B. A. Davlatov


@FizikaTermiz Bahodir Davlatov



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/222
tarix20.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#121548
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   222
@FizikaTermiz Bahodir Davlatov 
@FizikaTermiz Bahodir Davlatov 
- 72 -
- 72 -
66. Garmonik tebranishning amplitudasi 3 m, boshlang‘ich fazasi 
π/2, tebranishlar soni daqiqasiga 60 marta bo‘lsa, shu tebranish 
tenglamasi quyidagi ifodalarning qaysi biriga to‘g‘ri kelishini 
aniqlang? 
A)x=3cos(2πt+π/2) B)x=cos(2πt+π/2) 
C)x=3cos(πt+π/2) D)x=3cos(6πt+π/2) 
67. Garmonik tebranayotgan jism T davrning qanday qismida 
muvozanat vaziyatidan chetki vaziyatgacha bo‘lgan yo‘lni bosib 
o‘tadi? 
A)T/2 B)T/4 C)2T/3 D)T/3 
68. Moddiy nuqtaning tebranma harakati x=Asinωt qonuniyat 
bo‘yicha ro‘y bermoqda. Tebranish davrining qanday qismida u 
tebranish amplitudasining ikkinchi yarmini bosib o‘tadi? 
A)T/2 B)T/3 C)T/4 D)T/6 
69. Garmonik tebranishda davri 48 s bo‘lgan moddiy nuqta 
muvozanat vaziyatidan yarim amplitudagacha qancha vaqtda 
siljiydi (s)? 
A)3 B)4 C)9 D)8 
70. Moddiy nuqtaning tebranish davri 24 s bo‘lsa, u yarim 
amplituda holatidan eng chetki vaziyatga qancha vaqtda ko‘chadi 
(s)? 
A)4 B)6 C)9 D)12 
71. Matematik mayatnikning tebranishlar davri 9 s. U muvozanat 
vaziyatidan eng chetki vaziyatigacha bo‘lgan yo‘lning birinchi 
yarmini necha soniyada bosib o‘tadi? 
A)1,5 B)1 C)0,75 D)0,5 
61. Mexanik to‘lqinlar 
1. Muhitdagi bo‘ylama to‘lqinda muhit zarrachalari qanday 
yo‘nalishda tebranadilar? 
A)hamma yo‘nalishlarda 
B)faqat to‘lqin tarqalishi yo‘nalishida 
C)to‘lqin tarqalishiga perpendikulyar yo‘nalishda 
D)to‘lqin tarqalishi va unga perpendikulyar yo‘nalishda 
2. Ko‘ndalang to‘lqinda muhit zarrachalari qanday yo‘nalishda 
tebranadilar? 
A)hamma yo‘nalishlarda 
B)faqat to‘lqin tarqalishi yo‘nalishlarida 
C)to‘lqin tarqalishiga perpendikulyar yo‘nalishlarda 
D)to‘lqin tarqalishi va unga perpendikulyar yo‘nalishlarda 
3. Gazlarda qanday mexanik to‘lqinlar tarqaladi? 
A)ko‘ndalang B)bo‘ylama 
C)ko‘ndalang va bo‘ylama D)gazlarda to‘lqinlar tarqalmaydi 
4. Ushbu keltirilgan to‘lqinlar orasidan qaysi birlari ko‘ndalang 
to‘lqinlar turiga kiradi: 1)suv yuzidagi to‘lqinlar; 2)gazda tovush 
to‘lqinlari; 3)yorug‘lik to‘lqinlari; 4)radioto‘lqinlar; 5)suyuqlikda 
ultratovush to‘lqinlari 
A)1; 3; 4 B)1; 2; 3 C)2; 3; 4 D)4; 5 
5. Tovush to‘lqinining uzunligi 12 m, davri 0,02 s bo‘lsa, uning 
tarqalish tezligi qanchaga teng (m/s)? 
A)400 B)350 C)500 D)600 
6. To‘lqin 165 Hz tebranish chastotasi bilan 330 m/s tezlikda 
tarqalmoqda. To‘lqin uzunligi nimaga teng (m)? 
A)0,5 B)2 C)4 D)5 
7. 132 Hz chastotali to‘lqin 330 m/s tezlik bilan tarqalmoqda. 
To‘lqin uzunligini toping (m). 
A)4 B)2 C)3 D)2,5 
8. Elastik muhitda tarqalayotgan to‘lqin muhit zarralari 140 marta 
tebranguncha, 70 m masofani bosib o‘tsa, bu to‘lqinning uzunligi 
qancha (m)? 
A)2 B)1 C)0,5 D)20 
9. O‘quvchi bola 1360 m uzoqlikdagi radiodan berilgan aniq vaqt 
signalidan foydalanib soatini to‘g‘riladi. Bunda uning soati necha 
soniya orqada bo‘ladi? Tovushning havodagi tezligi 340 m/s. 
A)4 B)30 C)60 D)15 
10. Samolyotning tovushini yerdagi kuzatuvchi tik yuqoridan 
eshitgan paytda, samolyot gorizontga nisbatan 45° burchak ostida 
ko‘rinsa, uning uchish tezligi nimaga teng bo‘ladi (m/s)? Tovush 
tezligi 340 m/s. 
A)340 B)479 C)241 D)170 
11. Aks – sado 2,5 s o‘tgandan keyin eshitilsa, tovush qaytgan 
to‘siqqacha bo‘lgan masofani toping (m). Tovush tezligi 340 m/s. 
A)450 B)400 C)850 D)425 
12. Exolotdan yuborilgan signal 1,6 soniyadan keyin qabul qilingan 
bo‘lsa, dengizning chuqurligini aniqlang (km). Tovushning suvdagi 
tezligi 1500 m/s. 
A)1,2 B)1,6 C)2,4 D)2 
13. Okean tubiga jo‘natilgan ultratovushni exolokator 2,8 s dan 
so‘ng qabul qildi. Dengiz chuqurligi qancha (m)? Tovushning 
suvdagi tezligi 1530 m/s. 
A)107,1 B)2142 C)1071 D)214,2 
14. Maxsus kemadagi exolotdan yuborilgan tovush signali 10 s da 
qaytgan bo‘lsa, okeanning kema turgan joydagi chuqurligini toping 
(m). Tovushning suvdagi tezligi 1500 m/s. 
A)1500 B)4500 C)6000 D)7500 
15. Kemadan yuborilgan tovush signali 2,5 s dan keyin qaytib 
kelgan bo‘lsa, aysbergning kemadan uzoqligini aniqlang (m). 
Tovushning suvdagi tezligi 1500 m/s. 
A)2000 B)1950 C)1900 D)1875 
16. Exolotdan yuborilgan ultratovush impulslari 2 s dan so‘ng 
qaytgan bo‘lsa, dengiz chuqurligi nimaga teng (m)? Tovushning 
suvda tarqalish tezligi 1480 m/s. 
A)370 B)740 C)2960 D)1480 
17. Tovush manbadan 1,7 km masofadagi to‘siqdan qaytgan aks – 
sado, tovush chiqarilgach 10 s dan so‘ng eshitilgan bo‘lsa, 
tovushning shu muhitda tarqalish tezligi qancha (m/s)? 
A)150 B)70 C)75 D)340 
18. Tovush to‘lqini havodan po‘latga o‘tganda, to‘lqin uzunligi 
qanday o‘zgaradi? Tovushning havodagi tezligi 340 m/s, 
po‘latdagisi 5100 m/s. 
A)15 marta oshadi B)15 marta kamayadi 
C)2,25 marta oshadi D)o‘zgarmaydi 
19. Tovush havodan suvga o‘tganda, uning to‘lqin uzunligi qanday 
o‘zgaradi? Tovushning havodagi tezligi 330 m/s. suvdagi tezligi 
1485 m/s. 
A)4,5 marta ortadi B)4,5 marta kamayadi 
C)2,25 marta ortadi D)o‘zgarmaydi 
20. Yog‘och po‘kak suv yuzida tarqalayotgan to‘lqin tufayli 5 s da 
10 marta tebrandi. Agar to‘lqinning ikkita qo‘shni do‘ngligi 
orasidagi masofa 1 m bo‘lsa, uning tarqalish tezligi qancha bo‘ladi 
(m/s)? 
A)2 B)2,5 C)3 D)4 
21. Tovush havodan suvga o‘tganda quyidagi qaysi kattalik 
o‘zgarmaydi? 
A)tezlik B)to‘lqin uzunligi 
C)chastota va to‘lqin uzunligi D)chastota 
22. Tovush kattaligi (qattiqligi) uning qaysi parametriga bog‘liq? 
A)tezlik B)to‘lqin uzunligi C)amplituda D)chastota 



Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin