B. A. Davlatov


Elektromagnit induksiya qonuni. Induksion EYK



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/222
tarix20.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#121548
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   222
91. Elektromagnit induksiya qonuni. Induksion EYK 
1. Kuchlanish birligi Voltning o‘rniga javoblarda keltirilgan 
birliklarning qaysi birini ishlatsa bo‘ladi? 
A)Vb/s B)Vb C)H/s D)H·s 
2. Metalldan yasalgan halqa ichiga magnit janubiy qutbi bilan 
kiritila boshlaganda, halqa magnitga tortiladimi, itariladimi? 
A)tortiladi B)tortilmaydi ham, itarilmaydi ham 
C)itariladi D)tortilishi ham, itarilishi ham mumkin 
3. Magnitning shimoliy qutbi o‘tkazgich halqaga kiritilayotganda, 
halqa magnitga tortiladimi, itariladimi? 
A)tortiladi B)tortilmaydi ham, itarilmaydi ham 
C)itariladi D)magnitning halqaga kitish tezligiga bog‘liq 
4. O‘ramlar soni 75 ta bo‘lgan tokli g‘altakda induksiya EYKi 60 V 
bo‘lsa, magnit induksiya oqimining o‘zgarish tezligi nimaga teng 
(Vb/s)? 
A)0,75 B)0,8 C)1,33 D)0,48 
5. Konturni kesib o‘tuvchi magnit oqimi 2 s da bir tekisda 22 dan 2 
Vb gacha kamaydi. Konturda hosil bo‘lgan induksiya EYK ni 
toping (V). 
A)10 B)8 C)4 D)2 
6. Sim ramka bir jinsli magnit maydonda aylanmoqda. Induksiya 
EYKi nolga teng bo‘lganda, magnit induksiya chiziqlari ramka 
tekisligiga nisbatan qanday joylashgan bo‘ladi? 
A)perpendikulyar B)parallel C)30º li D)45º li 
7. 1 Ω qarshilikka ega bo‘lgan sim ramka bir jinsli magnit 
maydonda aylantirilganda, ramkani kesib o‘tuvchi magnit oqimi 
Φ=0,5cos60t (Vb) qonun bo‘yichi o‘zgaradi. Ramkada hosil 
bo‘ladigan tokning maksimal qiymati qancha (A)? 
A)60 B)30 C)6 D)0,1 
8. Magnit oqimining o‘zgarish tezligi 0,24 Vb/s bo‘lganda, 
g‘altakda 60 V elektr yurituvchi kuch hosil bo‘lsa, g‘altakdagi 
o‘ramlar soni qancha? 
A)300 B)250 C)260 D)200 
9. Uzunligi 0,2 m bo‘lgan to‘g‘ri o‘tkazgich magnit maydonni 30º 
burchak ostida 6 m/s tezlik bilan kesib o‘tadi. O‘tkazgichda 
induksiyalanuvchi EYK 3,6 V teng bo‘lsa, maydonning magnit 
induksiyasi qanday bo‘ladi (T)? 
A)6 B)2 C)3 D)4 
10. Magnit induksiyasi oqimining o‘zgarish tezligi 40 mVb/s 
bo‘lganida g‘altakda uyg‘onuvchi EYK 12 V bo‘lsa, g‘altakdagi 
o‘ramlar soni qancha bo‘ladi? 
A)200 B)300 C)2500 D)2000 
11. Elektr qarshiligi 10
–2
Ω bo‘lgan kontur orqali o‘tuvchi magnit 
oqimi 1 s da 2,4·10
–2
Vb ga tekis o‘zgarganda konturda hosil 
bo‘ladigan tok kuchini toping (A). 
A)0,6 B)2,4 C)0,1 D)1,2 
12. Uchta to‘g‘ri magnit vertikal ravishda bir xil balandlikdan 
tushmoqda. 1 – magnit erkin tushadi, 2 – magnit tushayotib ochiq 
(uchlari o‘zaro ulanmagan) solenoiddan o‘tadi, 3 – magnit berk 
(uchlari o‘zaro ulangan) solenoiddan o‘tadi. Magnitlarning tushish 
vaqtlarini taqqoslang. 
A)t
1
=t
2
=t
3
B)t
1
=t
2
3
C)t
1
2
3
D)t
1
2
=t
3



Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin