65. Elektr maydonida nuqtaviy zaryadni ko‘chirishda bajarilgan ish 1. Potensial birligi V nimaga teng?
A)N/C B)J/C C)C/m D)C·m
2. Musbat zaryad elektr maydon kuchlari ta’sirida potensiali yuqori
nuqtadan potensiali kam nuqtaga ko‘chirilsa, uning kinetik va
potensial energiyalari qanday o‘zgaradi?
A)ortadi
B)kamayadi
C)kinetik energiya kamayadi, potensial energiya ortadi
D)kinetik energiya ortadi, potensial energiya kamayadi
3. Elektr maydonning biror nuqtadagi potensiali deb … zaryadga
mos kelgan potensial energiyaga teng bo‘lgan fizik kattalikka
aytiladi.
A)maydonning shu nuqtasiga kiritilgan bir birlik musbat
B)maydonning shu nuqtasiga kiritilgan musbat
C)maydonning shu nuqtasiga kiritilgan bir birlik manfiy
D)maydonga kiritilgan bir birlik ixtiyoriy
4. Quyidagilar orasidan elektr maydon potensiauning to‘g‘ri va to‘la
ta’rifini aniqlang.
A)potensial – birlik musbat zaryadga ta’sir etuvchi kuchni
harakterlaydi
B)potensial – shu nuqtadagi birlik musbat zaryadning potensial
energiyasiga son jihatidan teng kattalik
C)potensial – zaryadni ko‘chirishda bajarilgan ishga teng kattalik
D)potensial – kuchlanishni ifodalaydi
5. Zaryad va potensial ko‘paytmasi qaysi fizik kattalikka to‘g‘ri
keladi?
A)kuch B)energiya C)quvvat D)kuchlanganlik
6. Turli ishorali ikkita zaryad fazoning bir nuqtasida +100 va –200
V potensiallar hosil qiladilar. Shu nuqtadagi umumiy potensial
nimaga teng (V)?
A)100 B)300 C)–50 D)–100
7. Elektrostatik maydonning ikki nuqtasi potensiallari farqi qanday
aniqlanadi?
A)birlik musbat zaryad maydonning shu nuqtalarida ega bo‘ladigan
potensial energiyalar farqi bilan
B)ixtiyoriy musbat zaryad maydonning shu nuqtalarida ega
bo‘ladigan potensial energiyalar farqi bilan
C)ixtiyoriy zaryadni maydonning shu nuqtalari orasida ko‘chirishda
bajariladigan ish bilan
D)birlik musbat zaryadga maydonning shu nuqtalarida ta’sir
qiladigan kuch bilan
8. Ikkita nuqtaviy zaryad orasidagi masofani 9 marta kamaytirsak,
ularning o‘zaro ta’sir potensial energiyasi qanday o‘zgaradi?
A)9 marta ortadi B)9 marta kamayadi
C)3 marta ortadi D)3 marta kamayadi
9. Aylanish o‘qi elektrometr ko‘rsatkichining og‘irlik markazidan
o‘tgan bo‘lsa, elektrometr potensiallar farqini qanday ko‘rsatadi?
A)2 marta kichiklashtirib B)2 marta kattalashtirib
C)shkaladagi eng katta qiymatni D)ko‘rsatmaydi
10. Orasidagi masofa 15 cm bo‘lgan ikkita parallel plastina 1 kV
kuchlanishgacha zaryadlangan. Plastinalar orasidagi 3·10
–4
C
zaryadga qanday kuch ta’sir qiladi (N)?
A