B. A. Davlatov



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/222
tarix20.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#121548
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   222
115. Sferik ko‘zgular 
1. Botiq ko‘zguda … tasvirlar hosil bo‘lishi mumkin. 
A)haqiqiy, kattalashgan B)haqiqiy, kichiklashgan 
C)mavhum, kattalashgan D)barcha javoblar to‘g‘ri 
2. Projektorlarda, avtomobil va qo‘l chiroqlarida qanday turdagi 
ko‘zgulardan foydalaniladi? 
A)qavariq B)botiq C)yassi D)yassi – qavariq 
3. Botiq ko‘zguning egrilik radiusi 30 cm. Uning optik markazi 
ko‘zgu qutbidan qancha masofada joylashgan (cm)? 
A)15 B)30 C)60 D)20 
4. Botiq ko‘zguning egrilik radiusi 10 cm. Uning optik kuchini 
toping (D)? 
A)10 B)20 C)25 D)50 
5. Botiq ko‘zguning optik kuchi 2 D ga teng bo‘lsa, uning egrilik 
radiusini toping (cm)? 
A)50 B)25 C)100 D)20 
6. Fokus masofasi 20 cm bo‘lgan botiq ko‘zguda shamning haqiqiy 
tasviri 30 cm masofada hosil bo‘ldi. Shamning ko‘zgudan 
uzoqligini toping (cm)? 
A)60 B)30 C)20 D)10 
7. Botiq ko‘zgu yordamida hosil qilingan teskari tasvir buyumning 
o‘zidan 2 marta katta bo‘lib, buyum ko‘zgudan 18 cm masofada 
joylashgan. Ko‘zguning egrilik radiusini toping (cm). 
A)0,24 B)8 C)12 D)24 
8. Botiq ko‘zgu 4 marta kichiklashgan tasvir bermoqda. Agar 
buyum ko‘zguga 5 cm yaqinlashtirilsa, tasvir 2 marta kichiklashgan 
bo‘ladi. Ko‘zguning fokus masofasini aniqlang (cm). 
A)0,4 B)2,5 C)40 D)25 


@FizikaTermiz Bahodir Davlatov 
@FizikaTermiz Bahodir Davlatov 
- 118 -
- 118 -
9. Botiq ko‘zguning egrilik radiusi 80 cm. Buyum ko‘zgudan 
qanday uzoqlikda qo‘yilsa, uning to‘g‘ri tasviri ikki marta 
kattalashgan bo‘ladi (cm)? 
A)20 B)40 C)60 D)80 
10. Botiq sferik ko‘zgu buyumning 3 marta kattalashgan to‘g‘ri 
tasvirini beradi. Buyum bilan tasvir orasidagi masofa 28 cm ga teng. 
Ko‘zguning fokus masofasini toping (mm)? 
A)105 B)55 C)84 D)95 
11. Egrilik radiusi 20 cm bo‘lgan botiq ko‘zgudan 12 cm uzoqlikda 
o‘lchami 5 cm bo‘lgan buyum joylashgan. Tasviri o‘lchami 
qanchaga teng bo‘ladi (cm)? 
A)5 B)10 C)20 D)25 
12. Qavariq ko‘zguda har doim … tasvir hosil bo‘ladi. 
A)haqiqiy, kattalashgan B)haqiqiy, kichiklashgan 
C)mavhum, kattalashgan D)mavhum, kichiklashgan 
13. Avtomobillarda orqa tomonni kuzatish uchun asosan qanday 
turdagi ko‘zgulardan foydalaniladi? 
A)qavariq B)botiq C)yassi D)yassi – botiq 
14. 1 – ko‘zguda nur sferaning ichki qismidan, 2 – ko‘zguda 
sferaning tashqi qismidan qaytadi. 
A)1 – qavariq, 2 – botiq B)1 – botiq, 2 – qavariq 
C)1 – yassi, 2 – botiq D)1 – botiq, 2 – botiq 
15. Qavariq ko‘zguning egrilik radiusi 20 cm. Uning optik kuchini 
toping (D)? 
A)–10 B)10 C)–5 D)5 
16. Qavariq sferik ko‘zguning egrilik radiusi 40 cm. Ko‘zgudan 60 
cm uzoqlikda buyum turibdi. Buyumning tasviri ko‘zgudan qanday 
uzoqlikda hosil bo‘ladi (cm)? 
A)10 B)20 C)15 D)30 
17. Buyum qavariq ko‘zgudan 25 cm masofada turibdi. Ko‘zguning 
fokus masofasi 24 cm. Ko‘zgudan tasvirgacha bo‘lgan masofani 
toping (cm)? 
A)6 B)12 C)20 D)22 
18. Egrilik radiusi 1 m bo‘lgan qavariq ko‘zgu buyumning 4 marta 
kichiklashgan tasvirini hosil qilmoqda. Buyum ko‘zgudan qanday 
masofada joylashgan (m)? 
A)2 В)3 C)1,5 D)20 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin