@FizikaTermiz Bahodir Davlatov @FizikaTermiz Bahodir Davlatov - 97 - - 97 - 21. Qorong‘ulikda qarshiliklari teng bo‘lgan ikkita fotorezistor
o‘zgarmas kuchlanish manbaiga ketma – ket ulandi. Ulardan birini
yoritish natijasida undagi kuchlanishning tushuvi 2 marta kamaygan
bo‘lsa, uning qarshiligi necha marta kamaygan?
A)6 B)3 C)1,5 D)4
22. Qorong‘ulikda qarshiliklari teng bo‘lgan ikkita fotorezistor
o‘zgarmas tok manbaiga parallel ulandi. Fotorezistorlardan birini
yoritish natijasida uning qarshiligi 3 marta kamaysa, undan
o‘tayotgan tok kuchi necha marta ortishini toping.
A)4 B)2 C)1,5 D)3
23. Qarshiliklari teng bo‘lgan ikkita termistor o‘zgarmas kuchlanish
manbaiga ketma – ket ulandi. Termistorlardan biri qizdirilganda,
zanjirdagi tok kuchi 1,5 marta ortgan bo‘lsa, uning qarshiligi necha
marta kamayadi?
A)1,5 B)2 C)3 D)4,5
24. Qarshiliklari teng bo‘lgan ikkita termistor o‘zgarmas kuchlanish
manbaiga ketma – ket ulandi. Termistorlardan biri sovitilganda,
zanjirdagi tok kuchi 2 marta kamaygan bo‘lsa, uning qarshiligi
necha marta ortgan?
A)4 B)2 C)1,5 D)3
25. Qarshiliklari teng bo‘lgan ikkita termistor o‘zgarmas kuchlanish
manbaiga parallel ulandi. Termistorlardan biri sovitilganda,
zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi tok kuchi 1,5 marta
kamaygan bo‘lsa, uning qarshiligi necha marta ortgan?
A)6 B)2 C)1,5 D)3
26. Qarshiliklari teng bo‘lgan ikkita termistor o‘zgarmas kuchlanish
manbaiga ketma – ket ulandi. Termistorlardan birini sovitish
natijasida undagi kuchlanishning tushuvi 1,5 marta ortgan bo‘lsa,
uning qarshiligi necha marta ortgan?
A)3 B)2 C)1,5 D)4
MAGNITIZM 86. Magnit maydon. Tokning magnit maydoni va ularning o‘zaro ta’sirlashuvi 1. Rasmda ko‘rsatilgan tokli o‘tkazgichlar
qanday ta’sirlashadi?
A)A – tortishadi, B – itarishadi
B)A – itarishadi, B – tortishadi
C)A – tortishadi, B – tortishadi
D)ular ta’sirlashmaydi
2. Trolleybus liniyasining havodagi ikki simi o‘zaro qanday
ta’sirlashadi?
A)itarishadi B)tortishadi
C)ta’sirlashmaydi D)tok chastotasiga bog‘liq
3. Doimiy magnit rasmda ko‘rsatilgandek bo‘laklarga bo‘lingan.
Hosil bo‘lgan bo‘laklarning uchlari qaysi magnit
qutblariga mos kelishligini aniqlang.
A)Sh – 2; 4; 6; 8; J – 1; 3; 5; 7
B)Sh – 1; 2; 4; 6; J – 3; 5; 7; 8
C)Sh – 1; 3; 5; 7; J – 2; 4; 6; 8
D)Sh – 3; 4; 7; 8; J – 1; 2; 5; 6
4. Bir jinsli magnit maydonda turgan yuzi 2000 cm
2
bo‘lgan
ramkaga ta’sir qiluvchi maksimal aylantiruvchi moment 0,32 N·m
ga, ramkadan o‘tayotgan tok kuchi 2 A ga teng. Magnit maydon
induksiyasini toping (T).
A)0,8 B)0,4 C)0,2 D)0,32
5. Bo‘yi 4 cm, eni 20 cm bo‘lgan ramkadan 10 A tok o‘tmoqda. Bu
ramka induksiyasi 0,1 T bo‘lgan magnit maydonga kiritilganda,
ramkaga ta’sir etuvchi maksimal kuch momenti qanday bo‘ladi?
(mN·m).
A)8 B)0,6 C)0,8 D)0,08
6. Magnit maydonida turgan yuzi 1 cm
2
bo‘lgan ramkaga ta’sir
qiluvchi maksimal aylantiruvchi moment 2 μN·m ga teng.
Ramkadan o‘tayotgan tok kuchi 0,5 A ga teng. Magnit maydoni
induksiyasini toping (mT).
A)20 B)40 C)60 D)80
7. Induksiyasi 0,1 T ga teng bo‘lgan bir jinsli magnit maydoniga
yuzi 400 cm
2
bo‘lgan ramka shunday joylashtirilganki, ramkaga
o‘tkazilgan normal induksiya chiziqlariga perpendikulyar
joylashgan. Tok kuchi qancha bo‘lganda ramkaga 20 mN·m ga teng
bo‘lgan aylantiruvchi moment ta’sir qiladi (A)?
A)5 B)10 C)15 D)1
8. Tomonlari 10 va 5 cm bo‘lib, 200 o‘ramdan iborat bo‘lgan to‘g‘ri
burchakli yassi g‘altak induksiyasi 0,05 T bo‘lgan bir jinsli magnit
maydonda turibdi. Agar g‘altakdagi tok kuchi 2 A ga teng bo‘lsa,
g‘altakka qanday maksimal aylantiruvchi moment ta’sir qiladi
(N·m)?
A)0,1 B)1 C)10 D)0,01
9. Yuzi 10 cm
2
ga teng bo‘lgan ramkadan 1 A tok o‘tmoqda. Ramka
induksiyasi 0,1 T ga teng bo‘lgan bir jinsli magnit maydonida
turibdi. Ramka tekisligi maydon induksiya vektoriga tik joylashgan.
Ramkaning magnit momentini toping (A·m
2
).
A)0,001 B)0,01 C)1 D)10
10. Yuzi 100 cm
2
ga teng bo‘lgan ramka orqali 10 A tok o‘tmoqda.
Ramka induksiyasi 0,1 T ga teng bo‘lgan bir jinsli magnit
maydonida turibdi. Ramka tekisligi maydon induksiya vektoriga tik
joylashgan. Ramkaga ta’sir etuvchi kuch momentini toping (N·m).
A