogyust Renuar (1841—1919) va Kamil Pissaro (1831—1903) impressionizmning eng iste’dodli namoyandalari edilar. Ularning nozik bo’yoqlar uyg’unligi ifodalangan asarlarida hayotga cheksiz muhab-bat aks ettirilgan. Ular quyosh yog’dusini, fazo va teranlikni aks ettirishning yangi texnik vositalarini topdilar. Lekin ular insonning ichki dunyosini, uning ijtimoiy hayotdagi o’rnini ko’rsatib berishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ymagan edilar.
Rassomchilikda real hayotni butun borligicha aks ettirish oqimi ham mavjud edi. Bu borada Pol Sezann (1839—1906), Pol Gogen (1848-1903) va Vinsent Van Gog (1853-1890) mehnat ahlini alo-hida o’rinlarda tasvirlay oldilar. Chunki ular ishchilarning azob-uqu-batlaridan qattiq ta’sirlangan edilar.
Mashhur xitoylik rassom Jen Bonyan (1840—1896) ipak matoga rasm solishning qulay usulini yaratdi. Buyuk fransuz haykaltaroshi O. Rodenning «Mutafakkir» degar asariga qarab hech kim insonning, dekadentlar ishontirmoqchi bo’lganidek, «oliy» kuchlar qo’lida o’yinchoq ekanligiga ishonmaydi.
Umuman, xulosa qilib aytganda, gumanitar fanlar, adabiyot va san’at davrning ehtiyojiga aylandi hamda turli xil mafkuraning shakllanishiga xizmat qildi.
Dostları ilə paylaş: |