56. Jismlarning erishi va qotishi 1. Metallning erishi boshlanib to‘la eriguncha uning harorati qanday
o‘zgaradi?
A)ortadi B)kamayadi
C)o‘zgarmaydi D)avval ortadi, so‘ng kamayadi
2. Muz 0 ºC haroratda erimoqda. Bunda energiya yutiladimi yoki
ajraladimi?
A)yutiladi B)yutilmaydi ham, ajralmaydi ham
C)ajraladi D)muzning massasiga bog‘liq
3. Kristall jism erishni boshlagandan to erib tugagungacha
temperaturasi qanday o‘zgaradi?
A)uzluksiz ortadi B)uzluksiz pasayadi
C)avval ortadi, so‘ng pasayadi D)o‘zgarmaydi
4. Suv o‘zgarmas 0 ºC temperaturada muzga aylanadi. Bunda
energiya yutiladimi yoki ajraladimi?
A)ajraladi B)yutilmaydi ham, ajralmaydi ham
C)yutiladi D)avval ajraladi, so‘ng yutiladi
5. Ikkita bir xil polietilen idish 0 ºC haroratli suv bilan to‘ldirildi.
Idishlardan biri shunday 0 ºC haroratli suvga, ikkinchisi 0 ºC
haroratli maydalangan muzga joylashtirildi. Bu idishlarning
birortasidagi suv muzlaydimi?
A)muzlamaydi
B)ikkala idishdagi suv muzlaydi
C)1 – idishdagi suv muzlaydi
D)2 – idishdagi suvning bir qismi muzlaydi
6. Kristall qattiq jismlarning o‘zgarmas temperaturada erish
jarayonida ichki energiyasi qanday o‘zgaradi?
A)o‘zgarmaydi B)ortadi
C)kamayadi D)ba’zan ortadi, ba’zan kamayadi
7. Solishtirma qotish issiqligining birligi qaysi javobda to‘g‘ri
berilgan?
A)J/kg B)J/(kg·K) C)J/K D)J
8. Moddani sovitish jarayonida gazsimon
holatdan suyuq holatga, so‘ng qattiq holatga
o‘tkazildi. Modda haroratining t vaqtga
bog‘liqlik grafigida qanday qismi bug‘dan
suyuqlikka o‘tishga mos kelishini aniqlang.
A)C–D B)A–B C)B–C D)D–E
9. Solishtirma erish issiqligi λ
e
, bilan solishtirma qotish issiqligi λ
q
,
orasidagi munosabatni ko‘rsating.
A)λ
e
>>λ
q
B)λ
e
=λ
q
C)λ
e
>λ
q
D)λ
e
<λ
q
10. Toza ruxning normal atmosfera bosimidagi erish temperaturasi
420 ºC, qaynash temperaturasi 909 ºC, ruxning qotish temperaturasi
qancha bo‘ladi (ºC)?
A)1327 B)907 C)487 D)420