@FizikaTermiz Bahodir Davlatov @FizikaTermiz Bahodir Davlatov - 93 - - 93 - 62. O‘zgarmas kuchlanish manbaiga ulangan R qarshilikka 2R
qarshilik ketma – ket ulansa, R qarshilikdagi quvvat qanday
o‘zgaradi?
A)3 marta kamayadi B)9 marta kamayadi
C)2 marta kamayadi D)3 marta oshadi
63. Elektr quvvati 600 W bo‘lgan qaynatgich yordamida 10 ºC
temperaturali 1 litr suv 15 daqiqada qaynadi. Qaynatgichning FIKni
aniqlang (%). c
suv
=4,2 kJ/(kg·K)
A)70 B)84 C)63 D)90
64. O‘zgarmas kuchlanish manbaiga ulangan R qarshilikka qanday
qarshilik ketma – ket ulansa, undagi quvvat 2,25 marta kamayadi?
A)2,25R B)0,5R C)R D)2R
65. Elektr quvvati 600 W va FIK 84 % bo‘lgan qaynatgich
yordamida 10 ºC temperaturadagi 1 litr suv qancha vaqtda qaynaydi
(min)?
A)8 B)10,5 C)12,5 D)9,5
66. O‘zgarmas kuchlanishga ulangan R qarshilikka 2R qarshilik
ketma – ket ulansa, R qarshilikdagi quvvat necha marta kamayadi?
A)3 B)2 C)1,5 D)9
67. Tok manbaiga ulangan R qarshilikka 2R qarshilik ketma – ket
ulansa, R qarshilikdagi quvvat necha marta kamayadi? Manbaning
ichki qarshiligini R=r deb hisoblang.
A)2 B)1,5 C)3 D)4
68. FIK 80 % bo‘lgan elektr choynak 20 ºC temperaturadagi 2 litr
suvni 10 daqiqada qaynatsa, uning quvvati qancha bo‘ladi (kW)?
A)1,4 B)0,7 C)2,8 D)4,2
69. Plitka tuzatilayotganda spirali dastlabki uzunligining 0,2
ulushiga qisqartirildi. Bunda uning quvvati qanday o‘zgaradi?
A)o‘zgarmaydi B)1,25 marta kamayadi
C)1,25 marta ortadi D)1,2 marta ortadi
70. Zanjirdagi tashqi qarshilik 6 dan 21 Ω gacha o‘zgarganda,
foydali ish koeffitsienti 2 marta ortgan bo‘lsa, manbaning ichki
qarshiligini toping (Ω).
A)2 B)10 C)14 D)8
71. Ikkita bir xil rezistor o‘zgarmas kuchlanish tarmog‘iga avval
parallel, so‘ngra ketma – ket ulandi. Qaysi holda tokning quvvati
katta va necha marta katta bo‘ladi?
A)parallel, 2 marta B)ketma – ket, 4 marta
C)parallel, 4 marta D)ketma – ket, 2 marta
72. Elektr choynak parallel ulangan ikkita isitish elementiga ega.
Agar tarmoqqa birinchi elementning o‘zi ulansa, suv 2 soatda
qaynaydi. Ikkinchisi ulansa, suv 1 soatda qaynaydi. Har ikki
element bir vaqtda ulansa, suv qancha vaqtda qaynaydi (min)?
A)20 B)25 C)15 D)40
73. Elektrovoz 1,5 kV kuchlanishli elektr tarmog‘idan foydalanib,
15 m/s tezlikda 45 kN tortish kuchini hosil qilmoqda. Agar
elektrovoz dvigatellarining FIK 90 % bo‘lsa, ulardagi umumiy tok
kuchini toping (A).
A)600 B)400 C)500 D)250
74. Elektr zanjir ichki qarshiligining tashqi qarshiligiga nisbati
qanday bo‘lganda, tok manbai qisqichlaridagi kuchlanish elektr
yurituvchi kuchning 20 % ini tashkil etadi?
A)r/R=4 B)r/R=5 C)r/R=5 D)r/R=1
75. Elektr tarmog‘iga ikkita bir xil quvvatli isitkich ketma – ket
ulandi. Unda har bir isitkichning quvvati, pasportida ko‘rsatilgan
quvvatdan necha marta farq qilishini aniqlang.
A)2 marta kamayadi B)4 marta kamayadi
C)o‘zgarmaydi D)2 marta oshadi
76. Elektr yurituvchi kuchi ε, ichki qarshiligi r ga teng bo‘lgan
manba tashqi zanjirida hosil bo‘ladigan maksimal quvvat
formulasini ko‘rsating.
A)ε
2
/(4r) B)ε
2
/(2r) C)ε
2
/r D)ε
2
/(3r)
77. Elektr energiyaning 2 kW·h birligi necha kJ energiyaga teng?
A)1 B)3,6 C)36 D)7200
78. Tok kuchi 30 A bo‘lganda, tashqi zanjirda quvvat 180 W; tok
kuchi 10 A bo‘lganda quvvat 120 W ga teng bo‘lsa, tok manbaining
EYKi qancha bo‘ladi (V)?
A